Pichoq
Pichoq — bir tomoni charxlab oʻtkirlangan, plastinkasimon uzunchoq keskir asbob. Odatda, tigʻ va dastadan iborat boʻladi. Tigʻ qattiq metalldan boʻlib, bir yoki ikkala tomoni ham oʻtkirlanib yasalgan boʻlishi mumkin. Pichoq asosan tigʻ va dasta (sop) dan iborat.
Tarifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tigʻ pichoqning kesadigan qismi hisoblanadi. Dastasi (sopi) yogʻoch, suyak, plastmassa va baʼzan temirdan ishlanadi. Ular suqma, yorma va naqshdor boʻladi. Dasta mustahkam turishi uchun mis halqachalar — gul-band qoʻyiladi. Tuzilishiga koʻra, pichoq toʻgʻri, qayqi, bodomcha; oʻlchamiga koʻra — oʻrtasuyamlik, gezlik, bolapichoq, chalabuzar, mardona; bezatilishiga koʻra — sodda, guldor, chilmixgulli, rufta, sadafli, dandop sopli va boshqa; yasalish usuliga koʻra, chust (tus) pichogʻi, poytug pichoq, qoʻqop pichoq, qorasuv pichoq, shahrixon pichogʻi, xiva pichogʻ xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, pichoqlar oʻtkir uchli va toʻmtoq uchli qilib yasalishi; buklama (pakki); tugmacha va prujinali (tugmachasi bosilganda tigʻi irgʻib ochiladigan) boʻlishi mumkin. Pichoqni shikastlanishdan saqlash uchun maxsus moslama gʻilof — qinga solib qoʻyiladi. Qin gazlama, metall, temir, charm, yogʻoch va boshqalardan yasalib, unga turli badiiy oʻyma naqshlar qilinadi.
Oʻzbekistonda ilgari pichoqlar asosan temirchilik doʻkonlarida tayyorlangan, hozir mahalliy sanoat korxonalarida hamda xususiy kichik korxonalar (doʻkonlar)da ishlab chiqariladi. Pichoqlar uy-roʻzgʻor va xoʻjalikda, bogʻdorchilik, kosibchilik, ovchilik va boshqalarda qoʻllanadi.
Tasniflanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstruksiyasiga koʻra
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sanoat pichogʻi
mashina va mexanizmlarning kesuvchi, qirquvchi va oʻyuvchi qismlari. Yogʻochsozlik sanoati, yogʻoch oʻymakorligi, oziq-ovqat sanoa-ti, qishloq xoʻjaligi mashinalarida, taxta tilish, faner yoʻnish, yogʻoch oʻyish, silos va somon maydalash, karam qirqish va boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan pichoqlar boʻladi. Ular freza, disk, oʻtkir uchli plastina va boshqa koʻrinishda yasaladi.
- Elektronikada
Elektrotexnikada rubil-niklar va shtepsellardagi qisqichlar ham P. deb ataladi.
Ishlatilishiga koʻra
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oshxona pichogʻi
- Ov pichogʻi
Milliy pichoqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abxazlar pichogʻi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |