Foydalanuvchi:Shahinabonu Farhodova/qumloq
Bahor qaytmaydi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mutolaa
- Tahrirlash
- Manbasini tahrirlash
- Tarix
- kuzatma
Asboblar
Umumiy
- Bu yerga ishoratlar
- Bogʻliq oʻzgarishlar
- Maxsus sahifalar
- Doimiy havola
- Sahifa haqida maʼlumot
- Sahifadan matn parchasi ajratish
- Tillararo ishoratlar qoʻshish
Nashr/eksport qilish
- PDF sifatida yuklash
- Bosma uchun versiya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahor qaytmaydi - taniqli oʻzbek rejissori Mirabbos Mirzahmedov 1972-yilda yaratgan kinofilm. Melodramma O'tkir Xoshimovning shu nomli asari asosida suratga olingan. Ushbu film o'z davrining eng yaxshi filmlaridan biri bo'lgan.
Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarda sevgi, ishonch, umid kabi go‘zal tuyg‘ular bilan bir qatorda, unga qarama-qarshi bo‘lgan salbiy tuyg‘ular - razillik, nafrat, befarqlik, noinsoflik, xiyonat tushunchalari orqali inson taqdirining fojialarini ifoda etadi. Òtkir Hoshimovning ,,Bahor qaytmaydi”qissasidagi har bir qahramon va tasvirning asardagi òrni beqiyosdir.Yozuvchi asarning nomidanoq kimlar uchundir bahor endi hech qachon qaytmasligini voqealar timsolida kòrsatib beradi.Asar boshlanmasida tòģridan-tòģri asar qahramonlari haqida ma’lumot beribgina qolmay, kitobxonni asar voqealariga zimdan tayyorlab boradi.Buni birgina,, Bòston qishloģiga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi”gapi misolida kòrishimiz mumkin.Yozuvchi oddiygina tarzda kuz kirib keldi deb aytmasdan, ,,oģir vazmin qadamlar bilan”birikmasi orqali qahramonlarning hayotidagi yuz berishi kutilayotgan voqealarning oddiy emas,ayni damda qiyin va ziddiyatli jarayonlarda yuz berishini va mana shu jarayonda qaysi qahramonlar òz muvozanatini saqlay olishi-yu qaysilari saqlay olmasligini anglatmoqchi bòladi.
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahor qaytmaydi asari 3 ta bosh qahramon hayotiga asoslangan bo'lib, ikki beg'ubor yosh Anvar va Muqaddamning sevgi qissasi ila boshlanadi. Anvarning yaqin do'sti Alimardon esa Muqaddamni bir ko'rishda yoqtirib qoladi va do'stiga xiyonat qilib, u qizga uylanadi. Ammo keyinchalik taqdirlar ayrilib hikoya o'zgacha tus oladi. Alimardonning o'limi bilan yakunlanuvchi ushbu qissada insoniylik, marhamat, o'zaro ishonch tuyg'ulari naqadar nozik munosabatlar ekanligi va birgina xato katta yo'qotishlarga olib kelishi mumkinligi, va bu dunyo o'tkinchi ekanligini uqtiradi.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alimardon - Lutfulla Sa'dullayev (bosh rolda)
Muqaddam - Gulchehra Sa'dullayeva (bosh rolda)
Anvar - Rustam Afzalov
Lobar - Dilbar Abdulazizova
Iqbol - Mansura Hamidova
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchehra Sa'dullayeva
Film