Kontent qismiga oʻtish

Dushanbe xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dushanbe xalqaro aeroporti
ruscha: Международный аэропорт «Душанбе»
tojikcha: Фурудгоҳи Байналмилалии Душанбе

Furudgohi Bajnalmilalii Duşanbe
IATA kodi: DYUICAO kodi: UTDD
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik / harbiy
Egasi Tojikiston hukumati
Operator "Dushanbe xalqaro aeroporti" AJ
Xizmat doirasi Dushanbe
Joylashuvi Dushanbe shahri Mastonqulov koʻchasi 32/2
Havo yoʻli tuguni * Somon Air
Dengiz sathidan balandligi 2,575 ft / 785 m
Koordinatalari 38°32′6″N 068°49′5″E / 38.53500°N 68.81806°E / 38.53500; 68.81806
Vebsayti airport.tj
Xarita
DYU (Tojikiston)
DYU
Tojikiston aeroporti joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
09/27 10,210 3,112 Asfalt-beton
Maʻlumotlar (2017)
Yoʻlovchilar soni 1,305,000
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 15-16

Dushanbe xalqaro aeroporti (IATA: DYUICAO: UTDD) – Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri janubi-sharqida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport Somon Air aviakompaniyasining asosiy hubi va Tajik Air aviakompaniyasining bosh qarorgohi hisoblanadi[1].

2017-yil holatiga koʻra, Dushanbe aeroportining yillik yoʻlovchi oqimi 1 million 305 ming kishini tashkil qiladi[2]. Aeroport Markaziy Osiyodagi eng gavjum aeroportlar orasida oltinchi, butun postsovet hududida esa 40-oʻrinni egallaydi.

1924-yilda mamlakatda birinchi aeroport hozirda Dushanbe nomi bilan tanilgan shaharda qurilgan. Bu joyda hozirda Respublika matbuot uyi va „Safina“ telekanali joylashgan. 1929-yil noyabr oyida Stalinobodga (Dushanbening oʻtmishdagi nomi) xizmat koʻrsatish uchun yangi aeroport qurilib, Toshkent va Olmaota kabi qoʻshni shaharlarga parvozlar amalga oshirila boshlandi. Keyinroq Moskva va SSSRning boshqa shaharlariga ham parvozlar yoʻlga qoʻyildi. 1964-yilda hozirgi aeroport majmuasi foydalanishga topshirildi. Oʻtgan yillar davomida aeroport bir necha bor rekonstruksiya qilindi.

1992-yil 7-sentyabrda mamlakatdagi fuqarolar urushining dastlabki oylarida oʻsha vaqtdagi Prezident Rahmon Nabiyev va uning hamrohlari aeroportga ketayotganlarida muxolifat kuchlari tomonidan pistirmaga uchradi. Terminalda Nabiyev qoʻyib yuborilgunga qadar VIP zalida qurolli muxolifat bilan uchrashuv va muhokamalardan soʻng amalda qurol kuchi vositasida isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Xabarlarga koʻra, butun sinov davomida terminalda tanklar va qoʻshinlar boʻlgan[3].

2012-yil 17-oktyabrda Dushanbe aeroporti birinchi marta dunyodagi eng yirik „AN-225 MRIYA“ avialaynerini qabul qildi. Samolyot bortida qimmatbaho yuk – Xarkov shahrida ishlab chiqarilgan Norak GESi uchun gidroagregat bilan Tojikiston poytaxti aeroportiga qoʻndi.

Yiliga 1,5 million nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega fransuzlar tomonidan qurilgan yangi terminal 2014-yil 3-sentyabrda ochildi[4][5]. Fransiya Tojikistonga uzoq muddatli, past foizli 20 million yevro miqdorida kredit ajratdi. Tojikistonning oʻz hissasi esa 19 million yevroni tashkil etdi[6].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Air Astana Olmaota
Avia Traffic Company Bishkek
Azerbaijan Airlines Boku (2024-yil 17-sentyabrdan qayta tiklanadi)[7]
China Southern Airlines Urumchi[8]
FlyArystan Ostona[9]
flydubai Dubay-Xalqaro[10]
Jazeera Airways Kuvayt[11]
Kam Air Kobul
Nordwind Airlines Orenburg, Qozon, Ufa
S7 Airlines Novosibirsk
Somon Air Dehli[12], Dubay-Xalqaro, Frankfurt, Irkutsk, Islomobod[13], Istanbul, Krasnoyarsk-Yemelyanovo, Mahachqalʼa[14], Moskva-Domodedovo, Moskva-Jukovskiy[14], Myunxen[15], Novosibirsk[16], Olmaota[17], Orenburg, Ostona[18], Qozon, Sankt-Peterburg, Samara[14], Sochi[19], Toshkent[17], Tbilisi[20], Tehron–Imom Xumayniy[21], Urumchi, Xoʻjand, Yekaterinburg
Mavsumiy charter: Yerevan, Sharm ash-Shayx[22]
Turkish Airlines Istanbul[23]
Turkmaniston havo yoʻllari Mavsumiy: Ashxobod[24]
Ural Airlines Irkutsk, Krasnoyarsk-Yemelyanovo, Moskva-Domodedovo, Moskva-Jukovskiy, Sankt-Peterburg, Sochi[25], Ufa, Volgograd[26], Yekaterinburg
Mavsumiy: Qozon, Samara, Chelyabinsk
Utair Moskva-Vnukovo
Oʻzbekiston havo yoʻllari Toshkent[27]
Varesh Airlines Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy

Baxtsiz hodisalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dushanbe aeroportidan havoga koʻtarilib, halokatga uchragan samolyotlar aviahalokatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1942-yil 16-fevralda mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida Stalinoboddan Xorugʻga yoʻl olgan R-5 samolyoti (bort raqami L-3316) (bortida uchuvchi V. V. Knyajnichenko va olti yoʻlovchi, jumladan, ikki bola bor edi) 4000 m balandlikda Kalay-Vamarda noqulay ob-havo sharoitida (past bulutli, tuman) favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Samolyot parchalanib ketgan (faqat fyuzelyaj va chap yuqori qismi buzilmagan). Uchuvchi va yoʻlovchilar yengil jarohatlar bilan tirik qolgan. 28-fevral kuni uchuvchi va uch erkak yoʻlovchi uy-joy va yordam izlash uchun joʻnab ketishdi (ulardan biri izlash jarayonida daraga tushib, halok boʻldi), yoʻlovchi Gureyeva ikki bolasi bilan samolyotda qolddi. Bir necha kun ichida uch kishi Matraun qishlogʻiga yetib bordi va u yerdan mahalliy aholi tomonidan Xorugʻga olib ketildi. Qishloqda uchovlonning hech biri bolali Gureyevani esga olmadi. Gureyeva qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan faqat may oyining boshlarida topilgan (oʻsha paytda bolalar ochlikdan halok boʻlgan edi). Bolali ayolni umidsiz ahvolda qoldirish fakti boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Uch kishi turli xil jazo muddatini oldi (uchuvchi jazo batalonida frontga yuborilgan)[28].
  • 1966-yil 7-sentabrda Dushanbe-Murgʻob-Bozordara yoʻnalishi boʻyicha geologlar va yonuvchan yuklarni (benzin, atseton) olib ketayotgan Tojikiston Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi (FAB) Dushanbe birlashgan aviaotryadining An-2 samolyoti Murgʻob qishlogʻidan 60 km gʻarbda togʻli hududga favqulodda qoʻnmoqchi boʻlgan vaqtida halokatga uchragan. Bortdagi 6 kishining barchasi halok boʻlgan. Falokatga samolyotning tasodifan toʻkilgan atsetonning alangalanishi va xavfli yuklarni tashish qoidalarining buzilishi oqibatida havoda yonishi sabab boʻlgan[29].
  • 1969-yil 28-martda Tojikiston FAB Dushanbe birlashgan aviaotryadining An-2 samolyoti (bort raqami SSSR-98316) Dushanbe-Komsolobod-Tavildara-Qal’ayi Xumb yoʻnalishida Sh-84 sonli parvozini amalga oshirdi. Samolyot Sagʻirdasht qishlogʻidan 9 km janubi-gʻarbda qulagan. Samolyot bortida 11 kishi boʻlgan. 8 nafar katta yoshli yoʻlovchi, 1 nafar bola, nazoratchi uchuvchi va ikkinchi uchuvchi halok boʻldi. Samolyot komandiri va 1 nafar bola ogʻir jarohat olgan, biroq omon qolgan va 2-aprel kuni qutqaruvchilar tomonidan topilgan. Falokatga ekipaj tomonidan minimal ob-havo va parvoz qoidalarini buzganligi sabab boʻlgan, bu esa samolyotning bulutlarga xavfsiz balandlikdan pastroqda kirib kelishi va keyinchalik uning togʻ yonbagʻirlari bilan toʻqnashib ketishiga olib kelgan[30].
  • 1973-yil 24-fevralda Dushanbe – Leninobod – Moskva yoʻnalishida № 630 reysini amalga oshirayotgan Tojikiston FAB Dushanbe birlashgan aviaotryadining Il-18V samolyoti (bort raqami SSSR-75712) Leninobod aeroportidan 38 km shimoli-gʻarbda halokatga uchradi. Bortdagi 79 kishining barchasi (8 nafar ekipaj aʼzosi, 65 nafar kattalar yoʻlovchisi, 5 nafar bola va bir nafar IIV xodimi) halok boʻlgan. Ekipajning navigatsiyadagi xatolari samolyotni pasayish, balandlikni yoʻqotish va tezlikni tezlashtirish bilan chuqur chap qirgʻoqqa aylantirishda ifodalangan keyingi notoʻgʻri harakatlariga olib keldi. Hodisa tezlik bosimining oshishi va ortiqcha yuklanish natijasida yuzaga kelgan, bu esa samolyotning havoda nobud boʻlishiga olib kelgan[31].
  • 2008-yil 8-mart kuni „Tojik Air“ aviakompaniyasining Mi-8MTV-1 vertolyoti (bort raqami EY-25169) Dushanbedan Xorugʻga uchib, Xorugʻ aeroportidan 3920 m balandlikdagi 13,5 km togʻ yonbagʻiriga urilgan va halokatga uchragan. Vertolyot bortida 3 nafar ekipaj aʼzosi va 12 nafar changʻichi yoʻlovchi boʻlgan. Ekipaj komandiri halok boʻldi, 2 ekipaj aʼzosi va 2 yoʻlovchi jarohat oldi[32].
  1. "Directory: World Airlines." Flight International. 30 March-5 April 2004. 78. „Titov Street 31/2, Dushanbe International Airport, Dushanbe, 734006, Tajikistan.“
  2. „ato.ru: Аэропорт Душанбе в 2017 году увеличил пассажиропоток на 13%“. 2018-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  3. Erlanger, Steven. „After Week of Turmoil, Tajik President is Forced Out“. The New York Times (1992-yil 8-sentyabr).
  4. Ozodivideo. „Ифтитоҳи терминали нави фурудгоҳ дар Душанбе.“ (2014-yil 3-sentyabr). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
  5. „New terminal opens at Dushanbe International Airport“. Shanghai Daily. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
  6. „France to Finance Dushanbe Airport Extension“. The Gazette of Central Asia. Satrapia (2012-yil 12-oktyabr).
  7. Liu, Jim. „Azerbaijan Airlines Resumes Baku – Dushanbe Service From Sep 2024“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 26-iyul). Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  8. „China Southern / Xiamen Airlines NW22 International Operations - 30OCT22“. AeroRoutes (2022-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  9. „Flights from Astana to Dushanbe (Tajikistan)“. flyarystan.com. FlyArystan. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
  10. „flydubai to Start Tajikstan Service from late-April 2013“ (2013-yil 1-aprel). Qaraldi: 2013-yil 1-aprel.
  11. „JAZEERA AIRWAYS NETWORK EXPANSION FROM LATE-DEC 2022“. Aeroroutes (2022-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  12. Liu, Jim. „Somon Air adds Delhi service from Dec 2019“. Routesonline (2019-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  13. Liu, Jim. „Somon Air Schedules Islamabad July 2024 Launch“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 1-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Сомон Эйр увеличила количество рейсов в Жуковский - AVIA RU Network“. www.aviaru.net (2023-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  15. „News Archive“. 2022-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  16. „Somon air launches new air routes to Russia“. Media group "ASIA-Plus". Asia-Plus (2016-yil 11-avgust). 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  17. 17,0 17,1 „Somon Air 1Q24 International Network Expansion“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  18. „Somon Air to launch Dushanbe-Astana service from Apr-2024“ (en). CAPA News Briefs (2024-yil 20-mart). Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  19. „Somon Air“. www.somonair.com. 2018-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
  20. „The first direct flight Dushanbe-Tbilisi presented in the Tajik capital on April 27 | Tajikistan News ASIA-Plus“. asiaplustj.info. Asia-Plus Media Group (2024-yil 30-aprel). Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  21. „SOMON AIR OPENS THE ROUTE DUSHANBE–TEHRAN“. SomonAir (2023-yil 31-yanvar). 2023-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  22. „Orange2fly to operate additional couple of flights to Sharm El-Sheikh“. dailynewssegypt.com (2018-yil 31-dekabr).
  23. „Istanbul New Airport Transition Delayed Until April 5, 2019 (At The Earliest)“ (2019-yil 9-aprel).
  24. „Turkmenistan Airlines Flight T53126 (TUA3216)–Dushanbe (DYU) to Ashgabat (ASB)-11 May 2023“. FlightAware.
  25. „Аэропорт Сочи расширяет международную программу“. НИА-Кубань (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 7-mart.
  26. Liu, Jim. „Ural Airlines expands Volgograd network from Dec 2018“. Routesonline (2018-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 3-dekabr.
  27. „Uzbekistan Airways plans Dushanbe April 2017 launch“. Routesonline. Qaraldi: 2017-yil 14-mart.
  28. Drama v gorax Pamira[sayt ishlamaydi]
  29. „Катастрофа Ан-2 Таджикского УГА в Горно-Бадахшанской АО“. 2017-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  30. „Катастрофа Ан-2 Таджикского УГА в Горно-Бадахшанской АО“. 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  31. „Катастрофа Ил-18В Таджикского УГА близ Ленинабада“. 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  32. „Катастрофа Ми-8МТВ-1 а/к Tajik Air в Горном Бадахшане“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.