Dargʻin tili
Dargʻin tili – dargʻinlar tili. Dogʻiston tillari guruhiga mansub. Dogʻiston hududidagi 5 tuman (Akushin, Daxalayev, Qaytogʻ va b.) hamda b. tumanlardagi baʼzi qishloqlarga tarqalgan. Dargʻin tilida taxminan 300 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillari Dogʻiston shoxobchasiga kiradi. Birbiridan keskin farq qiluvchi dialektlarga ega. Mas, akusha, uraxa (boshqacha atalishi xyurka), sudaxan, sirxa, munra, kubacha, qaytogʻ (haydogʻ). Soʻnggi ikki dialektga baʼzan mustaqil til sifatida ham qaraladi. Adabiy Dargʻin tiliga akusha dialekti asos boʻlgan. Fonetikasi yumshoq tanglay va kichik til ishtirok etadigan, tomoq va boʻgʻiz undoshlari mavjudligi bilan farqlanadi. Leksikasida tub soʻzlardan tashqari boshqa (arab, fors, turkiy, rus) tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻpgina. 20-asr 20-y.larigacha yozuvga ega boʻlmagan, dastlab arab grafikasi asosidagi yozuv qabul qilingan, soʻng lotin (1928—38), undan keyin (1938-yildan boshlab) kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]