Kontent qismiga oʻtish

Yaman Candar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yaman Candar
turkcha: Yaman Candar'
Candaroğulları beki
Saltanat 1291-1309
Oʻtmishdoshi lavozimga asos solindi
Davomchisi Süleyman Bey I
Vafoti 1309-yil
Farzandlari Süleyman Bey I
Yakup Bey
Uy Candaroğulları
Dini Sunni Islom

Yaman Candar (turkcha: Yaman Candar) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi. Yaman Candar ushbu beklikni 1291-1309-yillar orasida boshqargan[1][2][3].

Kelib chiqishi va yoshligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaman Candarning turkman qabilasidan ekanligidan boshqa hech qanday manbalar tarixda uchramaydi. Ammo uning turkmanlarning qaysi qabilasidan ekanligi manbalarda yoritilmagan. Islom ensiklopediyasiga koʻra, uning ismi Candar ham saroy qoʻriqchilari unvoni boʻlgan va Yaman Candar, katta ehtimol, Saljuqiylar saroyidagi candar yaʼni qoʻriqchi boʻlgan[4].

Fuqarolar urushidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1291-yilda Koʻniya sultonligi qaram boʻlgan Hulokuiylar davlati oliy xoni Argʻun ibn Abaqaxon vafot etdi. Saljuqiylar shahzodasi Qilich Arslon (Qrimda yashovchi Kaykaus II ning oʻgʻli) Argʻun xonning oʻlimidan keyingi tartibsizliklar chogʻida 1292-yilda Saljuqiylar taxtiga kurashish uchun Onadoʻliga keldi. Uning asosiy ittifoqchisi Çobanoğulları bekligi edi. Koʻniya sultoni, Qilich Arslonning akasi Mesut Qilich Arslonni taʼqib ostiga oldi. Ammo Çobanoğulları bekligi beki Muzaffereddin Yavlak Arslan va Qilich Arslon jangda Mesutni magʻlubiyatga uchratdi. Mesut qamoqqa olindi. Biroq Yaman Candar kutilmagan hujum orqali ikki ittifoqchini magʻlub etdi. Mesut ozod qilindi va Muzaffereddin Yavlak Arslan qatl etildi[5].

Hulokuiylar davlatining yangi xoni Geyxatu Yaman Candardan mamnun boʻlib, Kastamonu (Turkiyaning Qoradengiz mintaqasi, ilgari Çobanoğulları bekligi mulki boʻlgan)ni Yaman Candarga iqto sifatida hadya etdi. Yaman Candarning keyingi hayoti haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. U, ehtimol, 14-asr boshlarida vafot etgan. Baʼzi manbalarda 1309-yilda vafot etganligi qayd etilgan[6].

Vafotidan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaman Candarning vafotidan koʻp oʻtmay, Çobanoğulları bekligi Kastamonuni qaytarib olganlar. Beklik taxtiga oʻgʻli Süleyman Bey I oʻtirgan.

  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
  2. Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
  3. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
  4. Islam Encyclopedia
  5. Prof. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt I, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 pp. 199
  6. Turkish history, 2016-06-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-27
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
lavozimga asos solindi
Candaroğulları beki
1291-1309
Vorisi:
Süleyman Bey I