Kontent qismiga oʻtish

Dancing in the Flames

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Dancing in the Flames“
The Weeknd qoʻshigʻi
„Hurry Up Tomorrow“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2024-yil 13-sentabr
Studiya
  • Conway (Los-Anjeles)
  • MXM (Stokgolm)
  • House Mouse (Stokgolm)[1]
Janr synth-pop[2]
Davomiyligi 3:40
Leybl
  • XO
  • Republic
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Max Martin
  • Oscar Holter
  • The Weeknd
The Weeknd singllari xronologiyasi
„We Still Donʼt Trust You“
(2024)
Dancing in the Flames
(2024)
„Timeless“
(2024)
Klipi
"Dancing in the Flames" YouTubeda

"Dancing in the Flames" – kanadalik qoʻshiqchi-qoʻshiq muallifi The Weekndning qoʻshigʻi. Trek 2024-yil 13-sentabrda XO va Republic Records leybllari orqali oltinchi – Hurry Up Tomorrow (2025) nomli studiyaviy albomining bosh singli sifatida chiqarildi[3]. Ertasi kuni qoʻshiqning jonli ijrodagi versiyasi chiqdi. Akustik versiyasi esa 2024-yil 16-sentabrda musiqiy klip bilan birga chiqdi[4]. Oʻsha kuni yuqorida keltirilgan versiyalar bilan birga, instrumental va a kapella versiyalarini oʻz ichiga olgan mini-albom taqdim etildi[5]. Synth-pop trek[4] musiqiy tanqidchilarning ijobiy baholarini oldi va Billboard Hot 100 chartiga 14-oʻrinda kirib keldi.

The Weeknd qoʻshiqni birinchi marta 2024-yil 7-sentabrda, Braziliyaning São Paulo shahrida boʻlib oʻtgan konsertida jonli ijroda kuyladi va qoʻshiq 2024-yil 13-sentabrda tijorat maqsadida chiqishi rejalashtirilgan[6][7]. Qoʻshiq 2024-yil 9-sentabrda Apple Inc. kompaniyasining iPhone 16 uchun „Itʼs Glowtime“ nomli reklama tadbirida oltinchi, Hurry Up Tomorrow studiyaviy albomining bosh singli sifatida eʼlon qilindi[8].

„Dancing in the Flames“ daqiqasiga 117 zarba tezlik bilan D♭ major kalitida ijro etiladi. The Weekndning ovozi qoʻshiqda F4 - B♭5 oraliqda yangraydi[9][10].

Musiqiy klipi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqiy videoning sahna orti jarayonlari birinchi marta 2024-yil 9-sentabrda Apple Eventda namoyish etilgan. Klip butunlay iPhone 16 Proʻda suratga olingan va unga avvalroq "Blinding Lights" qoʻshigʻi videosini boshqargan Anton Tammi rejissyorlik qilgan[6][11].

Treklar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Striming/raqamli yuklab olish – singl

  1. "Dancing in the Flames" – 3:40
  2. "Dancing in the Flames" (acoustic) – 3:28
  3. "Dancing in the Flames" (live from São Paulo) – 5:12
  4. "Dancing in the Flames" (instrumental) – 3:42
  5. "Dancing in the Flames" (a cappella) – 3:24

Chiqarilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Dancing in the Flames“ning chiqarilish tarixi va formatlari
Hudud Sana Format Leybl Man.
Har xil 2024-yil 13-sentabr
  • raqamli yuklab olish
  • striming
  • XO
  • Republic
[12]
Italiya radio Universal [13]
AQSh CD
  • XO
  • Republic
[14]
  1. „Dancing in the Flames Credits“. The Weeknd.
  2. Camp, Alexa „Love Is a Danger Zone in the Weeknd's "Dancing in the Flames"“. Slant Magazine (2024-yil 13-sentyabr).
  3. Jones, Abby „The Weeknd Shares "Dancing In The Flames": Listen“. Stereogum (2024-yil 13-sentyabr).
  4. 4,0 4,1 Kaufman, Gil „The Weeknd Drops Haunting Unplugged Version of 'Dancing in the Flames'“. Billboard (2024-yil 16-sentyabr).
  5. Millman, Ethan (2024-09-13). „The Weeknd Crashes His Convertible, Goes Into the Light in 'Dancing In the Flames' Video“. Rolling Stone.
  6. 6,0 6,1 Horowitz, Steven J. „The Weeknd Announces Release Date for New Single ‘Dancing in the Flames’ Along With Video Shot Entirely on iPhone 16 Pro“ (2024-yil 9-sentabr). Qaraldi: 2024-yil 10-sentabr.
  7. www.billboard.com. „The Weeknd Debuts ‘Dancing in the Flames’ and More New Songs in São Paulo | Billboard Canada“. Qaraldi: 2024-yil 10-sentabr.
  8. CNET. „The Weeknd Shoots New Music Video With New iPhone 16 Pro“. Qaraldi: 2024-yil 10-sentabr.
  9. Tesfaye, Abel; Holter, Oscar; Martin, Max „Tesfaye“ (en). www.musicnotes.com (2024-yil 13-sentyabr).
  10. „Key & BPM for Dancing in the Flames by The Weeknd“. Tunebat.
  11. Growcoot, Matt „The Weeknd's Upcoming Music Video Was Shot on the New iPhone 16 Pro“ (en) (2024-yil 9-sentabr). Qaraldi: 2024-yil 10-sentabr.
  12. Apple Music. „Dancing In The Flames by The Weeknd“. Qaraldi: 2024-yil 10-sentabr.
  13. Mancabelli, Alice „THE WEEKND "Dancing In The Flames" | (Radio Date: 13/09/2024)“ (2024-yil 13-sentyabr). 2024-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-sentyabr.
  14. XO. „Dancing In The Flames CD Single“. 2024-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-sentabr.