Dmitriy Aliyev
Dmitriy Aliyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Dmitriy Aliyev |
Davlat | Rossiya |
Boʻyi | 174 sm |
Oldingi murabbiylari | Lidiya Rodionova, Vyacheslav Maksimov |
Xoreografi | Olga Glinka |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 272.89 |
Qisqa dastur | 101.49 |
Erkin dastur | 184.44 |
Dmitriy Sergeyevich Aliyev (ruscha: Дмитрий Сергеевич Алиев; 1999-yil 1-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2020-yilgi Yevropa chempioni va 2020-yilgi Rossiya milliy chempioni, 2017-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2016—2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni, 2016-yilgi oʻsmirlar Olimpiadasining ikki karra sovrindori va ikki karra (2016, 2017) oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya milliy chempioni.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aliyev 2014—2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan.
Lyublyana, Sloveniya va Yaponiyaning Aichi shaharlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarda bronza medallari bilan taqdirlangan Aliyev oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻzining katta xalqaro debyutini amalga oshirib, 2014-yilda ISU Challenger seriyasi boʻlgan „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida oʻninchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar safiga qaytgan Aliyev 2015-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionati va 2015-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Kattalar toifasida musobqada qatnashgan Aliyev 2015-yilgi Xalqaro Nice kubogida bronza, 2015-yilda CS Tallinn Trophy musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan. Dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan 2015—2016-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida amerikalik Nathan Chendan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha oyning oxirida Aliyev 2016-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi, yanvar oyida Chelyabinskda oʻtkazillgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Aliyev 2021-yilgi CS Finlandia Trophy musobaqasida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi haftada u 2021-yilgi Budapesht Trophy musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uning Gran-pridagi birinchi topshirigʻi dastlab 2021-yilgi Xitoy kubogi musobqasida ishtirok etish edi, biroq musobqa bekor qilinganidan soʻng Aliyev 2021-yilgi Turinda boʻlib oʻtgan Gran Premio d’Italia turniriga tayinlandi. U musobaqada toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Dmitriy Aliyev 2021 Internationaux de France musobaqasida qatnashib beshinchi oʻrinni egalladi.
Aliyev 2022-yilgi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
Dasturlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2021 - 2022 |
|
|
2020 - 2021 |
| |
2019 - 2020[1][2][3] |
|
|
2018 - 2019 |
|
|
2016 - 2017 |
|
|
2015 - 2016 |
|
|
2014 - 2015 |
|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Russia’s Dmitri Aliev refreshed heading into new season“ (inglizcha). Golden Skate (30-iyul 2019-yil). Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
- ↑ Дмитрий Алиев. Показательные выступления. Skate America. Гран-при по фигурному катанию 2019/20 (inglizcha), qaraldi: 2020-01-21
- ↑ Дмитрий Алиев. Показательные выступления. Чемпионат России по фигурному катанию 2020 (inglizcha), qaraldi: 2020-01-21