Davletbay Shamshetov
Davletbay Shamshetov | |
---|---|
qoraqalpoqcha: Dáwletbay Nuratdinovich Shámshetov | |
Prezident | |
Mansab davri 11-noyabr 1991-yil – 20-iyun 1992-yil | |
Prezident | Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Avvalgisi | Lavozim yaratilgan |
Keyingisi | Lavozim bekor qilindi |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-yanvar 1948-yil Chimboy, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
8-sentyabr 1998-yil (50 yoshda) Chimboy, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Qoraqalpogʻiston |
Siyosiy partiyasi |
KKP (OʻzSSR KK) "Xalq manfaati" |
Kasbi | mexanik, agronom, Qoraqalpogʻistonning Birinchi Prezidenti |
Dini | Islom |
Ilmiy unvoni | Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi |
Maʼlumoti | Andijon paxtachilik instituti |
Mukofotlari |
Davletbay Nuratdinovich Shamshetov (qoraqalpoqcha: Dáwletbay Nuratdinovich Shámshetov; 1948-yil 21-yanvar Chimboy, Qoraqalpoq ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1998-yil 8-sentyabr, Chimboy, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) – sovet, qoraqalpoq va oʻzbek siyosat va fan arbobi, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi. Oʻzbekiston tarkibida birinchi va soʻnggi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezidenti sifatida tanilgan shaxs.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davletbay Shamshetov 1948-yil 21-yanvarda Chimboy shahrida tugʻilgan, millati qoraqalpoq[1]. 1965-yilgacha Chimboy tumani Oktyabr inqilobining 40-yilligi nomidagi sovxozda mexanizator boʻlib ishagan. 1971-yilda Andijon paxtachilik institutini agronom mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1973-yilgacha Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, 1973-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti boʻlib ishlagan. 1973-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi va Oʻzbekiston Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. 1974—-1983-yillarda OʻzSSR Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻlimi katta instruktori, 1980-yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi boʻldi. 1984-1986-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Bozatau viloyatidagi „Algʻabas“ sovxozi direktori, 1986-1990-yillarda Qoraqalpogʻiston SSR Qoraoʻzak tumani „Qoraoʻzek“ sovxozi direktori. 1990—1992-yillarda „Xalq Manfaati“ („Xalq irodasi“) Qoraqalpogʻiston partiyasining raisi va taʼsischilaridan biri boʻlgan[2]. 1990-yil fevraldan Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashida xalq deputati, 1991-yil yanvar-fevral oylarida bir vaqtning oʻzida OʻzSSR Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika qoʻmitasining birinchi kotibi, 1991-yil fevral oyida Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari 5-sessiyasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining raisi etib saylandi[3].
1991-yil noyabr—1992-yil iyun – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezidenti.
1992-yil – 1999-yil sentyabr – KQANRUz Chimboy ilmiy-tadqiqot instituti direktori.
Islom Karimov qarori bilan 1992-yil iyun oyida siyosatdan ketib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Chimboy ilmiy-tadqiqot institutiga direktor boʻldi[4]. U bu lavozimda 1998-yilning sentyabrida vafotigacha xizmat qildi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ШАМШЕТОВ Даулетбай Нуратдинович“. centrasia.org. ЦентрАзия. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ „Алга, Каракалпакстан!“ (ua). Finance.ua. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ „ШАМШЕТОВ Даулетбай - Биография - БД "Лабиринт"“. www.dblabyrinth.com. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ Бологов, Петр [https://fergana.agency/articles/103023/ „На краю Ойкумены В поисках страны под названием Каракалпакстан“] (Російська). https://fergana.agency/articles/103023/ (4-noyabr). 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 лютого 2022.
- ↑ Время, Настоящее. „«Шамшетов был ключевым свидетелем того, применялось ли оружие». В Каракалпакстане считают странной смерть активиста“. Радио Азаттык (2023-yil 7-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
- ↑ „Требуем реабилитировать всех жертв политических репрессий 27-летнего правления Ислама Каримова и правительство Узбекистана“. mutabar.org. Клуб пламенных сердец. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „ШАМШЕТОВ Даулетбай Нуратдинович“ (ru). CentrAsia. 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
- 21-yanvarda tugʻilganlar
- 1948-yilda tugʻilganlar
- Chimboyda tugʻilganlar
- 8-sentyabrda vafot etganlar
- 1998-yilda vafot etganlar
- Chimboyda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Chimboyda dafn etilganlar
- Prezidentlar
- Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodlari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi deputatlari
- Sovxoz direktorlari
- Qoraqalpogʻiston Prezidenti