Gʻarbiy Yevropa
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Gʻarbiy Yevropa tabiiy geografik okrugi — Britaniya orollarini, Oʻrta Yevropa tekisligini, Markaziy Yevropa tekisligini, Alp togʻlarini, Karpat togʻlarini va Dunay tekisligini oʻz ichiga oladi. Ushbu hudud Yevropaning eng rivojlangan va tarixiy jihatdan muhim mintaqalaridan biridir[1]. Mintaqada turli xil iqlim sharoitlari va boy biologik xilma-xillik mavjud boʻlib, bu hududni oʻziga xos hududga aylantiradi.
Britaniya arxipelagi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Britaniya orollarining umumiy maydoni 325,000 km² ni tashkil etadi, shundan 244,000 km² qismi Buyuk Britaniya oroliga va 84,000 km² qismi Irlandiya oroliga toʻgʻri keladi[2]. Bu oʻlkalar materik yaqinida, shimolda Shimoliy dengiz, gʻarbda esa Atlantika okeani bilan oʻralgan. Irlandiya va Buyuk Britaniya Irlandiya dengizi bilan ajratilgan. Britaniya orollari qirgʻoqlarining chuqurligi 200 m boʻlib, bu sayoz qismlar tik jarliklar bilan chegaralangan. Ushbu mintaqada Atlantikaning kuchli taʼsiri, qirgʻoqlarning parchalanganligi va relyefning oʻyilganligi asosiy tabiiy xususiyatlardir. Paleozoyda burmalangan togʻlar kuchli ravishda oʻyilgan, bu jarayon neogen va antropogen davrida davom etgan. Toʻrtlamchi davrda Buyuk Britaniyaning janubidan tashqari barcha qismlari muzlar bilan qoplangan va qalin morena yotqiziqlari qoldirgan[3].
Britaniya orollari relyefida past va tekislanib qolgan togʻ massivlari ustunlik qiladi. Eng baland choʻqqisi Ben-Nevis (1343 m) Shimoliy Shotlandiyada joylashgan. Irlandiya orolining ichki qismi Markaziy Irlandiya pastekisligidan iborat boʻlib, kuchli parchalangan va balandligi 1000 m dan oshmaydigan togʻ massivlari bilan oʻralgan. Iqlimi nam gʻarbiy shamollar bilan bogʻliq, gʻarbiy chekkalarda yillik yogʻin miqdori 1500–2000 mm ga yetadi. Irlandiya va Kornuell yarim orollarida qishloqda qor yogʻmaydi, boshqa joylarda esa qishda atigi 10–20 kun qor yogʻadi. Yozda harorat +20 °C dan +30 °C gacha koʻtariladi. Britaniya orollari daryo tarmoqlari zich va yil boʻyi sersuv boʻladi, eng yirik daryolari Severn (355 km) va Temza (332 km) hisoblanadi. Koʻplab kichik va goʻzal koʻllar mavjud, eng katta Lox-Nes koʻli Irlandiyada joylashgan (400 km²). Oʻrmonlar orollar maydonining atigi 4–5% ini egallaydi, asosan qaragʻay, qayin, dub va buk-grab oʻrmonlari tarqalgan. Yirik hayvonlar deyarli yoʻqolgan, faqat Shotlandiya bugʻusi va boshqa ayrim turlar qoʻriqlanadi[4].
Oʻrta Yevropa tekisligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Yevropa tekisligi gʻarbda Reyn daryosining quyi oqimidan boshlanib, sharqda Sharqiy Yevropa tekisligigacha kenglik boʻylab choʻzilgan. Shimolda Boltiq va Shimoliy dengizlar bilan, janubda Markaziy Yevropa togʻlari bilan chegaralangan[5].
Oʻrta Yevropa tekisligi Boltiq qalqoni va paleozoyda burmalangan togʻlar oraligʻida hosil boʻlgan. Perm davrida dengiz ostida boʻlib, kontinental rejim bilan almashib turgan. Boʻr va paleogen davrlarida ham suv ostida qolgan. Neogenning oxirida kontinental rejimga oʻtgan. Toʻrtlamchi davrda relyefining shakllanishiga materik muzliklari taʼsir koʻrsatgan. Soʻnggi muzlik tekislikning shimoli-sharqiy qismini qoplagan, bu muzlik izlari hozir ham saqlangan. Materik muzligidan keyin yangi tektonik harakatlar natijasida yer yuzasining qaytadan pasayishi va transgressiyalar sodir boʻlgan, natijada Shimoliy va Boltiq dengizlari vujudga kelgan[6].
Shimoliy German pastekisligining gʻarbiy qismi yassi pastekislik boʻlib, balandligi 100 metrgacha yetmaydi. Koʻpgina qirgʻoqboʻyi hududlari dengiz sathidan pastda joylashgan. Tekislikning muz bosgan shimoli-sharqiy qismi gʻarbiga nisbatan tepalik relyef shakllari bilan farq qiladi. Bu yerda oxirgi morenalar toʻplangan joylarda tepalik gryadalar va sayoz koʻllar hosil boʻlgan[7]. Yutlandiya yarim orolining iqlimi moʻtadil dengiz iqlimiga ega. Yillik yogʻin miqdori gʻarbida 800 mm dan, sharqida 600 mm gacha oʻzgaradi. Maydonining 90% yem-xashak oʻtlar, qand lavlagi va don ekinlari bilan band. Oʻrmonlar asosan gʻarbda qaragʻay, sharqda buk va emanlardan tarkib topgan[8].
Oʻrta Yevropa tekisligining iqlimi gʻarbdan sharqqa oʻzgarib boradi. Gʻarbda qishi yumshoq, sharqda sovuqroq boʻladi. Gʻarbda yillik yogʻin miqdori 700–800 mm boʻlsa, sharqda 500 mm gacha kamayadi. Gʻarbda qishi yumshoq boʻlib, sovuqli kunlar deyarli boʻlmaydi. Yanvarning oʻrtacha harorati +1°, −1 °C, minimal harorat −27 °C. Sharqda qishi sovuqroq, yozi nisbatan issiqroq boʻlib, yanvarning oʻrtacha harorati −4 °C, iyulniki +18°, +19 °C ni tashkil etadi[9].
Alp-Karpat togʻlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alp-Karpat togʻlari Yevrosiyoning gʻarbidagi baland, uzun va ulkan togʻ tizimlaridan biri boʻlib, Gʻarbiy Yevropa janubida joylashgan. Alp-Karpat togʻ tizimi Markaziy Yevropa togʻ-tekisliklari, Markaziy massiv, Rona daryosi, Sharqiy Yevropa tekisligi bilan chegaralanadi. Bu togʻlar Alp togʻ burmalanishida vujudga kelgan eng yosh va tektonik jihatdan serharakat togʻlardan tashkil topgan[10]. Alp-Karpat togʻlarining iqlimi gʻarbdan sharqqa qarab kontinentallashib boradi. Gʻarbiy qismi Atlantika okeaniga yaqinligi sababli moʻtadil va sernam, Sharqiy qismi esa nisbatan quruq va moʻtadil kontinentallikka ega. Alp togʻlari yoy shaklida 1200 km masofaga choʻzilgan. Gʻarbda Oʻrta dengiz qirgʻoqlaridan boshlanib, sharqda Oʻrta Dunay pastekisligigacha davom etadi. Uning kengligi 135 km dan 260 km gacha yetadi va bir necha davlatlar hududidan oʻtadi: Fransiya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Vengriya, Sloveniya. Karpat togʻlari Alp togʻlaridan sharq tomon choʻzilgan va Oʻrta Dunay va Quyi Dunay pastekisliklari bilan chegaralanadi. Alp togʻlarining shimoliy qismida moʻtadil iqlim, janubida subtropik iqlim mavjud. Yiliga 2000–3000 mm yogʻin tushadi[11]. Alp togʻlarining 2000 m dan baland qismlarida yogʻin miqdori kamayadi. Alp togʻlaridan Rona, Reyn, Adije, Drava, Po daryolari boshlanadi. Koʻllar asosan Alpning shimoliy va janubiy togʻ etaklarida joylashgan: Jeneva, Boden, Lago-Madjore, Komo, Garda. Balandlik mintaqalik va kenglik zonallik qonuniyatlar asosida vujudga kelgan. Alp togʻlarining tabiiy landshaftlarini muhofaza qilish maqsadida Shveysariya, Vanuaz, Gran-Paradizo milliy bogʻlari va boshqa qoʻriqxonalar tashkil etilgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „United Kingdom, Great Britain, British Isles What's the Difference? A Primer in Terminology“.
- ↑ Davies, Alistair; Sinfield, Alan (2000), British Culture of the Postwar: An Introduction to Literature and Society, 1945–1999, Routledge, 9-bet, ISBN 978-0-415-12811-7, „Many of the Irish dislike the 'British' in 'British Isles', while the Welsh and Scottish are not keen on 'Great Britain'. ... In response to these difficulties, 'Britain and Ireland' is becoming preferred usage although there is a growing trend amounts some critics to refer to Britain and Ireland as 'the archipelago'.“
- ↑ Ireland’s 10 Most Fascinating Islands
- ↑ „Mysterious ocean isles, lake-locked havens, and isolated nature sanctuaries: Ireland's islands are a world of their own.“.
- ↑ Joyce, P.W. „Description of County Down“. Atlas and Cyclopedia of Ireland (1900). Qaraldi: 2008-yil 2-fevral.
- ↑ „Peaceful out of season time... « Białowieża Forest guide – Arek Szymura "Pygmy owl" Nature tours“. bialowiezaforest.eu. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
- ↑ „USSR's death blow was struck 30 years ago in a hunting lodge“ (en). AP News (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ The story of the White Tower of Kamyanyets. (Wayback Machine saytida 12 February 2012 sanasida arxivlangan) Belavezhskaya Pushcha. (ruscha).
- ↑ Massie, Robert. Nicholas and Alexandria. New York: Ballantine Books, 1967 — 180–181-bet. ISBN 9780345438317.
- ↑ "Alps". The Hutchinson unabridged encyclopedia with atlas and weather guide. Abington, United Kingdom: Helicon. 2014. http://search.credoreference.com/content/entry/heliconhe/alps/0.<!--->
- ↑ „Ötzi the Iceman“. www.iceman.it. 2023-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-may.
- ↑ Plašienka, D., 2002, Origin and growth of the Western Carpathian orogenetic wedge during the mesozoic. (Wayback Machine saytida 7 October 2011 sanasida arxivlangan) (PDF) in Geologica Carpathica Special Issues 53 Proceedings of XVII. Congress of Carpathian-Balkan Geological Association Bratislava, 1–4 September 2002