Cevdet Sunay
Cevdet Sunay | |
---|---|
Turkiya Prezidenti | |
Mansab davri 28-mart 1966-yil – 28-mart 1973-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Süleyman Demirel Nihat Erim Ferit Melen |
Oʻtmishdoshi | Cemal Gürsel |
Vorisi | Fahri Korutürk |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-fevral 1899-yil Trabzon |
Vafoti |
22-may 1982-yil (83 yoshda) Istanbul |
Imzosi | |
Unvoni | Armiya generali |
Janglari |
birinchi jahon urushi Turkiya mustaqilligi uchun urush |
Cevdet Sunay (talaffuzi: Javdot Sunoy; 1899-1982) — Turkiyaning 1966-1973-yillardagi prezidenti[1][2][3][4][5].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Istanbuldagi Kulei harbiy bilim yurtini tamomlagan. 1917-yilda birinchi jahon urushi davrida Falastinda front liniyasida askar sifatida jang olib borgan, 1918-yilda Misrda Britaniya tomonidan asirga olingan. ozodlikka chiqqanidan soʻng, avval Janubiy front, keyin esa Gʻarbiy frontlarda mustaqillik uchun urushda qatnashdi.
1930-yilda harbiy akademiyani tamomlaydi va ofitserlar tarkibiga kiradi. 1933-yilda Bosh shtabning operativ boshqarmasi boʻlimiga tayinlandi. Bir qancha qoʻmondonlik lavozimlaridan oʻtib, 1949-yilda brigada generali, 1959-yilda esa armiya generali boʻldi.
1960 — 1966-yillarda Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi. 1966 — 1973-yillarda Turkiya prezidenti, shundan soʻng 1980-yil 12-sentyabrda harbiy toʻntarishdan soʻng umrbod senator lavozimini egalladi.
Prezidentlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh shtab rahbari Cevdet Sunay 1966-yil 28-martda Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan Turkiyaining beshinchi prezidenti etib saylandi[6]. Uning prezidentlik davri 1973-yil 28-martgacha davom etdi va bu orada Sunay qiyin davrlarni boshdan kechirdi. 1961 va 1965-yillar orasida Sulaymon Demirel, Nihat Erim va Ferit Melen Prezident Sunay maʼmuriyatining eng koʻzga koʻringan aʼzolari edi. Cevdet Sunay sogʻligʻi yomonlashgani sababli prezidentlik lavozimini tark etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Badraie (Wayback Machine saytida 5-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Çankaya’nın First Lady’leri“ (tr) (15-aprel 2007-yil). Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
- ↑ „Sunay'ın eşi vefat etti“ (tr) (22-oktabr 2002-yil). Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
- ↑ Ministry of Foreign Affairs, Turkey
- ↑ Presidency of Turkey
- ↑ „O gün bugün | 5. Cumhurbaşkanı Cevdet Sunay oldu“ (tr). Milliyet (2020-yil 28-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-mart.