Kontent qismiga oʻtish

Dilsoʻz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Goʻzal Jumaniyozova
(Dilsoʻz)
Tavalludi 8-may 1989-yil (1989-05-08) (35 yosh)
Janrlar Pop
Kasbi Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Farrux Raimov (2015—)
Bolalari 4

Goʻzal Jumaniyozova (Dilsoʻz nomi bilan tanilgan[1]; 1989-yil 8-mayda Navoiy shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis[2][3]. „Nihol“ mukofoti sovrindori[4].

Goʻzal Jumaniyozova 1989-yil 8-mayda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tugʻilgan[5]. Navoiy shahridagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabini tugatgan. Maktabda oʻqib yurgan paytlarida turli xil tadbirlarda ham qoʻshiq kuylab yurgan. Maktab davridagi eng sevimli taronasi esa Jasur Mirsagatovning „O hayot“ qoʻshigʻi boʻlgan. U maktabni bitirganidan soʻng, Navoiy shahridagi Madaniyat va sanʼat kollejining xor direjyorlik boʻlimida taʼlim olgan. Keyin esa Navoiy davlat pedagogika institutining Pedagogika fakulteti tarkibidagi Musiqiy taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirgan.

Maktabda oʻqib yurgan davridayoq sevib qoʻshiq kuylay boshlagan Goʻzal Jumaniyozova oliy taʼlim darajasini olayotganida saʼnat bilan professional tarzda shugʻullana boshlagan. Institiutda oʻqib yurgan vaqtida „New Star Media“ markazida ham ishlay boshlagan[6]. U oʻzbek estradasiga oʻzining „Jonim ozori“ va „Sevikli yorim“ kabi qoʻshiqlari bilan kirib kelgan. Ushbu qoʻshiqlari tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinganidan soʻng, birin-ketin „Otajon“, "Begim", „Begimey 2“ va "Sogʻindim yomon" kabi taronalarini taqdim etgan. "Begim" qoʻshigʻi xit darajasiga koʻtarilib, Dilsoʻzning yanada mashhur boʻlishiga yordam bergan.

Dilsoʻzning ilk musiqiy albomi „Otajon“ RizaNova leybeli ostida 2014-yilning 1-iyul sanasida chiqarilgan[7]. Keyinchalik „Uylanasizmi yoʻqmi“ (2015), „Suyganim“ (2016), „Asalim mani“ (2017), „Sogʻindim“ (2018), „Davrani kengroq oling“ (2019), „Ozorlar“ (2021) albomlarini taqdim etgan[8].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilsoʻz ijodkor Farrux Raimovning turmush oʻrtogʻi hisoblanadi. Ular nikohdan oʻtgani haqidagi maʼlumotni ommanviy axborot vositalarida 4 yildan soʻng maʼlum qilishgan[9]. Ijodkorlar oʻrtasidagi toʻy marosimi esa 2015-yilning 15-aprelida Navoiy, 21-aprelida esa Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtgan[10].

Diskografiysi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Otajon“ (2014)
  • „Uylanasizmi yoʻqmi“ (2015)
  • „Suyganim“ (2016)
  • „Asalim mani“ (2017)
  • „Sogʻindim“ (2018)
  • „Davrani kengroq oling“ (2019)
  • „Ozorlar“ (2021)
  1. „Ўз исми билан эмас, тахаллуси билан танилган ўзбек шоу-бизнеси вакиллари (фото)“. www.daryo.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  2. „Dilso’z haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. www.savol-javob.com. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  3. „ДИЛСУЗ БИОГРАФИЯ \ VOYDOD“. www.videosashka.com. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  4. „Бугун Дилсўзнинг таваллуд айёми“. www.myday.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  5. „Dilso'z Hayoti va Ijodi (Biografiya)“. www.mp3lar.org. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  6. „Dilso'z (Biografiya)“. www.timeuz.ucoz.com. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  7. „Dilso'zning „Otajon“ albomi Apple music platformasida“. music.apple.com. Qaraldi: 10-noyabr 2024-yil.
  8. „Dilso'z albomlari RizaNova saytida“. www.rizanova.uz. Qaraldi: 10-noyabr 2024-yil.
  9. „Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov 4 yil oldin turmush qurishgani ma'lum bo‘ldi“. www.kun.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  10. „Xonanda Dilso‘z “to‘yidan keyin besh yarim oyda tug‘ishi” sabablarini tushuntirdi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.