Kontent qismiga oʻtish

Ahmet Necdet Sezer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmet Necdet Sezer
Tavalludi 1942-yil 13-sentyabr
Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Sudya
Partiyasi Mustaqillik partiyasi
Bolalari 3 ta
Imzosi

Sezer Axmet Nejdet (1941.13.9, Afʼyon sh.) — Turkiya davlat arbobi. Anqara universitetining huquqshunoslik ftini tugatgan (1962). 1962-yildan Ankara, Dijla va Yerkoy sh.laridagi sud organlarida ishlagan. 1983-yildan Turkiya Oliy sudi aʼzosi, 1988-yildan Konstitutsion sudi haqiqiy aʼzosi, 1998-yildan Turkiya konstitutsion sudi raisi. 2000-yil 16-maydan Turkiya Respublikasi prezidenti.[1]

Prezidentlik davri (2000-2007)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sezer prezidentlikka saylanadi va 2000-yil 16-mayda qasamyod qiladi. Turkiya tarixida ilk bor sudyalik kasbidan chiqqan ilk davlat rahbari boʻladi. Sezerning prezidentlik davri 2007-yil 16-mayda tugallanishi kerak boʻlgan, biroq Turkiya buyuk millat majlisi yangi davlat rahbarini saylay olmagani sababli u bu lavozimda 2007-yil 28-avgustga qadar davom ettiradi. Bunga sabab Turkiya Konstitutsiyasida prezidentlik vakolati muddati yangi davlat rahbari saylanmagunicha choʻzilishi mumkinligi belgilangandi.

2001-yil 21-fevralda Milliy Xavfsizlik Kengashi majlisida kelib chiqqan janjal paytida Sezer konstitutsiyaviy kodekslar yozilgan kitobni Bosh vazir Bülent Ecevitga otadi. Baʼzilar „Qora chorshanba“ deb nomlanuvchi Turkiyadagi yirik iqtisodiy inqirozning asosiy sababi sifatida ushbu janjalni sabab qilib koʻrsatadi. Boshqalar esa Yevropa Ittifoqi bilan aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar va Turkiyaning xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan mustahkam aloqalari talab qilgan tezkor islohotlar bu inqirozga sabab boʻlganini daʼvo qilishdi[2].

Sezer Turkiyada dunyoviylikning qatʼiy targʻibotchisi hamda himoyachisi boʻlgan, Sezer bilan Adolat va Taraqqiyot partiyasi oʻrtasida tez-tez tortishuv boʻlib turadi. Koʻp hollarda u Turkiyaning dunyoviy tuzumi tahdid ostida ekanini ochiq daʼvo qilgan[3]. Sezer Islom ayollarning roʻmol oʻrashini talab qilinmasligiga ishongani tufayli Prezident saroyidagi rasmiy ziyofatlarda deputatlarning roʻmol oʻragan xotinlarini davradan chiqarib tashlagan[4].

Prezidentlik davrida Sezer 260 nafar sudlangan jinoyatlarni afv etdi, ulardan 202 nafari chapchi jangarilar tomonidan qoʻlga olingan edi[5][6][7].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „IMF Stopped Central Bank From Giving Liquidity in 2001, said Erçel“. Referans. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 30-avgust.
  3. „Turk President Says Secular System in Danger“. The Scotsman. Qaraldi: 2007-yil 30-avgust. [sayt ishlamaydi]
  4. „Turkey's Turmoil“. Economist (2007-yil 1-may). Qaraldi: 2007-yil 30-avgust.
  5. „List of Sezer Amnesty Recipients Terror-Based“. Dialoghaber. 2007-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-sentyabr.
  6. „Group Profile, DHKP/C“. MIPT Terrorism Knowledge Base. 2007-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-sentyabr.
  7. „U.S. Warns of Rising Terror Threat to Westerners Throughout Turkey“. World Tribune. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-sentyabr.