Kontent qismiga oʻtish

Galina Saidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidova Galina Karimovna
 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
1-avgust 2011-yil – 29-noyabr 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ravshan G'ulomov
Vorisi Botir Xo'jayev
 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Mansab davri
28-dekabr 2010-yil – 29-iyul 2011-yilgacha
Oʻtmishdoshi Elyor Gʻaniyev
Vorisi Ravshan Gʻulomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1956-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR
Kasbi iqtisodchi
Ilmiy unvoni iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Galina Karimovna Saidova (oʻzbekcha: Galina Karimovna Saidova — 1956-yil, Samarqand, OʻzSSR, SSSR) — 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri[1]. 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi[2]. Galina Karimovna Saidova 1956-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan.

Oliy maʼlumotli. Samarqand kooperativ institutini (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

1. 1987—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat qoʻmitasining isteʼmol tovarlari savdosi va xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi.

2. 1992-yilda — „Toshkent“ birjalar aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

3. 1992—1994-yillarda — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori.

4. 1994—1997-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi tahlil va statistika davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

5. 1997—2002-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi.

6. 2002—2005-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi qoʻmita raisi.

7. 2003—2005-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va umumiy iqtisodiy tahlillar majmuasi rahbari.

8. 2005—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi.

9. 2006—2010-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi hamda Respublika investitsiya dasturini ishlab chiqish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

10. 2008—2010-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori.

11. 2010—2011-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri[3].

12. 2011—2017-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri. Bu lavozimda u oʻzining sobiq lavozimini egallagan Ravshan Gʻulomovni almashtirdi[4]. Galina Saidova 2011-yil 1-avgustdan buyon kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

13. 2017-yil 1-noyabrdan hozirgi kungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosari[5].

  1. https://www.uzdaily.uz/ru/post/5195
  2. https://www.gazeta.uz/ru/2015/02/11/cabinet/
  3. „arxiv nusxasi“. 24-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  4. „arxiv nusxasi“. 2-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  5. https://uza.uz/uz