Koʻk Nil
Koʻk Nil | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 783 |
Suv sarfi | 1 525,3 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Efiopiya va Sudan |
Koʻk Nil |
Koʻk Nil, Bahr ul-Azraq - Afrikadagi daryo, Efiopiya va Sudan hududida. Nilning eng sersuv oʻng ir-mogʻi. Oʻz. 1600 km, havzasining maydoni 300 ming km². Kichik Abbay nomi bilan Choke togʻlari yon bagʻridan boshlanadi. Tana koʻliga quyiladi, undan Abbay nomi bilan oqib chiqib, 20 km dan keyin balandligi 45 m li sharshara hosil qiladi. Boshlanishida qirgʻoqlari pastroq, soʻngra 500 km masofada chuq. 900–1200 m, eni 100–200 m li daradan oqadi. Sudan hududidan chiqqach, K.N. nomini oladi va ancha tekis joyda ilon izi boʻlib oqadi. Hartum shahri yonida Oq Nil bilan qoʻshilib Nil daryosini hosil qiladi. Asosiy irmoqlari: Raxad va Dinder. Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyilish joyidan 580 km masofada kema qatnaydi. Suv sarfi Hartum shahri yaqinida fevralda 127 m³/sek. dan avgustda 5822 m³/ sek. gacha. Sennor shahri yonida toʻgon, GES va suv omborlari qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |