Foydalanuvchi:Abdulvaliy Abdussalom/Hasan Basriy
Xoja Muiniddin Muhammad Husayniy Hasan Sanjariy Ajmiriy Chishtiy (Xuroson shahri, 1142-1236 Hindiston) – chishtiya tariqati murshidi[1].
Muiniddin Muhammad Chishtiy oʻn besh yoshida otasidan yetim qolgan. Keyin Samarqand, Nishopur, Bagʻdod kabi shaharlarni kezib ikki yil Samarqandda oʻqigan. Buxoro shahrida Mavlono Husomiddin qoʻlida tahsil olgan. Nishopurda chishtiya tariqati murshidi Usmon Horuniyga murid tushgan. Sayohatlari davomida koʻplab olimlar bilan suhbat qilgan. Abduqodir Gʻiloniy, Shihobiddin Umar as-Suhravardiy, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Ahvaduddin Kirmoniy, Abu Said Tabriziy va Nosiriddin Astrabadiylar bilan koʻrishgan. Keyin Hindistonga koʻchib oʻtib oʻsha yerda murshidlik qilgan. Muiniddin Muhammad Chishtiyni „oftobi mulki Hind“ yaʼni „Hind diyorining oftobi“ deya sharaflashadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Turar, Usmon. Tasavvuf Tarixi. Toshkent: Istiqlol, 1999 — 190-bet. ISBN BBK 86.38.