Qoʻngʻizlar
Qoʻngʻizlar — hasharotlar turkumi. 140 oilasi, 300 mingdan ortiq turi maʼlum. Qo'ng'izning tana uz. 0,25–180 mm. Yumshoqtanlilar oilasining vakillaridan boshqalarida tana qoplami sklerotlashgan. Bosh, koʻkrak, qorin qismlari bir-biridan aniq chegaralangan. Oldingi juft qanotlari qattiq ustqanot (elitra)ga aylangan boʻlib, qorin va ikkinchi - orqa juft parda qanotlarini himoya qiladi. Toʻla oʻzgarish bilan rivojlanadi (masalan hasharotlar). Ovalsimon tuxumlari silliq qobiq bilan oʻralgan. Lichinkalari 2 xil: kampodesimon - harakatchan, oyoqlari yaxshi rivojlangan, yirtqich (mas, sassiq qoʻngʻizlar, yumshoqtanlilar, bitxoʻr xonqizi qoʻngʻizlari va boshqalar) va eruksimonlar - seret, kamharakat. Qo'ng'izning koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi ekinlari, daraxt va oziq-ovqat mahsulotlarining zararkunandasi (yana qo'ng'iz Ombor zararkunandalari). Yetuk hasharotlar hamda ular lichinkalarining shikastlash xarakteriga qarab, qo'ng'iz barg kemiruvchilar (masalan, bargxoʻrlar, uzun-tumshuklar va boshqalar), poʻstloq osti yoki yogʻochda rivojlanuvchi poya-tana kemiruvchilar (tilla qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar, uzun moʻylov qoʻngʻizlar va boshqalar), tuproqdagi ildiz kemiruvchilar (asosan, may qoʻngʻizi lichinkalari, qora qo'ng'iz qirsildoq), meva va urugʻ zararkunandalari (nay oʻrovchilar, urugʻ-xoʻrlar, donxoʻrlar va boshqalar), gʻalla mahsulotlari vateri zarar-kunandalariga boʻlinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida foydali qo'ng'iz (xonqizi qoʻngʻizlari, sassiq qoʻngʻizlar) ham yashaydi. Goʻngxoʻr qo'ng'iz, oʻlimtikxoʻr qo'ng'iz kabi turlari chirindi va oʻlimtiklar bilan oziqlanib, tabiyatda sanitar vazifasini oʻtaydi[1].