Lutfulla Saʼdullayev
Lutfulla Saʼdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
18-dekabr 1940-yil |
Vafoti |
10-aprel 2022-yil (81 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari | [1] |
Lutfulla Saʼdullayev (1940.18.12, Toshkent - 2022.10.04, Toshkent) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (2001). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). 1963-yildan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. S. ijro etgan rollari inson qalbiga yaqin boʻlib, tomoshabinni oʻziga hamdard qila olishi, obrazlar harakteri, dunyoqarashi, qahramonlar ichki dunyosining rangbarangligi, boy va kengligi bilan ajralib turadi. Muso Jalil ("Muso Jalil"), Bunyod ("Semurgʻ"), Ibn Sino ("Donishmandning yoshligi"), Hamza ("Qaldirgochlar"), Qori ("Tobutdan tovush"), Shogʻulom ("Janjal"), Omon ("Shum bola"), Mirqosim ("Zaharli tomchilar"), Ibn Malʼun ("Ming bir kecha") kabi rollari bilan tanilgan. U koʻpgina telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham koʻplab rollar oʻynagan: Berdi ("Qismat"), Abdulla ("Odam boʻlish qiyin"), Alimardon Toʻrayev ("Bahor qaytmaydi"), Mahkam ("Uch ildiz") va boshqa Shuningdek, S. "Otalar soʻzi — aqlning koʻzi" koʻrsatuvining faol ishtirokchilaridan. Rej. sifatida ham ijod qilib, "Adashganlar" (T. Qozoqboyev), "Tinibtinchimas buvijon" (L. Saʼdullayev), "Gap yoʻq, qoʻzichoq" (S. Sirojiddinov), "Bolalar SHOU", "Zumrasha", "Rivoyat" (h. Nizomitdinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 2003-yil u kinorejissyor sifatida "Munis onam" filmini ekranlashtirdi.[2]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turmush oʻrtogʻi "Gulchehra Saʼdullayeva" – aktrisa. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
- katta qizi "Guliraʼno Saʼdullayeva (Maʼsudova) Lutfullayevna".
- qizi "Muqaddas Saʼdullayeva (Gʻaniyeva) Lutfullayevna" – aktrisa.
- kuyovi "Fatxulla Maʼsudov" – kino va teatr aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
- sobiq kuyovi "Sanjar Gʻaniyev"
- nabirasi "Saʼdiyaxon Gʻaniyeva Sanjarovna"
- nabirasi "Ulugʻbek Maʼsudov Fatxullayevich"
- nabirasi "Habibulloh Maʼsudov Fatxullayevich"
- kelini "Barno Maʼsudova
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Hayot tunda oʻtib ketdi» (1968)
- «Караван» — Afzal (1973)
- «Дом под жарким солнцем» (1977)
- «Osmondagi bolalar» (2002)
- «Osmondagi bolalar-2» (2003)
- «Munis onam» 2003
- «Fotima va Zuhra» — Homid aka (2005)
- «Sunami» — Toʻlqin aka (2006)
- «Jazo» (2007)
- «Amakivachchalar» (2008)
- «Achchiq hayot» (2009)
- «Qovun» (2012)
- «Sadoqat» (2015)
- «Bebahoginam» (2016)
- «Qismat» — Berdi
- «Odam boʻlish qiyin — Abdulla
- «Bahor qaytmaydi» — Alimardon Toʻrayev
- «Uch ildiz» — Mahkam
- «Mehribonginam»
- «Shaytanat» — Qilich Sulaymonov (1998-2001)
- «Otalar soʻzi — aqlning koʻzi»
Teatr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rej.
- «Adashganlar» (T. Qozoqboyev)
- «Tinibtinchimas buvijon» (L. Saʼdullayev)
- «Gap yoʻq, qoʻzichoq» (S. Sirojiddinov)
- «Bolalar Shou»
- «Zumrasha»
- «Rivoyat» (H. Nizomiddinov)
Rol
- «Muso Jalil» ("Muso Jalil")
- «Bunyod» ("Semurgʻ")
- «Ibn Sino» ("Donishmandning yoshligi")
- «Hamza» ("Qaldirgochlar")
- «Qori» ("Tobutdan tovush")
- «Shogʻulom» ("Janjal")
- «Omon» ("Shum bola")
- «Mirqosim» ("Zaharli tomchilar")
- «Ibn Malʼun» ("Ming bir kecha")
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film | Rol |
---|---|---|
2000 | „Besh qismat“ | Oʻgʻiloy |
2006 | „Sunami“ | Muhabbat |
2014 | „Baxt ortidan“ | |
2014 | „Taʼtildagi tomosha“ | |
2014 | „Katta hovli“ | |
2015 | „Sadoqat“ | Pari |
2015 | „Seni deb“ | |
2015 | „Telefon“ | |
2015 | „Meni kechir“ | |
2015 | „Aka“ | |
2015 | „Qilmish qidirmish“ | |
2016 | „Sharofatxonning kelinlari yoxud navroʻz muborak“ | |
2016 | „Qizlarning jaxli chiqdi“ | |
2016 | „Tanlovga yoʻl yoxud bolajonlar vaʼdasi“ | |
2016 | „Bebahoginam“ |
Yil | Serial nomi | Rol |
---|---|---|
2016 | „Vijdon azobi“ | |
2016 | „Doʻkonda“ |
Yil | Nomi | Rol |
---|---|---|
2014 | „Muqaddas va Sanjarning sevgi tarixi“ | Oʻzi |
Yil | Qoʻshiqchi | Ashula | Rol |
---|---|---|---|
2014 | Sharof Muqimov va Doniyor | «Naziraxon» | Naziraxon |
2014 | Anvar Sharipov | «Yarim baxt» | |
2015 | Qilichbek Madaliyev | «Shahzodangni kut» | |
2015 | Qilichbek Madaliyev | «Yetardi» | |
2015 | Otabek Mutalxoʻjayev | «Qaley—qaley» | Oʻzi |
2015 | Munisa Rizayeva | «Sakramento» | Talaba |
2015 | Shohjahon Joʻrayev | «Chekka bir qishloq» | |
2016 | Adham Soliyev | «Borolmayman» | |
2016 | Shahriyor | «Izhor» | Kumush |
2016 | Botir Qodirov | «Senga nima boʻldi» | |
2016 | Ziyoda | «Jim» |
Yil | Reklama | Qoʻshimcha maʼlumot | Rol |
---|---|---|---|
2014 | «Artel telefoni» | ||
2015 | «Qalampir.uz» | Oʻzi | |
2015 | «Qalampir.uz» | Oʻzi | |
2015 | «Lazzat Makon restorani» | Oʻzi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |