Kontent qismiga oʻtish

Boʻgʻirsoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘g‘irsoqdan yoʻnaltirildi)
Boʻgʻirsoq
Turi Qovurilgan xamir
Asl nomi Boʻgʻirsoq, bursoq, baursaq, baursak,
Asosiy komponentlari Sariyogʻ, shoʻr suv, sut, xamirturush, un

Boʻgʻirsoq (boshqirdcha: бауырһаҡ, qozoqcha: бауырсақ; bauyrsaq, qirgʻizcha: боорсок, moʻgʻ.: боорцог, oʻzbekcha: boʻgʻirsoq, turkcha: kabarcık, pişi, bişi, tuzlu lokma, halka, turkmancha: pişme) Oʻrta Osiyo, Idil-Ural, Moʻgʻuliston va Yaqin Sharq oshxonalarida uchraydigan qovurilgan xamirli ovqat turi[1]. U uchburchak yoki baʼzan shar shaklida boʻladi[2]. Xamir un, xamirturush, sut, tuxum, sariyogʻ, tuz, shakar va margarindan tayyorlanadi[3]. Tojik boʻgʻirsogʻini tayyorlashda koʻpincha xamirni qovurishdan oldin mayda suzgichning pastki qismiga bosilib, naqsh bilan bezatib olinadi.

Almatida Boʻgʻirsoq kuni, Qozogʻiston

Boʻgʻirsoq xamirdan tayyorlab yogʻda pishiriladigan taom. Boʻgʻirsoq turli joylarda har xil uslublarda tayyorlanadi. Toshkent va uning atroflarida: elangan bugʻdoy unidan suv, sut, tuxum, shakar va yogʻ solib qorilgan xamir asnosida tayyorlanadi. Xamir pichoq bilan yongʻoqday yoki undan kattaroq qilib kesilib, qizib turgan yogʻda to qizarguncha qovuriladi. Fargʻona vodiysi va Buxoroda suv bilan sutga qorilgan xamirni oʻqlogʻida yoyib, toʻrtburchak shaklida kesib yogʻda qovuriladigan boʻgʻrisoq turi keng tarqalgan[4].

Boʻgʻirsoq koʻpincha shirinlik sifatida, sirop, murabbo yoki asal bilan isteʼmol qilinadi. Ular pechene yoki shirinlik sifatida ham dasturxonga tortilishi mumkin. Boʻgʻirsoqlar qovurib tayyorlanganligi sababli ularni baʼzan ponchiklar bilan solishtirishadi. Moʻgʻullar va turkiy xalqlar boʻgʻirsoqni choyga botirib, Markaziy Osiyoliklar esa koʻpincha shoʻrva bilan birgalikda isteʼmol qilishadi[5].

Uštipci (Serbiya kirillchasi: Уштипци,Xorvatcha talaffuzi: uʃtɪpt͡sɪ ) Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, ayniqsa Vojvodina va Sloveniyada mashhur boʻlgan ponchikka oʻxshash qovurilgan xamir toʻplari boʻlib, ular „miške“ deb ham nomlanadi.

Xonaki tayyorlangan boʻgʻirsoqlar
  1. Waters (2007), 51.
  2. Mayhew and Noble (2007), 112.
  3. Schreiber (2008), 107.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Schreiber (2008), 104.