Translokatsiya
Qiyofa
Translokatsiya (lot trans orqali, locatio — joylashish) — xromosomalar bir qismining oʻsha xromosomaning boshqa qismiga yoki ikkinchi xromosomaga oʻtib qolishi; xromosomalar qayta qurilishi (xromosoma aberratsiyalari), yaʼni mutatsiya xillaridan biri. Agar xromosomaning uzilgan qismi oʻsha xromosomaning boshqa joyiga ulansa, xromosoma ichidagi T., boshqa xromosomaga oʻtib qolsa xromosomalararo T. deyiladi. Masalan, Daun sindromida 15 va 21 xromosomalardan kichik qismlari ajralib, oʻrinlarini almashtirib joylashadi. T. asosida xromosomalarning nogomologik qismlari oʻrtasidagi almashinuv yotadi. T.da genlar miqdori oʻzgarmagan holda ularning oʻrni oʻzgaradi. T. ogʻir irsiy kasalliklarga olib keladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |