Gʻanisher Xolmurodov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gʻanisher Xolmurodov | ||
Tavallud sanasi | 29-noyabr 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Koson, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 183 cm (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010-2013 | Mash’al | ||
2013 | Metallurg | ||
2013-2014 | Alanga | ||
Milliy terma jamoa | |||
2008—2011 | Oʻzbekiston U-17 | 8 | (0) |
2011—2013 | Oʻzbekiston U-20 | 20 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Gʻanisher Xolmurodov (1994-yil 29-noyabr, Qashqadaryo) Sobiq oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Oʻzbekiston sohil futboli terma jamoasi aʼzosi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻanisher Xolmurodov oʻzbekistonlik futbolchi boʻlib, darvozabon va 12-raqamda oʻynagan. U Oʻzbekiston Pro ligasi vakili Muborakning „Mash’al“ klubi tarbiyalanuvchisi. Muborakliklar safida asosiy jamoasida birorta uchrashuv oʻtkazmagan. 2013-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berildi va birorta uchrashuv oʻtkazmay ikkinchi davrada Kosonning „Alanga“ klubiga oʻtdi. 2013-yil mavsum soʻngida muddatli harbiy hizmatga ketdi.[1] 2014-yilgi mavsumda yana professional futbolga, „Alanga“ safiga qaytdi.[2]
Keyinchalik katta futboldan ketdi va Oʻzbekiston terma jamoasida Plyaj futbolida[3] va havaskorlar futbolida[4] faoliyatini davom ettirmoqda.[5]
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻanisher 16 yoshda, 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Bir oʻyinda ular 4:1 hisobida magʻlub boʻlishdi, ikkinchisida esa 1:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „G'anisher Xolmurodov futbolni tugatishi mumkin“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „G'anisher Xolmurodov maydonda (FOTO)“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Jahon chempionati chorak final ishtirokchisi G‘anisher Xolmurodov qayerda?“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi": "SHo'rtan" musobaqani g'alaba bilan boshladi“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi“. 2015da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2011 FIFA U-17 Jahon chempionati“. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 29-noyabrda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Kosonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar