Bola tug'ilganda beriladigan nafaqa
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bola tugʻilganda beriladigan nafaqa — davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa . Bola tugʻilganda beriladigan nafaqa OʻzR hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient qoʻllaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb — hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi. Bolaning onasi ishlamaydigan va oʻqimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiydigan otasi yoki ota — ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga toʻlanadi. Ishlamaydigan va oʻqimaydigan ota — onalarga bola tugʻilganda nafaqa ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Agar ayol homiladorlik boʻyicha taʼtil davrida ishdan boʻshab, shu davr mobaynida homiladorlik va tugish boʻyicha nafaqa olgan boʻlsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola oʻlik tugʻilgan hollarda nafaqa toʻlanmaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi