Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Fayziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fayziyev Ahmaddan yoʻnaltirildi)

Ahmad Fayziyev (1910-yil 10-oktyabr, Qoʻqon – 1993-yil 1-iyul, Buxoro) – Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1940). 1925—1930 yillar Qorakoʻl tuman bolalar uyida murabbiy va havaskorlik truppasining badiiy rahbari. 1930-yildan Buxoro viloyat musikali drama va komediya teatri aktyori. Fayziyev asosan, komik va hajviy rollar ustasi sifatida tanilgan: Tabib (Gʻ. Zafariy, „Halima“), Xolmat (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Madazim (Komil Yashin, „Tormor“), Sokov (M. Urdibodu, „Besh soʻmlik kelin“), Tersak (Komil Yashin, T. Jalilov, „Ravshan va Zulxumor“), Majididdin (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Poloniy (William Shakespeare, „Hamlet“), Goʻdalak (S. Xoʻjaniyozov, „Suymaganga suykanma“), Moʻmin (Erkin Vohidov, „Oltin devor“), Podkolyosin (N. Gogol, „Uylanish“) va boshqa Fayziyev oʻtkir xarakterli aktyor boʻlib, uning ijodi anʼanaviy xalq teatri namunalari, qiziqchilik sanʼati zamonaviy komedik rollar bilan uygʻunlashgan holda olib borilishi bilan ajralib turadi.