Gʻaznaviylar
Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
---|
Turk xoqonligi 552-744 |
Xazar xoqonligi 618-1048 |
Sirtor 628-646 |
Kangar birlashmasi 659-750 |
Turk Shahi 665-850 |
Turkash xoqonligi 699-766 |
Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
Uygʻur hoqonligi 744-840 |
Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
Qocho 856-1335 |
Bijanak xoqonligi 860-1091 |
Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
Dashti qipchoq 1067-1239 |
Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
Keraitlar 11th century-13th century |
Dehli sultonligi 1206-1526 |
Qarluqidlar 1224-1266 |
Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
Mamluklar davlati 1250-1517 |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gʻaznaviylar — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy sulola (962—1186). Gʻaznaviylar davlatini boshqargan. Sulolaga somoniylar lashkarboshisi Alptekin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti Gʻazna shahridan olingan.
Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qoʻshinda turk gʻulomlari katta rol oʻynagan. Somoniy amirlari koʻplab turk gʻulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari evaziga siylab, ularni turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi Alptegin Gʻazna va Kobul viloyatlarini 962-yildan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning oʻlimi (963)dan soʻng oʻgʻli Ishoq va gʻulomi Bilgategin, shuningdek, Piritegin hukmronlik qilgan davr (963—977 yillar)da Gʻaznaviylar mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq gʻulomi Sabuktegin hukmronligi davrida (977—997) esa Gʻaznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy kuch sifatida Somoniylar tomonidan eʼtirof etilgan. Sulola shuhratini Sabukteginning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviy eng yuqori choʻqqiga koʻtargan. Sulola hukmdorlari avval amir, soʻngra sulton (Mahmud Gʻaznaviydan boshlab) va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar. Gʻaznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat boʻlgan: Alptegin (962-963), Ishoq (963-966), Bilgategin (966—972), Piritegin (972— 977), Sabuktegin (977—997), Ismoil (997-998), Mahmud Gʻaznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Masʼud Gʻaznaviy (1030-1041), Mavdud (1041-1048), Masʼud II (1048), Ali Abul Hasan (1048-1049), Abdur Rashid (1049-1053). Toʻgʻrul (1053), Farruxzod (1053-1059), Ibrohim (1059-1099), Masʼud III (1099-1114), Sherzod (1114-115), Arslon (1115-1118), Bahromshoh (1118-1152), Xusravshoh (1152—1160), Xusrav Malik (1160—1186).
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli Len-Pul, Musulmanskiye dinastii, M.-T.-Bishkek, 1996.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |