Simon & Garfunkel
Simon & Garfunkel | |
---|---|
Simon & Garfunkel Dublindagi konsertda | |
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | |
Faoliyat yillari |
1957–70, 1981–83, 2003–04, 2009–10 |
Janr |
Folk-rok, world music, soft-rok, folk music |
Leybl | Columbia |
Tarkib |
Paul Simon Art Garfunkel |
Vebsayt | www.simonandgarfunkel.com |
Simon & Garfunkel (talaffuzi: Saymon va Garfankel) ikki amerikalik qoʻshiqchi — Paul Simon va Art Garfunkeldan iborat musiqa dueti boʻlgan. Ular 1957-yili Tom & Jerry guruhini tuzib, „Hey, Schoolgirl“ qoʻshigʻi orqali kichik shuhratga erishishgan. Keyin guruh nomini Simon & Garfunkel qilib oʻzgartirib, 1965-yili „The Sound of Silence“ ashulasini yozishadi va Amerika boʻylab mashhur boʻlib ketishadi. 1967-yilgi The Graduate filmida ularning musiqasi qoʻllanilgach, guruh dovrugʻi yanada kengayadi.
Simon & Garfunkel vokal garmoniyasi tufayli 1960-yillarning eng mashhur artistlaridan boʻlishgan. Ularning „The Sound of Silence“ (1964), „I Am a Rock“ (1965), „Homeward Bound“ (1965), „Scarborough Fair/Canticle“ (1966), „A Hazy Shade of Winter“ (1966), „Mrs. Robinson“ (1968), „Bridge over Troubled Water“ (1969), „The Boxer“ (1969) va „Cecilia“ (1969) hit ashulalari koʻplab chartlar tepasiga koʻtarilgan. Ular bir necha Grammy mukofoti qozonib, 1990-yilda Rock’nʼRoll Shuhrat Zaliga kirishgan.[1]
Biroq Simon va Garfunkel orasida tez-tez nizo boʻlib turgani uchun guruh ora-sirada faoliyatini toʻxtatib yurgan. Hozirda ular alohida ijod qilishadi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Wednesday Morning, 3 A.M.
- Sounds of Silence
- Parsley, Sage, Rosemary and Thyme
- Bookends
- Bridge over Troubled Water
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Simon & Garfunkel“. The Rock and Roll Hall of Fame (1990). 2012-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2012-12-18 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Simon & Garfunkel haqida turkum mavjud |