Plevra
Plevra (yun. pieura — qovurgʻa, yonbosh, devor) — oʻpka va koʻkrak boʻshligʻi devorini ich tomondan zich oʻrab turadigan seroz parda. P.ning yalligʻlanishi plevrit deb ataladi.[1]Plevra ko'krak bo'shlig'ini qoplab turuvchi parda bo'lib,u ikki:parietal va visseral varaqlardan iborat.Parietal plevra ko'krak bo'shlig'ini va koks oralig'ini ichki tomondan qoplaydi.Visseral plevra esa o'pkani tashqi tomondan o'rab turadi.Plevra pardasining asosi biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan bo'lib,unda qorin tutqichi kabi 6 qavat farqlanadi:1)tashqi-mezoteliy, 2)bazal membrana, 3)yuza joylashgan kollagen tolali qavat, 4)yuza elastik tolali to'r qavat, 5)chuqur joylashgan bo'ylama elastik to'r qavat , 6)chuqur panjasimon kollagen-elastik tolalar qavati.
Visseral plevrada elastik tolalar yaxshi rivojlangan boʻlib, ular to'r hosil qilib joylashadi. O'pka to'qimasidagi elastik tolalar bilan visseral parda elastik tolalari yagona sinch hosil qilib, o'pkaning funksional faoliyatida muhim rol o'ynaydi. SHuning uchun ham visseral pardani o'pka to'qimasidan ajratib olish ancha qiyin. Visseral pardada yaxshi rivojlangan elastik tolalardan tashqari onda-sonda silliq mushak hujayralari ham uchrab turadi. Plevra bo'shlig'ining tashqi devorini qoplab turuvchi parietal varaqda elastik tolalar oz miqdorda uchraydi, biriktiruvchi toʻqimali qavati esa sustroq rivojlangan.
Plevraning ustki tomoni bir qavatli mezoteliy bilan qoplangan boʻlib, u o'pkaning holatiga qarab yassi yoki boʻychan bo'lishi mumkin. Plevrada qon va limfa tomirlari va ayniqsa, nerv oxirlari yaxshi rivojlangandir. Ular plevraga o'pka ildizidan, qon tomirlar bilan birga hamda o'pka to'qimasidagi bo'laklararo biriktiruvchi toʻqimadan o'tib keladi. Parietal plevrada qon tomirlari, parietal qorin tutqichiga o'xshab uchta ustma-ust chigal hosil qilib joylashadi. Visseral plevrada nerv tolalari ikkita chigal hosil qiladi. Biri mayda sirtmoqli boʻlib, mezoteliy ostida joylashsa, ikkinchisi yirik sirtmoqli bo'lib, plevraning chuqurroq qavatida joylashadi.Parietal plevrada erkin va kapsulali, ya'ni sezuvchi va mexanoretseptorlarga tegishli nerv oxirlari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2. Zufarov K.A. Gistologiya: darslik - Toshkent, 2005 й.
3. Гистология: Учебник /Под ред. Афанасьева Ю.И., Юриной Н.А. -Москва.: Медицина, 2012 й.
4. Tursunov E.A. Gistologiya: oquv qollanma, I qism - Toshkent, 2010 й.
5. Tursunov E.A. Gistologiya: oquv qollanma, II qism - Toshkent, 2011 й.
6. Огиз бушлиги гистологияси ва эмбриологияси буйича атлас (укув қўлланма) А.Ю.Юлдашев,С.Муртазаев,М.Х.Рахматова,Л.С.Князева, Тошкент, 2018 й.
7. Жункейра Л.К., Карнейро Ж. Гистология: учебное пособие, атлас. -перевод с англ. под ред. Быкова В.Л.- М. ГЕОТАР-Медиа, 2009 г.
8. Улумбеков Э.А. и Челышев Ю.А. Гистология, эмбриология, цитология: учебник/ Под ред. 3-изд., перераб. и доп.- М.: «ГЭОТАР- Медиа», 2009 г.
9. Кузнецов С.Л., Мушкамбаров Н.Н. - Гистология, цитология и эмбриология - М.:ООО «Медицинское информационное агентство», 2007 г.
10. Кузнецов С.Л., Мушкамбаров Н.Н., Горячкина В.Л. - Атлас по гистологии, цитологии и эмбриологии.- М.: МИА, 2010 г
11. Юшканцева С.И., Быков В.Л. - Гистология, цитология и эмбриология. Краткий атлас Санкт-Петербург, 2007 г..
12. Ross М.Н., Palwina W. Histology: Text and Atlas. 7-th ed-2016 у.
13. Jungueira L.C., Carneiro J. Basic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013 y.
14. Gartner L.P, Hiatt J.M. Color Textbook of Histology, 3th ed., The Mе Graw-Hill Companies, 2006, 592 p., 446 III.
15. Young B., Lowe J.S., Stevens A.,, Heath J.W. Wheater's Functional Histology: A Text and Colour Atlas, 5th ed., 2006
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |