Kontent qismiga oʻtish

Gʻulomjon Aliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻulomjon Aliyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi
Mansab davri
1991-yil 26-sentyabrdan – 1995-yil 27-iyungacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Rustam Inoyatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-may 1934-yil
Andijon
Vafoti 11-fevral 2002-yil(2002-02-11)
(67 yoshda)
Andijon
Mukofotlari
Xizmat yillari 1966—1995
Unvoni General-leytenant

Gʻulomjon Aliyevich Aliyev (Ғуломжон Алиев, 1934, Andijon – 2002, Andijon) — oʻzbekistonlik pedagog, harbiy va davlat arbobi[1][2].

Andijonda tugʻilgan. 1952-yilda Andijon shahar sanitariya-epidimiologiya stansiyasi haydovchisi boʻlgan. Keyinchalik, viloyat gazetasida, Andijon viloyati huquqni muhofaza qilish organlarida ishlagan[3].

Andijon pedagogika institutini tamomlagan. 1961-yildan buyon kommunistik partiya aʼzosi boʻlgan. 1966-yildan 1981-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) Andijon viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qildi. 1984-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻldi.

1984-yildan 1989-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlgʻi boʻlgan. 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR KGB raisining oʻrinbosari, 1991-yil 12-iyundan 26-sentyabrgacha Oʻzbekiston SSR KGB raisi boʻlgan.

1991-yildan 1995-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi boʻlgan[4].