Tugʻloqiylar
Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
---|
Turk xoqonligi 552-744 |
Xazar xoqonligi 618-1048 |
Sirtor 628-646 |
Kangar birlashmasi 659-750 |
Turk Shahi 665-850 |
Turkash xoqonligi 699-766 |
Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
Uygʻur hoqonligi 744-840 |
Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
Qocho 856-1335 |
Bijanak xoqonligi 860-1091 |
Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
Dashti qipchoq 1067-1239 |
Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
Keraitlar 11th century-13th century |
Dehli sultonligi 1206-1526 |
Qarluqidlar 1224-1266 |
Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
Mamluklar davlati 1250-1517 |
Tugʻloqiylar, toʻgʻlaqiylar — Dehli sultonyaigini boshqargan sulola (1320—1413). Asoschisi — Gʻiyosiddin Tugʻloq. Uning davrida (1320—25) yer soligi 1/10 ga kamaytirildi, kanallar qazildi, Tugʻloqobod sh. barpo etildi, Dekanga yurish uyushtirildi. Otasini oʻldirib oʻgʻli Muhammad Tugʻloq (1325—51) taxtga chiqadi. U layoqatli sarkarda, ammo beshafqat hukmdor boʻlib, „Xuni“ („Qonxoʻr“) laqabini olgandi. Sulton dehqonlarga nihoyatda ogʻir boʻlgan qoʻshimcha soliq solgan. Muvaffaqiyatsiz chiqqan pul islohoti oʻtkazgan. Poytaxtni Dehlidan Devagiri (Davlatobodga koʻchiradi). Feruzshoh Tugʻloq (1351—88) davrida ogʻir soliq va bojlar bekor qilingan, yangi kanallar qazilgan, harbiy boshliklarga qoʻshimcha yerlar inʼom qilingan. Ammo harbiy boshliqlarning ayirmachilik harakatlari barham topmagan. Bengaliya bilan Dekan saltanatdan ajralib chiqqan. T.dan eng soʻnggisi sulton Nosiriddin Mahmud (1394—1413) vafotidan keyin hokimiyat saidlar sulolasiga oʻtgan (1414).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |