Kontent qismiga oʻtish

Chaco province

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chako

Chako viloyati
Provincia del Chaco (Ispan tili)
Skyline of Chako
Chako
Bayroq
Chako
Gerb
Mamlakat Argentina
Hukumat
 • gubernator Xorxe Kapitanich
Asos solingan 8-avgust 1951-yil
Maydon 99,633 km2 (38,469 kv mi)
Rasmiy til(lar)i ispan
Aholisi
 (2010)
1,142,963
Zichligi 10,59 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCUTC-3

Chaco (Ispanchada; Uchi: To-kós-wet[1]), rasman Chaco provinsiyasi (ispancha: provincia del Chaco [pɾoˈβinsja ðel ˈtʃako]), Argentinaning 23 ta provinsiyasidan biridir. Uning poytaxti Resistencia shahri hisoblanib, mamlakatdagi eng yirik shahardir[2]. Chaco mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan.

Ushbu hudud gʻarbdan Salta va Santiago del Estero, shimoldan Formosa, sharqdan Corrientes, va janubdan Santa Fe bilan chegaradosh. Undan tashqari, provinsiya Paragvayning Ñeembucú departamenti bilan chegaralanadi[3]. 2022-yil holatiga ko’ra provinsiya maydoni 99,633 km², aholisi esa 1,142,963 kishini tashkil etadi. Bu statistika bilan provinsiya Argentina tarkibidagi yigirma uch provinsiyadan hududiy jihatdan oʻn ikkinchi, aholisi boʻyicha esa oʻn birinchi oʻrinda turadi.

2010-yilda Chako Argentinada bir nechta rasmiy tilni qabul qilgan ikkinchi provinsiya bo'lgan. Ushbu tillar Kom, Moqoit hamda Wichi tillari bo‘lib, ushbu tillarda Mokovi va Vichi qabilalari so’zlashadi. Chako tarixdan Argentinaning eng kambagʻal mintaqalaridan biri boʻlib kelgan. Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga hisoblaganda hamda inson taraqqiyoti indeksi boʻyicha oxirgi oʻrinda turadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chako so'zi kechua tilidagi chaku so'zidan olingan bo'lib, ov hududi yoki Ink imperiyasi aholisi tomonidan qo'llanilgan ov texnikasini nomlash uchun qo'llanilgan so'z hisoblanadi.

Iezuit missioneri Pedro Lozano tomonidan 1733-yilda Ispaniyaning Kordova shahrida nashr etilgan Buyuk Chaco Gualamba kitobida ushbu so'z etimologiyasi mintaqada yashovchi ko'plab millatlarni ifodalashini yozib o'tgan. Ular ovga chiqqanlarida ko'p joylardan vicuña va guanacoslarni to'playdilar; buni Peru tub aholisi chacu deb atashgan va keyinchali ispanlar ushbu so'zni Chaco tarzida qo'llay boshlashgan[4].

Qadimiy hujjatlarda ushbu atama haqidagi ma'lumotlar Peruning vitse-prezidenti Fernando Torres de Portugal y Mesía 1589-yilda o'sha davrdagi Tucuman gubernatori Juan Ramírez de Velasco tomonidan yozilgan maktubdan ma'lum bo'lib, u hududni Chaco Gualama deb atagan[5].

Rasmiy tillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Chaco Argentinada Corrientesdan keyin mahalliy tillarni viloyat ichida rasmiy deb e’lon qilgan ikkinchi viloyat bo‘ldi[6]. Chacoda ispan tilidan tashqari uchta mahalliy til rasmiy maqomga ega bo‘ldi: Kom, Moqoit va Wichí[7].

2022-yilgi Argentina milliy aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Chaco provinsiyasida 1 142 963 nafar aholi istiqomat qiladi[8].

Chaconing iqtisodiyoti, mintaqadagi aksariyat iqtisodiyotlar singari, nisbatan rivojlanmagan bo‘lsa-da, 2002-yildan buyon kuchli sur’atda tiklanib kelmoqda. 2006-yilda bu ko‘rsatkich 4,397 milliard AQSH dollariga yoki aholi jon boshiga 4,467 AQSH dollariga teng bo‘lishi taxmin qilingan (bu milliy o‘rtacha ko‘rsatkichning yarmiga teng bo‘lib, Argentinada uchinchi eng past natija hisoblanadi)[9]. Chako iqtisodiyoti xilma-xil bo‘lsa-da, uning qishloq xo‘jaligi sohasi o‘tgan o‘n yil davomida takrorlanib turgan qurg‘oqchiliklar tufayli qiyinchiliklarga duch keldi.

Tannin factory in Puerto Tirol.

Chacoda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi asosan quebracho daraxtini va paxtani tijorat maqsadida yetishtirish bilan bog‘liq. Hozirda Chaco Argentina milliy paxta ishlab chiqarishining 60 foizini ta’minlamoqda. Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish esa Argentinaning umumiy ishlab chiqarish hajmining 17 foizini tashkil etadi. Bunga soya, jo‘xori va makkajo‘xori kabi ekinlar kiradi. Janubda shakarqamish, kamroq darajada guruch va tamaki ham yetishtiriladi. Zebu bilan chatishtirilgan qoramol zotlari yuqori haroratlarga, o‘t-o‘lan tanqisligiga va vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan suv toshqinlariga intensiv parvarishlangan sof zotlarga qaraganda yaxshiroq moslashadi deb hisoblanadi. Sanoat viloyat iqtisodiyotining taxminan 10 foizini tashkil etadi va mahalliy paxtadan ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari, neft va ko‘mir qazib olish, hamda shakarqamishdan olinadigan shakar, spirt va qog‘ozni o‘z ichiga oladi. Chaco viloyatida Chaco milliy bog‘i joylashgan, biroq viloyatda turizm sohasi yaxshi rivojlanmagan. Viloyatning asosiy aeroporti - Resistencia xalqaro aeroporti yiliga 100 000 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Viloyat hukumati odatda uchta bo‘limga bo‘lingan: xalq tomonidan saylanadigan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat, u vazirlar mahkamasini tayinlaydi; qonun chiqaruvchi; va qozilik, oliy sud tomonidan boshqariladi va bir nechta quyi tribunallar tomonidan amalga oshiriladi.

Chaco provinsiyasining Konstitutsiyasi viloyatning rasmiy qonunini tashkil qiladi. Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina Federal politsiyasidir, ammo qo‘shimcha ishlar Chaco provinsiyasi politsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Siyosiy tashkilot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat 25 ta departamentga bo‘lingan (Spanish: departamentos).

  1. „Lengua Wichi (Mataco). Diccionario Mataco - Español“. pueblosoriginarios.com. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  2.  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Chaco" Encyclopædia Britannica 5 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 786 
  3.  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Chaco" Encyclopædia Britannica 5 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 786 
  4. Lozano, Pedro. Descripción corográfica del Gran Chaco Gualamba. San Miguel de Tucumán: Universidad Nacional de Tucumán, 1989 — 486-bet. 
  5. Edelmiro Porcel. „Chaco Gualamba“. Periodico Domine. 2011-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-aprel.
  6. Andoza:Cite Argentine law
  7. Andoza:Cite Argentine law, Link (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
  8. „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  9. „El déficit consolidado de las provincias rondará los $11.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.