Egar tumshugʻli laylak
Egar tumshugʻli laylak | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Laylakdoshlar |
Oila: | Laylaklar |
Turlari: | Egar tumshugʻli laylak |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Ephippiorhynchus senegalensis (Shaw, 1800) |
Egar tumshugʻli laylak[1] (lotincha: Ephippiorhynchus senegalensis) — laylaklar oilasining eng yirik vakili, egar tumshugʻlilar (Ephippiorhynchus) jinsining ikki turidan biri[2].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Egar tumshugʻli laylak erkaklarining uzunligi 146 smga yetadi, vazni taxminan 6 kg ga yetadi va qanotlari 240 sm ga yetadi[2][3], urgʻochilarining kattaligi ancha kamtarroqdir[4]. Qanotlarning, boʻyinning, boshning va dumning patlari qora-metall rangda, tananing qolgan qismi oq rangda. Egar tumshugʻli laylakning oʻziga xos xususiyati, koʻndalang qora chiziqli kuchli yorqin qizil tumshug'i va uning yuqori tepa qismida sariq egar shaklidagi teri shakllanishidir[4].
Tarqalish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Egar tumshugʻli laylaklar Oq va Koʻk Nilda juft boʻlib yashaydi, gʻarbiy va janubiy Afrikada tarqalgan. Daryolar qirgʻoqlarida, botqoqliklarda yashaydilar[4].
Oziqlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu turdagi oʻlik laylakning oshqozoni tekshirilganida, baliqlar, qurbaqalar, qoʻngʻizlarva chigirtkalar topilgan. Teodor Geyglin oʻlik goʻsht bilan oziqlanayotganda bitta laylakni otib oʻldirgan. Egar tumshugʻli laylaklar toʻyib ovqatlanishi uchun kamida bir kilogramm ovqat iste'mol qilishi kerak[4].
Fotosurat
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Erkak
-
Ayol
-
Yosh egar tumshugʻli laylaklar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 26. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ 2,0 2,1 „Семейство аистов (Ciconiidae) на bird.geoman.ru“. Qaraldi: 2010-yil 6-noyabr.
- ↑ „Седлоклювый ябиру на allbirds.ru“. 2012-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 А. Брем „Семейство аистовые“, . Жизнь животных. — М.: Государственное издательство географической литературы, 1958.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Barlow, Clive (1997): A field guide to birds of the Gambia and Senegal. Pica Press, Nr. Robertsbridge (East Sussex). ISBN 1-873403-32-1
- Ephippiorhynchus senegalensis (англ.). The IUCN Red List of Threatened Species.
- Jiménez Serrano, Alejandro (2002): Royal Festivals in the Late Predynastic Period and the First Dynasty. British Archaeological Reports (International Series) 1076. ISBN 1-84171-455-0