Galil
Galil (ibroniycha: Galil, inglizcha: Galil)—Isroil avtomati. Isroillik konstruktor Isroil Galili avtomatik mashinani ixtiro qildi. Galil Finlandiyaning Valmet Rk 62 pulemyotiga asoslangan yasalgan. Valmet Rk 62 pulemyoti esa Kalashnikov avtomatining bir variantidir.
Qayta ishlash tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1967-yilda arablarga qarshi 6 kunlik urushda Isroil armiyasi gʻalaba qozongan boʻlsada, bu urush natijasida Isroil armiyasi tomonidan jihozlangan FN FALlar arablar qurollangan Kalashnikovlarga nisbatan juda koʻp kamchiliklarga ega ekanligi aniqlandi.1969-yilda muhandislar Gal Uziel va Isroil Galili Isroil harbiy rahbariyatiga oʻzlari ixtiro qilgan qurollarning versiyalarini taqdim etishdi.. Natijada,Finlandiyaning Valmet Rk 62 pulemyotiga asoslangan Galili versiyasi xaridorlar orasida mashhur boʻldi.1973-yilda Galil pulemyoti Isroil armiyasining qurollanishiga qoʻshildi. Pulemyot ishlab chiqaruvchi „Israel Military Industries“ kompaniyasi Finlandiyadan zarur jihozlarni sotib oldi va avtomatni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
1980-yillarning oxiriga kelib, koʻplab kamchiliklari tufayli Isroil armiyasining piyoda qoʻshinlarida Galil pulemyotidan foydalanish toʻxtatildi. 1990-yillarda Galil pulemyoti Amerikaning M16 pulemyotiga almashtirildi. Galil pulemyotining faqat qisqartirilgan versiyalari qoʻllanadi.
2006-yilda Galil avtomati butunlay toʻxtatildi.
Avtomatning nusqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Galil AR (Assault Rifle) – asosiy nusqa (oʻqlari – 5,56 mm NATO yana 7,62 mm NATO).
- Galil ARM (Assault Rifle and Machine gun) (oʻqlari – 5,56 mm NATO; 7,62 mm NATO).
- Galil SAR (Short Assault Rifle) – qisqartirilgan nusqa (oʻqlari - 5,56 mm NATO; 7,62 mm NATO).
- Galil MAR (Micro Assault Rifle, Micro-Galil) – qisqartirilgan nusqa (oʻqlari - 5,56 mm NATO).
- Magal – pistolet-pulemyot, faqat 1000 donasi chiarilgan.
- Galil Sniper yoki Galatz- Snayperlar uchun nusqa (oʻqlari - 7,62 mm NNATO).
- Galil Hadar
- SR-99
- Galil ACE
Avtomatti ishlab chiqaruvchi davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boliviya
- Botsvana [1]
- Braziliya[1]
- Kolumbiya.
- Kosta Rika [1]
- Kongo Demakratik Respubliksi[1]
- Jibuti
- Salvador
- Estoniya.
- Gvatemala
- Gaiti [1]
- Hindiston [1]
- Indoneziya [2].
- Isroil.
- Lesoto [1]
- Mongolia[3]
- Nepal [1]
- Nikaragua [1]
- Peru[1]
- Filippin[1]
- Portugaliya.
- Ruanda [1]
- Janubiy Afrika Respublikasi.
- Esvatin[1]
- Trinidad va Tobago[1]
- Vetnam
- Chili[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedjones2009
- ↑ „Kopassus & Kopaska - Specijalne Postrojbe Republike Indonezije“ (Croatian). Hrvatski Vojnik Magazine. 2010-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.
- ↑ „084th division. Mongolian special task battalion - YouTube“. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
- ↑ „Chilean Army Selets Israeli Rifle“. Qaraldi: 2014-yil 4-may.