Charlz Marsh
Otniel Charlz Marsh | |
---|---|
Tavalludi |
29-oktyabr 1831-yil |
Vafoti |
18-mart 1899-yil (67 yoshda) New Haven, Connecticut, US |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Paleontolog |
Onasi | Mary Gaines-Marsh (Peabody) |
Mukofotlari | Bigsby Medal (1877) |
Imzosi | |
Otniel Charlz Marsh (1831-yil 29-oktyabr — 1899-yil 18-mart) Yel kollejining paleontologiya bo‘yicha amerikalik professori va AQSh Milliy Fanlar akademiyasining prezidenti bo‘lgan. U paleontologiya sohasidagi eng nufuzli olimlardan biri edi. Uning merosi orasida o‘nlab yangi turlarni kashf etish yoki tasvirlash hamda qushlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar mavjud. Kamtarona oilada tug‘ilgan Marsh boy amakisining saxiyligi tufayli oliy ma’lumot olishga muvaffaq bo‘ldi. 1860-yilda Yel kollejini tugatgandan so‘ng, u anatomiya, mineralogiya va geologiyani o‘rganib, dunyo bo‘ylab sayohat qildi. Qaytib kelgach,o'zi o'qigan kollej Yelda o‘qituvchi lavozimini oldi. 1870-yildan 1890-yilgacha u Suyak urushlari deb nomlanuvchi G‘arbiy Amerikaning shiddatli ekspeditsiyalari davrida raqib paleontolog Edward Drinker Cope bilan raqobatlashdi. Marshning eng katta merosi mezozoy sudralib yuruvchilari, bo‘r qushlari, mezozoy va uchlamchi sutemizuvchilar to‘plami bo‘lib, ular hozirda Yelning Tabiiy tarix muzeyi va Smitson instituti kolleksiyalarining asosini tashkil qiladi. Marshni "XIX asrning ajoyib paleontologi va Amerika darvinizmning eng buyuk tarafdori" deb atashgan[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk hayoti va oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otniel Charlz Marsh bolaligida otasining ismi bilan chaqiriladi chunki uning pasporti tushirib qoldirilgan bo'ladi[2] va "OC"ni afzal ko‘rdi[3] 1831-yil 29-oktabrda Nyu-Yorkning Lokport shahri yaqinida tug‘ilgan. U Meri Geyns Peabodi (1807-1834) va Kaleb Marsh (1800-1865) oilasida tug‘ilgan to‘rt farzandning uchinchisi edi. Marsh (tug‘ilgan Marshe) oilasi va Peabody oilalari 1630-yillarda Angliyadan Amerikaga ko‘chib kelishgan.Otasi Meri 1834-yilda to‘rtinchi farzandi tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay vafot etdi[4]. 1836-yilda Kaleb yana uylandi va Otniel oilasi bilan Massachusets shtatining Bradford shahriga ko‘chib o‘tdi[5]. Ko‘p o‘tmay, Kalebning biznes daromadi yomonlashdi va Otnielning dastlabki yillari moliyaviy kurashlar bilan o'tdi[2]. Marshning o‘n ikki yoshida Kaleb Lokportdagi fermani sotib oldi[6]. Katta o‘g‘il sifatida Otniel otasiga fermada yordam berishi kerak edi lekin, ikkalasi o‘rtasida janjalli munosabatlar mavjud edi. Otniel o‘z yumushlaridan ko‘ra ko‘proq o‘rmonda sayr qilishni afzal ko‘rardi[7]. Uning bolalikdagi xotiralari orasida sobiq harbiy ofitser va havaskor olim Ezekiel Jewett ham bor edi, u Otnielning fanlarga qiziqishiga ta’sir ko‘rsatgan. Jewett bu hududga Eri kanalining kengayishi natijasida topilgan qoldiqlar va namunalarni qidirgan boshqa vaqtlarda esa ikkalasi birgalikda ov qilgan[8][9][7]. 1847-yilga kelib Otniel Wilson (qishloq) maktabida va keyinchalik Lockport Union maktabida o‘qidi[10]. Otniel tirikchilik uchun nima qilish haqida bir qarorga kelmagandi, ammo uning kelajagi muvaffaqiyatli bankir bo‘lgan amakisi George Peabodining aralashuvi tufayli keskin o‘zgardi[11]. Peabodining moliyaviy yordami bilan (Marshning xolasi Judit tomonidan qo‘llab-quvvatlangan) Marsh 1851-yilda Phillips akademiyasiga o‘qishga kirdi[8][12]. Boshqa talabalardan yoshi kattaroq bolgani uchun, uni "Dada" deb atashgan[8]. Dastlab u kamtarin talaba bo‘lib, ko‘p vaqtini dam olish va o‘yinlarga bag‘ishlagan, ammo keyingi yili o‘qishga e’tibor qaratishga qaror qilgan. "Men Drakut tepaligida Lowell o‘tkazgan kunim davomida fikrimni o‘zgartirdim, - dedi u keyinchalik bir biografga. Men Andoverga qaytishga qaror qildim, qo‘lga oldim va haqiqatan ham o‘qidim." Muallif Mark Jaffning fikriga ko‘ra, Marshning fikrlashidagi to‘satdan o‘zgarishiga 23 yoshida, onasi bilan deyarli bir xil yoshda vafot etgan singlisi Merining o‘limi sabab bo‘lgan[8][13]. Marsh o‘zini o‘qishga bag‘ishladi va 1856-yilda o‘z sinfining valediktori sifatida o‘qishni tugatdi[14]. Maktabdan tashqari yoz kunlari u Nyu-York, Massachusets va Yangi Shotlandiyada foydali qazilmalarni qidirdi[15]. O‘qishni tugatgandan so‘ng, Marsh ko‘plab qarindoshlari o‘qigan Garvardga emas, balki Yelga o‘qishga qaror qildi. U Jorj Peabodiga yuborgan xatida avval Judit xoladan mablag‘ so‘ragandi, xola uni ma’qullamay, ikkita imlo xatosi borligini ta’kidladi[16] Peabodi Marshning xarajatlarini qoplashga va unga pul sarflash uchun imtiyoz berishga rozi bo‘ldi va Marsh sentyabr oyida Nyu-Xeyvenga ko‘chib o‘tdi[17]. Marsh yaxshi o‘quvchi edi, lekin tejamkor emasdi. Peabodi Yevropada bo‘lganida Marshni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan Judit xola jiyaniga buxgalteriya hisobining sustligi va katta xarajatlar uchun muntazam ravishda ta’na qilardi[18][19]. Marsh o‘z sinfida sakkizinchi o‘rinni egallab, Yelning Sheffild ilmiy maktabida magistrlik darajasini moliyalashtirish uchun yunon tilidagi eng yaxshi imtihon uchun yutib olgan stipendiyadan foydalangan, chunki u fan professori bo‘lishga qiziqqan. Magistraturada o‘qiyotganda, Marsh o‘zining Yangi Shotlandiyaga sayohatlaridan minerallar va umurtqalilar qoldiqlari bo‘yicha birinchi ilmiy ishlarini nashr etdi, bu Marshning umurtqalilar paleontologiyasiga qiziqishini uyg‘otdi. U 1862-yilda magistrlik darajasini oldi[18][20].
Yevropaga sayohatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maktabni tugatgandan so‘ng, Marsh Yel professori lavozimini rad etdi[21] Biograflar Charlz Shuchert va Klara Mey Levene professorlik haqidagi hikoyani "ehtimol to‘g‘ri" deb aytishadi, chunki Marsh uni o‘z hayotining rejasiga kiritgan, ammo bunday taklifning tasdiqlovchi qaydlari yo‘q edi[22] va buning o‘rniga Yevropa bo‘ylab sayohat qildi,Charlz Amerika fuqarolar urushiga jalb qilinmadi chunki,ko‘rish qobiliyati tufayli xizmatdan chetlashtirilgan edi[3] Marsh Angliya, Fransiya, Germaniya va Shveysariya bo‘ylab sayohat qilib, Genrix Ernst Beyrich, Vilgelm Peters, Christian Gottfried Ehrenberg va Henry Woodward (geolog) kabi taniqli olimlar bilan tanishgan. Amakisi bilan suhbatda Marsh Yaledagi tabiiy tarix muzeyini moliyalashtirishga ko‘ndirgan[23][24][25] 1863-yil oxirida Berlin universitetida o‘qiyotganda, 32 yoshli Marsh birinchi marta 25 yoshli Edvard Drinker Kope bilan uchrashdi, u ham Yevropa bo‘ylab ilmiy sayohatda edi. Kope Marshga qaraganda rasmiy maktabda o‘qigan, ammo allaqachon o‘ttiz yettita maqola nashr etgan edi. Ikki amerikalik bir necha kun birga bo‘lishgan va do‘stlashib ketishgan[26][27]. Irlandiyadagi Peabodi bilan losos ovlash ekskursiyasidan so‘ng, Marsh 1865-yil iyul yoki avgust oyida Amerikaga qaytib keldi[25][28]. Marsh Peabodining sovg‘asi sifatida Yel kollejida lavozimga olib berishini kutgan edi, ammo bu 1866-yilgacha davom etdi, Yel universitetda paleontologiya kafedrasini tashkil etdi. Marshga lavozim berildi, ammo maosh qo‘shilmadi.Biograf Jorj Grinnell „bu Marshga juda mos keladi, chunki u o‘qituvchilikdan ko‘ra ko‘proq tadqiqotga qiziqadi“deya ta'rif bergan[29][30]. Marshning qiziqishlari butunlay paleontologiyaga o‘tdi va 1869-yildan keyin uning boshqa ilmiy hissalarini deyarli to‘xtatdi[30].
G‘arbga sayohatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘qituvchilik paytida Marsh mamlakat bo‘ylab sayohat qildi, Yel muzeyini rejalashtirish uchun muzeylarga tashrif buyurdi va ko'plab ma'lumotlar yig'di O‘qituvchilik paytida Marsh mamlakat bo‘ylab sayohat qildi, Yel muzeyini rejalashtirish uchun muzeylarga tashrif buyurdi va ko'plab ma'lumotlar yig'di[31]. 1868-yilda u Kopenikiga tashrif buyurdi.Ular uchrashganlaridan beri bir-birlariga maktublarda iliq tilaklar bildirishgan va hatto bir-birini maxsus nom bilan ham atashgan[32]. Kope Marshni Nyu-Jersi shtatidagi marl konlariga olib bordi, u yerda Charl qazilmalarni topdi;Kopega ma’lum bo‘lmagan holda, Marsh keyinchalik Kope o‘rniga o‘z topilmalarini o‘ziga yo‘naltirish uchun kon operatorlariga pul to‘lagan[33]. Keyinchalik Marsh Kope o‘zining eng yangi topilmasini, suv sudralib yuruvchisi "Elasmosaurus," ni qayta tiklaganini ta’kidladi.Kope hayvonning boshini dumi bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga qo‘ygan. Marshning tanqidi Kopeni chalg‘itdi va uning yaqinlashib kelayotgan karerasiga tahdid soldi.U Marshning ishidagi xatolarni tanqid qilishini Marsh qidirayotgan hududlarga o‘tish bilan javob berdi.Shu tariqa ularning munosabatlari yomonlasha boshladi[34].
Marsh qazilmalarni qidirishda Nyu-Jersidan ham uzoqroqqa ketgandi. Amerika assotsiatsiyasining yig‘ilishi uchun Chikagoga tashrif buyurganidan so‘ng, Marsh boshqa a’zolarga "geologik ekskursiya"da Omahaga qo‘shilishni tanladi;bu Marshning Qo‘shma Shtatlarning uzoq g‘arbiy qismiga birinchi safari edi va bu uni yorqin kelajagi tomon borishga ilhomlantirdi[35].
Marsh 1870-1874-yillarda boshlangan bir qator shaxsiy ekspeditsiyalarni tashkil etdi, qidiruv guruhlari Yel talabalari yoki yaqinda bitirganlardan iborat edi. Ulardan birinchisi umurtqali hayvonlarning yuzdan ortiq yangi turini kashf etdi[36]. 1876-yildan keyin Marsh suyak ovchilari bilan ishladi,ovchilar unga namunalarni qaytarib yuborishdi.Marsh 1879-yilgacha g‘arbga qaytmadi[37].
Kope Marshning hududi deb hisoblagan Bridjer havzasida qazilmalarni qidirishni boshlaganida, ularning munosabatlari dushmanlikka aylandi[38].
Marsh 1882-yildan 1892-yilgacha AQSH Geologik Xizmatining Umurtqalilar Paleontologi bo‘lib ishlagan[39]. USGS rahbari Jon Uesli Pauell va Marshning Vashingtondagi aloqalari tufayli Marsh 1880-yillarning oxirida konsolidatsiyalashgan hukumat so‘roviga rahbarlik qildi[40].
Karyerasidagi boshqa yorqin lahzalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1880-yilda Marsh o‘zining tishli qushlarning kashfiyotlarini o‘z ichiga olgan Odontornithes: a Monograph on Extinct Birds of North America nashri bilan ilmiy dunyo e’tiborini tortdi.Ushbu skeletlar dinozavrlar va qushlar o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldirishga yordam berdi va Darvinning evolyutsiya nazariyasi uchun bebaho asos bo‘ldi[41]. Darvin Marshga shunday deb yozgan edi: Sizning bu qadimgi qushlar va Shimoliy Amerikaning ko‘plab qazilma hayvonlari haqidagi ishingiz so‘nggi 20-yil ichida paydo bo‘lgan evolyutsiya nazariyasiga eng katta asos bo‘ldi (Darvinning Turlarning kelib chiqishi kitobi nashr etilganidan beri[42]
1883-1895-yillarda Marsh Milliy Fanlar akademiyasining prezidenti bo‘lgan[39].
Marshning dinozavrlar bilan bog'liq ikkita kitobi Shimoliy Amerika dinozavrlari va Umurtqalilar qoldiqlari 1896-yilda nashr etilishi bilan ish faoliyatining cho'qqisiga erishdi.Bu uning fan bo‘yicha tengsiz bilim egasi ekanligini ham ko‘rsatdi[43].
1897-yil 13-dekabrda Marsh Fransiya Fanlar akademiyasidan 1500 franklik Kuve mukofotini oldi[44].
Ilmiy merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piter Dodsonning so‘zlariga ko‘ra,Kope va Marsh meros qoldirgan va ularning har biri taniqli tadqiqotchi bo‘lgan. Ammo aslida bir ismni ikkinchisisiz aytish mumkin emasdek tuyuladi. Kope va Marsh.Marshning uchta dinozavr guruhi va o‘n to‘qqiz avlodning nomlari saqlanib qolgan va Kopening nomi bilan atalgan avlodlarning faqat uchtasi hali ham ishlatilayotgan bo‘lsa-da, u rekord darajadagi 1400 ta ilmiy maqola nashr etgan[45].
Marsh quyidagi dinozavrlarni nomlagan.
- Allosaurus (1877)
- Ammosaurus (1890)
- Anchisaurus (1885)
- Apatornis (1873)
- Apatosaurus (1877)
- Atlantosaurus (1877)
- Barosaurus (1890)
- Brontosaurus (1879)
- Camptosaurus (1885)
- Ceratops (1888)
- Ceratosaurus (1884)
- Claosaurus (1890)
- Coelurus (1879)
- Coniornis (1893)
- Creosaurus (1878)
- Diplodocus (1878)
- Diracodon (1881)
- Dryosaurus (1894)
- Dryptosaurus (1877)
- Hesperornis (1872)
- Ichthyornis (1873)
- Labrosaurus (1896)
- Laosaurus (1878)
- Lestornis (1876)
- Nanosaurus (1877)
- Nodosaurus (1889)
- Ornithomimus (1890)
- Pleurocoelus (1891)
- Priconodon (1888)
- Stegosaurus (1877)
- Torosaurus (1891)
- Triceratops (1889)
suborder Ceratopsia (1890), Ceratosauria (1884), Ornithopoda (1881), Stegosauria (1877),va Theropoda (1881).
Marsh shuningdek Allosauridae oilasi(1878), Anchisauridae (1885), Camptosauridae (1885), Ceratopsidae (1890), Ceratosauridae, Coeluridae, Diplodocidae (1884), Dryptosauridae (1890), Nodosauridae (1890), Ornithomimidae (1890), Plateosauridae (1895),va Stegosauridae (1880) kabi umurtqali hayvonlarga nom bergan.
Marsh dinozavrlarning ko‘plab qo‘shimcha turlarini, shu jumladan taniqli taksonlarni ham nomladi Allosaurus fragilis, Triceratops horridus, Stegosaurus stenops, Ornithomimus velox, va Brontosaurus excelsus.
Boshqalar tomonidan Marsh sharafiga nomlangan dinozavrlar orasida Hoplitosaurus marshi (Lucas, 1901), Iaceornis marshi (Clarke, 2004), Marshosaurus (Madsen, 1976), Othnielia (Galton, 1977), va Othnielosaurus (Galton, 2007).
Marsh topilmalari Yelning tabiiy tarix muzeyi kolleksiyasining asl yadrosini tashkil etdi. Muzeyning Katta zalida u kashf etgan "Brontosaurus"ning birinchi qazilma skeleti hukmronlik qiladi, u bir muddat Apotozavr deb qayta tasniflangan. Biroq, 2015-yilda nashr etilgan keng qamrovli tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Brontosaurus Apotozavr dan farq qiladigan sauropodlarning haqiqiy jinsi edi[46][47][48]. Camarasaurus lentus,Nanosaurus agilis, va Camptosaurus dispar kabi boshqa Marsh taksonlari ham Peabody qazilma zalida taqdim etilgan.
U 1899-yilda Konnektikut shtatining Nyu-Xeyven shahridagi uyini Yel universitetiga sovg‘a qildi. Hozirda Marsh Hall nomi bilan tanilgan Otniel C. Marsh uyi Milliy tarixiy yodgorlik uyiga aylangan. Marsh Hall Yale School of Environmentdagi Yel o‘rmon xo‘jaligi maktabining uyi bo‘lib xizmat qiladi. Maydon hozir Marsh botanika bog‘i sifatida tanilgan.
Marsh 1877-yilda Amerika antikvarlar jamiyati a’zosi etib saylangan[49].
Marsh miya o‘sish qonunini ishlab chiqdi, unda aytilishicha, uchlamchi davrda ko‘plab taksonomik guruhlar miya hajmining asta-sekin o‘sishini taqdim etadi. Ushbu evolyutsion qonuniyat o‘zining tushuntirish va ma’lum darajada bashorat qilish salohiyati tufayli hamon qo‘llanilmoqda[50].
Marshning sa’y-harakatlarigacha Shimoliy Amerikada ma’lum bo‘lgan qazilma qoldiqlarining umumiy miqdori juda oz edi. George Peabodyning saxovati tufayli, Marsh 1870-yildan to umrining oxirigacha deyarli uzluksiz ravishda dala tadqiqot guruhlarini safarbar eta oldi. Uning 30 yillik to‘plash faoliyati davomida qo‘lga kiritilgan materiallar ilmiy hamjamiyatni hayratga soldi. Peabody muzeyida Marsh birinchi bo‘lib dinozavrlarning skelet ko‘rgazmalarini yaratdi. Bugungi kunda bunday ko‘rgazmalar son-sanoqsiz tabiiy tarix muzeylarida keng tarqalgan[51].
Marsh biografiyasining muallifi Mark J. Makkarren buni shunday ifodalagan: "Marshning qirilib ketgan sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni o‘rganish sohasiga qo‘shgan hissasi paleontologiya tarixida tengsizdir."[52]
Grand Kanyonda joylashgan Marsh Butte 1906-yilda uning sharafiga rasman nomlangan.
2023-yil 15-dekabrda "McSweeney’s" Antony Scibellining "IT’S A COMEDIAN’S JOB TO MAKE HAMMEN LAUGH AND THAT’S WHY MY ACT IS ENTIRELY ABOUT 1880S PALEONTOLOGIST OTHNIEL MARSH" asarini nashr etdi[53]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Charlz Marsh haqida turkum mavjud |
- „Dinosaur Wars“. American Experience. 2011-01-17. PBS.
- O. C. Marsh Papers. marsh.dinodb.com
- View works by Othniel Charles Marsh online at the Biodiversity Heritage Library.
- National Academy of Sciences Biographical Memoir
- Scientist of the Day-Othniel Charles Marsh at Linda Hall Library
- Othneil Charles Marsh papers (MS 343). Manuscripts and Archives, Yale University Library.Collection: Othniel Charles Marsh papers | Archives at Yale
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ McCarren 1993, s. 1.
- ↑ 2,0 2,1 Schuchert & LeVene 1978, ss. 15–16.
- ↑ 3,0 3,1 Wilford 1985, s. 112.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 6–13.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 13–15.
- ↑ Grinnell 1910, s. 284.
- ↑ 7,0 7,1 Grinnell 1910, ss. 284–285.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 Jaffe 2000, s. 22.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 16–18.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 18.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 13.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 20–21.
- ↑ Grinnell 1910, ss. 285–286.
- ↑ Grinnell 1910, s. 287.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 22, 25–27.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, s. 29.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, s. 30.
- ↑ 18,0 18,1 Jaffe 2000, s. 23.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 39–40.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 41–45.
- ↑ Grinnell 1910, s. 290.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, s. 47.
- ↑ Jaffe 2000, ss. 23–24.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 49, 56–57.
- ↑ 25,0 25,1 Grinnell 1910, s. 291.
- ↑ Davidson 1997, s. 29.
- ↑ Jaffe 2000, ss. 11–13.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, s. 63.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 59–60, 65.
- ↑ 30,0 30,1 Grinnell 1910, s. 290–291.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 94.
- ↑ Jaffe 2000, s. 12.
- ↑ Gallagher 1997, ss. 34–36.
- ↑ Jaffe 2000, ss. 13–20.
- ↑ Schuchert & LeVene 1978, ss. 96–97.
- ↑ Grinnell 1910, s. 293.
- ↑ Grinnell 1910, ss. 296–297.
- ↑ Wilford 1985, s. 118.
- ↑ 39,0 39,1 „Othniel Charles Marsh“. Yale Peabody Museum of Natural History (2017). Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
- ↑ Wallace 2000, ss. 175–179.
- ↑ McCarren, Mark J. The Scientific Contributions of Othniel Charles Marsh, pp. 16-17, Peabody Museum of Natural History, Yale University, New Haven, Connecticut, 1993. ISBN 0-912532-32-7.
- ↑ Cianfaglione, Paul. "O.C. Marsh Odontornithes Monograph Still Relevant Today", 20 Jul 2016, Avian Musings: "going beyond the field mark."
- ↑ McCarren, Mark J. The Scientific Contributions of Othniel Charles Marsh, p. 11, Peabody Museum of Natural History, Yale University, New Haven, Connecticut, 1993. ISBN 0-912532-32-7.
- ↑ "Minor Paragraphs". Popular Science Monthly: 574. Feb 1898. https://www.biodiversitylibrary.org/page/20878959. Qaraldi: 13 May 2013.Charlz Marsh]]
- ↑ Jaffe 2000, ss. 381–382.
- ↑ Tschopp, E.; Mateus, O. V.; Benson, R. B. J. (2015). "A specimen-level phylogenetic analysis and taxonomic revision of Diplodocidae (Dinosauria, Sauropoda)". PeerJ 3: e857. doi:10.7717/peerj.857. PMID 25870766. PMC 4393826. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4393826.Andoza:Open access
- ↑ Gorman, James. „A Prehistoric Giant Is Revived, if Only in Name“. New York Times (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ Choi, Charles „The Brontosaurus Is Back“. Scientific American.
- ↑ „MemberListM | American Antiquarian Society“. www.americanantiquarian.org.
- ↑ Faria, Felipe (2017). "Marsh's law of brain growth and the idea of biological progress in evolution". Scientiae Studia 15 (2): 387–410. doi:10.11606/51678-31662017000200009. http://www.revistas.usp.br/ss/article/view/144946.
- ↑ McCarren, Mark J. The Scientific Contributions of Othniel Charles Marsh, pp. 2, 8-9, Peabody Museum of Natural History, Yale University, New Haven, Connecticut, 1993. ISBN 0-912532-32-7.
- ↑ McCarren, Mark J. The Scientific Contributions of Othniel Charles Marsh, p. 55, Peabody Museum of Natural History, Yale University, New Haven, Connecticut, 1993. ISBN 0-912532-32-7.
- ↑ Scibelli, Anthony „It's a Comedian's Job to Make Fun of Everybody, and That's Why My Act Is Entirely About 1880s Paleontologist Othniel Marsh“. McSweeney's Internet Tendency.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brinkman, Paul. The Second Jurassic Dinosaur Rush: Museums and Paleontology in America at the Turn of the Twentieth Century. University of Chicago Press, 2010. ISBN 978-0-226-07473-3.
- Davidson, Jane. The Bone Sharp: The Life of Edward Drinker Cope. Academy of Natural Sciences, 1997. ISBN 978-0-910006-53-8.
- Gallagher, William B.. When Dinosaurs Roamed New Jersey. New Brunswick: Rutgers University Press, 1997. ISBN 978-0-8135-2349-1.
- Grinnell, George „Othniel Charles Marsh“, . Leading American Men of Science. Henry Holt and Company, 1910. ISBN 978-0-598-75112-6.
- Jaffe, Mark. The Gilded Dinosaur: The Fossil War Between E. D. Cope and O. C. Marsh and the Rise of American Science. New York: Crown Publishing Group, 2000. ISBN 0-517-70760-8.
- McCarren, Mark J. The Scientific Contributions of Othniel Charles Marsh: Birds, Bones, and Brontotheres. Peabody Museum of Natural History, 1993. ISBN 978-0-912532-32-5.
- Schuchert, Charles; LeVene, Clara Mae. O.C. Marsh: Pioneer in Paleontology. Arno Press, 1978. ISBN 978-0-405-10733-7.
- Wallace, David. The Bonehunters' Revenge: Dinosaurs, Greed, and the Greatest Scientific Feud of the Gilded Age. Houghton Mifflin, 1999. ISBN 978-0-618-08240-7.
- Wilford, John Noble. The Riddle of the Dinosaur. New York: Knopf Publishing, 1985. ISBN 0-394-74392-X.