İbrahim Bey I
İbrahim Bey I | |
---|---|
turkcha: İbrahim Bey I' | |
Candaroğulları beki | |
Saltanat | 1340-1345 |
Oʻtmishdoshi | Süleyman Bey I |
Davomchisi | Yakup Bey |
Vafoti | 1345-yil |
Uy | Candaroğulları |
Otasi | Süleyman Bey I |
Dini | Sunni Islom |
İbrahim Bey I (turkcha: İbrahim Bey I) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi Yaman Candarning nabirasi. Ibrahim Bey ushbu beklikni 1340-1345-yillar orasida boshqargan[1][2][3].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrahim Beyning bobosi Yaman Candar 1291-yilda beklikka asos solgan boʻlib, 1309-yil, oʻlimiga qadar bek sifatida davlatni boshqargan. Oʻlimidan soʻng, Ibrahim Beyning otasi Süleyman Bey I beklik taxtiga chiqdi. Pervaneoğlu Gazi Çelebi oʻgʻil farzandi boʻlmaganligi uchun Suleyman Bey hokimiyatini tan oldi. Gazi 1322-yilda vafot etganidan keyin, Sinopda qizi oʻz bekligini eʼlon qilai. Ammo Suleyman Bey qizni oʻldirtirdi va Sinop shahri butunlay Candaroğulları bekligi tarkibiga qoʻshib oldi. Sinopda 1322-yildan 1340-yilga qadar Ibrahim Bey hokimlik qildi. 1340-yilda otasi vafot etgach, beklik taxtiga chiqdi.
Ibrahim Bey 1340-1345-yillar orasida hukmdorlik qilgan boʻlib, uning beklik davri haqida deyarli maʼlumotlar uchramaydi. Ukasi Çobanning taxt vorisi deb eʼlon qilinishi ortidan, taxtni egallash uchun isyon koʻtaradi va beklik taxtiga oʻtiradi. Ibrohim bekning onasi Ibn Battuta shaharga kelganidan 4 kun oʻtib vafot etgan. Bu dafn marosimida Ibn Battuta ham qatnashgan boʻlib, motam 40 kun davom etgani, askarlar kiyimini chappa kiyib yurgani, har kuni ovqat tarqatilganini yozgan.
Ibrahim Bey Qora dengizda Venetsiya va Genuya flotlarini bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan. Al-Umari yozishicha, Ibrohim Beyning koʻplab qal’alari bor boʻlgan va uning davrida ham bobosi va otasi davridagi kabi Mamluklar davlati bilan aloqalar doʻstona boʻlgan[4].
Ibrahim Bey 1345-yilda vafot etganidan keyin, taxtga amakisi Yakup Bey chiqqan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
- ↑ Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 66.
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Süleyman Bey I |
Candaroğulları beki 1340-1345 |
Vorisi: Yakup Bey |