Bahriylar
Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
---|
Turk xoqonligi 552-744 |
Xazar xoqonligi 618-1048 |
Sirtor 628-646 |
Kangar birlashmasi 659-750 |
Turk Shahi 665-850 |
Turkash xoqonligi 699-766 |
Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
Uygʻur hoqonligi 744-840 |
Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
Qocho 856-1335 |
Bijanak xoqonligi 860-1091 |
Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
Dashti qipchoq 1067-1239 |
Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
Keraitlar 11th century-13th century |
Dehli sultonligi 1206-1526 |
Qarluqidlar 1224-1266 |
Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
Mamluklar davlati 1250-1517 |
Bahriylar – Misrda hukmronlik qilgan ikki mamluklar sulolasidan birinchisi (1250 – 1390). Ayyubiylarni taxtdan tushirib, hokimiyatni egʻallagan. B. 1249 yil Misr sultoni Najmiddin Ayyub (1208 – 50) saroy quriqchilari qilish maqsadida sotib olgan turk asirlari boʻlib, dastlabki vaqtlarda Bahr annil (Nil daryosi)dagi orollardan birida yashaganlari uchun shunday deb atalganlar. Sulola vakillari: Al-Malik al-Muʼizz Oybek (1250 – 57), Al- Malik al-Mansur Ali I (1257 – 59), Al-Malik al-Muzaffar Qutuz (1259 – 60), Al-Malik az-Zohir Baybars (1260 – 77), Al-Malik as-Saʼiyd Barakaxon (1277 – 79), Al-Malik al-Odil Salomish (1279), Al-Malik al-Mansur Qalovun (1279 – 90), Al-Malik al-Ash-raf Xalil (1290 – 93), Al-Malik annosir Muhammad (1293 – 94, 1298 – 1308 va 1310 – 41), Al-Malik al-Odil Katbugo (1294 – 96), Al-Malik al-Mansur Lojin (1296 – 98), Al-Malik al-Muzaffar Beybars I (1308 – 10), Al-Malik al-Mansur Abu Bakr (1341), Al-Malik al-Ashraf Kuchuk (1341 – 42), Al-Malik annosir Ahmad 1 (1342), Al-Malik as-Solih Ismoil (1342 – 45), Al-Malik al-Komil Shaʼbon I (1345 – 46), Al-Malik al-Muzaffar Hajiy I (1346 – 47), Al-Malik annosir Hasan (1347 – 51, 1354 – 61), Al-Malik as-Solih (1351 – 54), Al-Malik al-Mansur Muhammad II (1361 – 63), Al-Malik al-Ashraf Shaʼbon II (1363 – 77), Al-Malik al-Mansur Ali II (1377 – 81), Al-Malik as-Solih Hajiy II (1381 – 82), (1382 – 89 yillarda burjiylar sulo-lasi vakili Al-Malik az-Zohir Barquq sultonlik qilgan), Al-Malik al-Mansur Hajiy II (1389 – 90).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |