Flores Departamenti
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Flores Departamenti Flores | |
---|---|
33°32′0″S 56°53′0″W / 33.53333°S 56.88333°W | |
Mamlakat | Urugvay |
Maydon | 5,144 km2 (1,986 kv mi) |
Aholisi | 25,050 |
Vaqt mintaqasi | UTC-3:00 |
|
Flores (ispancha talaffuzi:[ˈfloɾes]) – Urugvay davlating departamentlaridan biri boʻlib mamlakat markazidan biroz janubi-gʻarbda joylashgan. Poytaxti – Trinidad shahri. Flores shimol va sharq tomonlarda Durazno departamenti, janubi-sharqda Florida departamenti, janubda San José departamenti va gʻarbda Soriano departamenti bilan oʻzaro chegaralarga ega. Urugvaydagi aholi zichligi eng past boʻlgan departament hisoblanadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Flores departamenti 1885-yilda prezident Maximo Santos davrida San José departamenti tarkibida tashkil etilgan va oʻn toʻqqizinchi asrda Trinidadda tugʻilgan Kolorado partiyasining sobiq rahbari Venansio Flores sharafiga nomlangan. Bu hududda tosh sanʼatining koʻplab yodgorliklarini uchratish mumkin. Sanʼatining bunday naʼmunalari Chamangada nihoyatda koʻp topilgan. Yana bir diqqatga sazovor joyi – Saroy gʻori hisoblanadi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Flores departamentida asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Birinchi navbatda eksport uchun qoramol va jun mahsulotlari yetishtirish maqsadida qoʻylar boqiladi. Koʻplab faol rancholar mavjud boʻlib ularning baʼzilariga sayyohlar ham tashrif buyurishlari mumkin.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Flores departamentining etnik guruhlari[2]. | ||||
---|---|---|---|---|
Etnik guruhlari | Foiz | |||
Oq tanlilar | 92.4% | |||
Qora tanlilar | 3.5% | |||
Hindular | 3.6% | |||
Osiyoliklar | 0.4% | |||
Boshqalar | 3.8% | |||
Urugvayning barcha departamentlari ichida aholi eng siyrak joylashgan joy shu yer boʻlib, aholi zichligi 1 km² ga 5 kishidan ham toʻgʻri kelmaydi[3]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Flores departamentida 25,050 nafar aholi (12,342 erkak va 12,708 ayol) va 10,589 ta xonadon mavjud. Jami 25,050 nafar aholidan 21,430 nafargaga yaqin qismi poytaxt shahar Trinidadda yashaydi[3][4].
Flores departamentining 2010-yilgi maʼlumotlar aosidagi demografik koʻrsatkichlari[5]:
- Aholining oʻsish sur’ati: 0,151%
- Tugʻilish darajasi: 14.73 tugʻilish/1000 kishi
- Oʻlim darajasi: 9.25 oʻlim / 1000 kishi
- Oʻrtacha yoshi: 34.3 (33.2 erkak, 35.5 ayol)
- Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
- Umumiy aholi uchun: 78.66 yosh
- Erkaklar uchun: 74.82 yosh
- Ayollar uchun: 82.20 yosh
- Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 26,324 peso
- Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 11,025 peso
- Shaharlari aholisi:
Shahar / Qishloq Aholi soni Trinidad 21,429 Ismael Cortinas 918 Andresito 261 La Casilla 181 Juan José Castro 97 Cerro Colorado 96
Mashhur shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doktor Armando Kastaingdebat, Flores departamentining rahbari.
- Danilo Pallares Echeverria, mahalliy yozuvchi va musiqachi, Flores departamenti madhiyasi muallifi.
- Faustino Xarrison, 1962-1963-yillarda Urugvay prezidenti boʻlgan.
- Benito Medero, 1970-yillarda vazir.
- Chori Kastro, futbolchi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Censos 2011 (needs flash plugin)“. INE (2012). 2012-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 3,0 3,1 „Censos 2011 Flores (needs flash plugin)“. INE (2012). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ „Censos 2011 Cuadros Flores“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ „Uruguay en cifras“ (es). INE (2011). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official site of Flores (Wayback Machine saytida 2020-05-13 sanasida arxivlangan)
- INE map of Flores Department
- Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.2 „Flores“[sayt ishlamaydi]