Kontent qismiga oʻtish

Bu oqshom

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Bu oqshom“
„Uch quduq“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1979
Yozib olingan 1979
Janr pop-rok
Matn muallif(lar)i Ziyod Eshonxoʻjayev
Bastakor(lar) Ziyod Eshonxoʻjayev

Bu oqshom“ — „Uch quduq“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1979-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Ziyod Eshonxoʻjayev yozgan[manba kerak]. „Bu oqshom“ guruh va Eshonxoʻjayev repertuaridagi eng taniqli kompozitsiyalarning biridir.

1979-yil qoʻshiq uchun sodda klip olingan. Unda „Uch quduq“ guruhining ikki aʼzosi akustik gitara bilan taronani daryo boʻyida ijro etayotgani tasvirlangan. Eshonxoʻjayev taronani yakkaxon karyerasi davomida muntazam ijro etib keladi. 1979-yildan keyingi 40 yil mobaynida xonanda qoʻshiqni turli talqinda kuylagan[1].

„Bu oqshom“ 1970-yillarda yozilgan oʻzbek tilidagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq bugunga qadar bir necha xonanda va guruhlar, jumladan, Sevara Nazarxon, Jahongir Mirzo hamda „Serenada“ va „Xoʻja“ guruhlari tomonidan kaver qilingan. Qoʻshiq 2022-yil 7-aprel sanasida efirga uzatilgan „Artist“ koʻrsatuvining 1-mavsumida ishtirokchi Mirabbos Qosimov tomonidan estrada yoʻnalishda kaver qilib kuylangan[2]. Shuningdek, qoʻshiq oʻzbek havaskor gitarachilari orasida ommalashgan.

  1. Atayev, Nodir „Chalish uslublari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  2. YouTube logotipi Mirabbos Qosimov - Bu oqshom (Artist SHOU 2022) YouTubeda
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 15-may, 2023-yil(2023-05-15) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.