Every Breath You Take
„Every Breath You Take“ | ||||
---|---|---|---|---|
„The Police“ qoʻshigʻi | ||||
„Synchronicity“ albomidan | ||||
B tomon | „Murder by Numbers“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 20-may 1983-yil | |||
Yozib olingan | Dekabr 1982-yil – Fevral 1983[1] | |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
3:56 (single versiyasi) 4:13 (albom versiyasi) | |||
Leybl | A&M (AM 117) | |||
Matn muallif(lar)i | Sting | |||
Prodyuser(lar) | ||||
The Police xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Every Breath You Take“ YouTubeda |
„Every Breath You Take“ (tarjimasi „Oladigan har bir nafasing“) — „The Police“ ingliz rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1983-yil eʼlon qilingan „Synchronicity“ nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni guruh solisti Sting yozgan. „Every Breath You Take“ AQSh va Kanada 1983-yilning eng katta xitiga aylangan: tarona sakkiz hafta davomida „Billboard Hot 100“ singllar xit-paradida, toʻrt hafta davomida RPM xit-paradida birinchi pogʻonani egallab turgan. Britaniyada esa qoʻshiq toʻrt hafta davomida singllar xit-paradining eng yuqori pogʻonasidan tushmagan. Shuningdek, tarona bir necha mamlakat xit-paradida yuqori oʻntalikka kirgan.
„Every Breath You Take“ qoʻshigʻi uch nominatsiya boʻyicha „Grammy“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan va „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year) hamda „Duet yoki vokal guruhi tomonidan eng yaxshi pop ijro“ (inglizcha: Best Pop Performance by a Duo or Group with Vocals) nominatsiyalarida gʻolib chiqqan. Britaniya qoʻshiqnavislar, bastakorlar va mualliflar akademiyasi Stingni qoʻshiq uchun „Musiqiy va lirik jihatdan eng yaxshi qoʻshiq“ nominasiyasida Ivor Novello mukofoti bilan taqdirlagan.
„Every Breath You Take“ „The Police“ guruhining hamda Stingning „tashrif qogʻoziga“ aylangan. 2019-yilning mayida Broadcast Music, Inc. qoʻshiqni radio tarixida eng koʻp ijro etilgan qoʻshiq deb topgan[4]. 1983-yil „Rolling Stone“ jurnali tanqidchilar va obunachilar orasida oʻtkazgan soʻrovda „Every Breath You Take“ „yil qoʻshigʻi“ deb topilgan. 1983-yil qoʻshiq AQShda eng koʻp sotilgan kompozitsiyaga aylangan. „Billboard“ xit-paradi qoʻshiqni 1983-yilning 1-sonli qoʻshigʻi deb belgilagan. Ayni nashr tuzgan tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida „Every Breath You Take“ 84-oʻrinni egallagan. Shuningdek, qoʻshiq Rok-end-roll shuhrat zalining „Rok-end-rollni shakllantirgan 500 qoʻshiq“ roʻyxatidan joy olgan[5]. Bundan tashqari, qoʻshiq „Billboard“ xit-paradining „Tarixdagi eng yaxshi 100 qoʻshiq“ roʻyxatiga kiritilgan[6]. 2008-yil „Q“ jurnali taronani 1980-yillarning eng yaxshi britan qoʻshiqlari safiga kiritgan[7]. 2015-yil esa ITV telekanali oʻtkazgan soʻrovda britaniyaliklar 1980-yillarda xit-paradda birinchi pogʻonani egallagan qoʻshiqlar orasidan „Every Breath You Take“ qoʻshigʻini „millatning sevimli qoʻshigʻi“ deb belgilash uchun ovoz berishgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buskin, Richard (March 2004). "Classic Tracks: The Police's 'Every Breath You Take'". Sound on Sound. http://www.soundonsound.com/sos/mar04/articles/classictracks.htm.
- ↑ „New wave hits of the 80s: all the best new wave songs“. Like Totally 80s. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ Sterling, Christopher H.; O'Dell, Cary. The Concise Encyclopedia of American Radio - Google Books, 12 April 2010. ISBN 9781135176846.
- ↑ „Sting's "Every Breath You Take" Is the Most Played Song on Radio [Video“]. GuardianIv. Qaraldi: 2019-yil 10-iyun.
- ↑ „The Songs That Shaped Rock and Roll | the Rock and Roll Hall of Fame and Museum“. 2010-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-yanvar.
- ↑ „The Billboard Hot 100 All-Time Top Songs“. Billboard. 20 September 2008. Qaraldi: 8 July 2009.
- ↑ „100 Greatest Songs Of All Time“. Q magazine. 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
- ↑ Westbrook, Caroline. „The Nation's Favourite 80s Number One: 12 more classic 80s chart-toppers which didn't make the cut“. Metro (2015-yil 25-iyul). Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.