Kontent qismiga oʻtish

Geosiyosat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geosiyosat, geografik siyosat — siyosatshunoslikdagi nazariya. Geosiyosat atamasi muayyan bir mamlakat oʻrni, tabiiy boyliklari, iqlimi va boshqa geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va hokazoga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosat tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga kiritgan. Geosiyosat nazariyasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida F. Ratsel (Germaniya), A. Mexen (AQSh), X. Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, geosiyosat Kissinjer, Z. Bjezinskiy (AQSh) va b. tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tadbiqan rivojlantirilgan. Geosiyosatga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati oʻrtasidagi uygʻunlik prinsipi asos qilib olinadi. Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatida maʼlum darajada geosiyosatning asosiy tamoyillarini ham hisobga oladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2018-yil.