Kontent qismiga oʻtish

Emir Adil Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emir Adil Bey
turkcha: Emir Adil Bey'
Candaroğulları beki
Saltanat 1345-1361
Oʻtmishdoshi Yakup Bey
Davomchisi Kötürüm Bâyezid
Vafoti 1361-yil
Farzandlari Kötürüm Bâyezid
Uy Candaroğulları
Otasi Yakup Bey
Dini Sunni Islom

Emir Adil Bey (turkcha: Emir Adil Bey) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi Yaman Candarning nabirasi. Emir Adil ushbu beklikni 1345-1361-yillar orasida boshqargan[1][2].

Emir Adil Beyning bobosi Yaman Candar 1291-yilda beklikka asos solgan boʻlib, 1309-yil, oʻlimiga qadar bek sifatida davlatni boshqargan. Oʻlimidan soʻng, Emir Adil Beyning katta amakisi Süleyman Bey I beklik taxtiga chiqdi. Amakisi 1322-yilda Sinopni egallaganida, oʻgʻli Ibrahim Beyni u yerga hokiim etib tayinladi. 1340-yilda Süleyman Bey I vafot etganidan keyin, amakisining oʻgʻli İbrahim Bey I Candaroğulları bekligi taxtiga chiqdi. 1345-yilda amakisining oʻgʻli ham vafot etdi va baʼzi tarixchilarning manbasiga koʻra, otasi Yakup Bey beklikning yangi bekiga aylandi. Ammo bek boʻlgan, boʻlmagani haqida juda kuchli dalillar mavjud emas va Yakup Bey beklik davri tarixchilar tomonidan eng koʻp muhokama qilinadigan mavzulardan biri hisoblanadi. Otasi vafotidan keyin, Emir Adil Bey 1345-yilda yangi bek deb eʼlon qilinadi.

Emir Adil Beyning hukmdorlik davri haqida maʼlumotlar juda ozdir. Ismi kabi odil podshoh boʻlgan, boʻlmaganligi haqida munozaralar mavjud. 1351-yilda Genuya kemalari Sinop shahrida koʻrilgani haqida maʼlumotlar mavjud boʻlib, aynan Adil Bey davrida Venetsiyaliklar bilan savdo aloqalari boshlangan. Venetsiyalik savdogarlar Mari cherkovida yigʻilishlar oʻtkazgani va Adil Beyga beriladigan sovgʻalar ana shu yigʻilishlarning birida muhokama qilingani haqida maʼlumotlar bor. Ushbu Genuya va Venetsiyaliklar qoʻllaridan kelganicha Candaroğulları_bekligi bilan yaxshi aloqalarni yoʻlga qoʻyishga harakat qilganlar[3].

Adil Beyning aniq oʻlim sanasi maʼlum boʻlmasa ham, oʻgli Kötürüm Bayezidning taxtga chiqish yilida oʻlgani maʼlumdir. Adil Beyning maqbarasi Kuzyaka qishlogʻida joylashgan.

  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
  2. Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
  3. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Yakup Bey
Candaroğulları beki
1345-1361
Vorisi:
Kötürüm Bâyezid