Billy Gilmour
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Billy Clifford Gilmour[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-iyun 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Irvine, Shotlandiya[2] | ||
Boʻyi | 5 fut 7 inches (1.70 m)[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Brighton & Hove Albion | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009–2017 | Rangers | ||
2017–2019 | Chelsea | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019–2022 | Chelsea | 11 | (0) |
2021–2022 | → Norwich City (ijara) | 24 | (0) |
2022– | Brighton & Hove Albion | 44 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2015–2016 | Shotlandiya U-15 | 1 | (0) |
2016–2017 | Shotlandiya U-16 | 1 | (0) |
2017–2018 | Shotlandiya U-17 | 7 | (2) |
2017–2019 | Shotlandiya U-19 | 7 | (3) |
2018–2021 | Shotlandiya U-21 | 12 | (1) |
2021– | Shotlandiya | 30 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 23-iyun uchun) |
Billy Clifford Gilmour (2001-yil 11-iyun) – Shotlandiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Brighton & Hove Albion klubi va Shotlandiya terma jamaosi yarim himoyachisi.
Gilmour dastlab uch oy mobaynida „Celtic“ klubi akademiyasida toʻp surdi va keyinchalik „Rangers“ga borib qoʻshildi[3]. Akademiyadagi bir necha yillik samarali harakatlaridan soʻng u klubning asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtkaza boshladi. 2017-yilda futbolchi „Rangers“ jamoasi taklif qilgan ilk professinal shartnomani rad etdi va Premyer-liganing „Chelsea“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi. Londonliklar safida barcha turnirlar doirasida jami 22 ta oʻyin oʻtkazdi va 2021-yilda UEFA Chempionlar ligasi gʻolibiga ham aylandi. Bir mavsumni Norwich City klubida ijara asosida oʻtkazgan Gilmour yakunda, 2022-yilning sentyabr oyida „Brighton & Hove Albion“ bilan shartnoma imzoladi.
Gilmour Shotlandiyaning deyarli barcha yoshlar terma jamoalarida toʻp surgan. Undan tashqari Shotlandiya kattalar terma jamoasi bilan UEFA Yevro 2020 va Yevro 2024 turnirlarida ham ishtirok etdi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gilmour 2001-yil 11-iyun kuni Irvine shahrida joylashgan Ayrshire Markaziy shifoxonasida tugʻilgan va yoshligi Shimoliy Ayrshiredagi Ardrossan shahrida oʻtgan. Otasi William Gilmour Royal Navy dengiz flotida xizmat qilgan, undan tashqari maʼlum muddat davomida „Ardrosson Winton Rovers“ havaskorlar jamoasida futbolchi ham boʻlgan. Gilmour Ardrossandagi Stanley Boshlangʻich Maktabi va Kilmarnockdagi Grange Academy maktablarida tahsil olgan[4]. Oʻqish davrida u Shotlandiya Futbol assotsiatsiyasi (SFA) tominidan tashkil etilgan turli dasturlarda ham ishtirok etgan[5][6]. U Sesk Fàbregas, Luka Modrić va Andrés Iniesta kabi jahon yulduzlarining oʻyinlariga muhlislik qilgan va ularni faoliyati uchun asosiy naʼmuna deb olgan[7].
Klublardagi faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rangers
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gilmour dastlab uch oy mobaynida „Celtic“ klubi akademiyasida toʻp surdi va keyinchalik oilaviy sabablar tufayli „Rangers“ga borib qoʻshildi[3]. U 2016-yilning dekabr oyida, yaʼni 15-yoshida klubning U-20 jamoasida debyut qildi. Asosiy jamoa murabbiyi Mark Warburton Gilmourni asosiy jamoa mashgʻulotlariga jalb etdi[8][9]. Hattoki Gilmourga asosiy jamoa safida raqam ham taqdim etildi va Warburton klubdan ketgandan soʻng, „Rangers“ yangi murabbiyi Graeme Murty tomonidan bir necha oʻyin qaydnomalariga ham kiritildi[10].
„Rangers“ning navbatdagi bosh murabbiyi Pedro Caixinha Gilmourni „yorqin kelajakka ega“ futbolchi deb taʼrifladi va uni klubda qolishiga koʻndirish uchun futbolchining oilasi bilan muzokaralar olib bordi[11][12]. Biroq 2017-yilning may oyida „Rangers“ futbolchining „Chelsea“ klubi bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qildi[13]. Londonliklar futbolchi uchun 500 ming funt sterling va koʻrsatgan natijalariga qarab qoʻshimcha bonuslar berishini maʼlum qildi[14].
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gilmour 16 yoshga toʻlganidan bir necha kun oʻtib „Chelsea“ klubi bilan shartnoma imzoladi[15]. U klubning U-18 jamoasida toʻp sura boshladi va 2017-yil sentyabr oyida Arsenal jamoasiga qarshi Premyer-liga U-18 bahsida debyutini oʻtkazdi[16][17]. 2018-yil iyul oyida Gilmour 17 yoshga toʻlganidan soʻng „Chelsea“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi[18].
2019–2020-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 10-iyul oyida „Chelsea“ning yangi tayinlangan murabbiyi Frank Lampard qoʻl ostida Dublinda boʻlib oʻtgan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvlarida „Bohemians“ klubiga qarshi uchrashuvda Gilmour asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi[19]. Ilk bor UEFA Superkubogi finalidagi Liverpool jamoasiga qarshi bahsda ilk bor asosiy jamoa qaydnomasiga kiritiladi, ammo toʻliq oʻyin davomida zaxirada qoldiriladi[20].
U shu yilning 31-avgust kuni „Sheffield United“ jamoasiga qarshi oʻyinda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazdi. Futbolchi uchrashuvning 84-daqiqada Tammy Abrahamning oʻrniga oʻyinga qoʻshiladi. 25-sentyabr kuni „Grimsby Town“ klubiga qarshi 7-1 hisobida yakunlangan Liga Kubogi bahsida esa ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushilgan[21]. Gilmour 2020-yil fevral oyidan boshlab toʻlaqonli asosiy jamoa futbolchisiga aylandi[22][23]. Billy 8-mart kuni „Everton“ jamoasiga qarshi birinchi marta Premyer-liga oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining 4-0 hisobidagi yirik hisobdagi gʻalabasida sezilarli yordam berdi. Oʻyin yakunida esa futbolchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[24]. U COVID-19 pandemiyasi davrida tizzasidan olgan jarohati sabab koʻplab oʻyinlarni oʻtkazib yuboradi[25]. Gilmour 2019-2020-yilgi mavsumda aristokratlar safida umumiy hisobda 11 oʻyin oʻtkazdi[26].
2020–2021-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil sentyabr oyida Michy Batshuayi „Crystal Palace“ klubidan ijaradan qaytgach Gilmour U-23 jamoasida faoliyatini davom ettiradi[27]. 2020-yilning dekabr oyida esa yana asosiy jamoaga qaytgan holda „Krasnodar“ga qarshi oʻyinda Chempionlar Ligasidagi debyutini oʻtkazadi[28]. Tomas Tuchel qoʻl ositda ham futbolchi kamroq boʼlsada oʻyin amaliyotiga ega boʻldi. Biroq „“Manchester City" jamoasi bilan kechgan final oʻyinida zahirada qoldiriladi[29].
2021-2022-yilgi mavsum: Norwich City (ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil iyul oyida Gilmour „Norwich City“ jamoasi bilan bir mavsumlik ijara shartnoma imzoladi[30]. Ushbu transferda terma jamoadagi jamoadoshi Grant Hanleyning hissasi katta boʻldi[31]. U 2021-2022-yilgi mavsum davomida yangi jamoasi uchun 28 oʻyinda maydonga tushdi, ammo jamoasi Premyer-ligada soʻnggi oʻrinni egallagan holda yana EFL Chempionshipga tushib ketti[32].
2022-yil iyun oyida „Chelsea“ Gilmourning shartnomasini 2023-2024-yilgi mavsumining oxiriga qadar uzaytirdi[33].
Brighton & Hove Albion
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 1-sentyabrda Gilmour boshqa bir Premyer-liga klubi „Brighton & Hove Albion“ bilan toʻrt mavsumlik shartnoma imzoladi[34]. Uch kun soʻng „Leicester City“ga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida Moisés Caicedo oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda yangi jamoasidagi debyutini oʻtkazdi[35]. 9-noyabr kuni esa Liga Kubogining uchinchi bosqich „Arsenal“ klubi bilan kechgan uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan va hatto Tariq Lamptey goliga asisstni ham amalga oshirgan[36]. Olti Premyer-liga uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan Gilmour va nihoyat 31-dekabr kuni „Arsenal“ga qarshi bahsda oʻyinning dastlabki daqiqalaridan boshlab maydonga tushdi[37]. Keyinchalik taxminan uch oy mobaynida maydonga tushmagan futbolchi Brighton jamoasining tarixida liga oʻyinlari doirasida eng yirik hisob qayd etilgan „Wolverhampton Wanderers“ klubiga qarshi oʻyinni asosiy tarkibda boshlaydi va jamoasining 6-0 hisobidagi gʻalabasida oʻz hissasini qoʻshadi[38][39]. Gilmour 18-may kuni „Seagulls“ safidagi ilk APLdagi foydali ishni qayd etadi. Jamoasi 4-1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda u Deniz Undavning goliga golli uzatmani beradi.
Terma jamoadgi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gilmour 2016-yilgi Victory Shield turnirida Shotlandiyaning 16 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida xalqaro maydondagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi[40]. U 2017-yil avgust oyida Italiyaga bilan kechgan bahsda U-17 jamoasi safida ham debyut qildi. Ikki kun oʻtgach Angliyaga qarshi oʻyinda ilk golini ham rasmiylashtirdi[41][42]. 2018-yil Shotlandiya U-21 jamoasi bilan Toulon Tournamentda ishtirok etdi va shu tirnir doirasida Fransiyaga qarshi uchrashuvda bu yosh toifasidagi oʻz debyutini oʻtkazdi. Yakunda futbolchi Revelation of the Tournament sovriniga loyiq koʻrildi[43][44].
Gilmour Steve Clarke boshchiligidagi Shotlandiya terma jmaoasining UEFA Yevro 2020 qaydnomasiga ham kiritildi[45]. U 2021-yilning 2-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi turniroldi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar terma jamoasi safida debyut qildi[46]. Gilmour 18-iyun kuni Angliyaga qarshi nursiz durrang bilan yakunlagan uchrashuvda ilk bor terma jamoa safida asosiy tarkibida maydonga tushdi va hattoki oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi[47][48][49][50]. Biroq keyingi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan oldirgan COVID-19 testi ijobiy natija berdi va Gilmour keyingi oʻyinlarni oʻtkazib yuboradigan boʻldi[51][52][53].
Gilmour sentyabr oyida boshlanga FIFA Jahon chempionati 2022 saralash oʻyinlarida ham terma jamoa safiga jalb qilindi. U saralash doirasidagi barcha 5 terma jamoaga qarshi oʻyinlarda jamoasi bilan birga ishtirok etdi. Daniya, Moldova, Avstriya, Isroil va Farer orollariga qarshi barcha uchrashuvlarda maydonga tushirildi. Uning terma jamoadagi oʻyinlari ekspert va muhlislar tomonidan ijobiy baholandi. Hampden stadionida Moldova ustidan 1-0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi[54].
2023-yilning 17-oktyabr kuni Gilmour Lille shahrida kechgan Fransiyaga qarshi uchrashuvda Shotlandiya safidagi ilk golini kiritdi[55].
2024-yil 7-iyun Germaniyada boʻlib oʻtgan UEFA Yevro 2024 uchun terma jamoa qaydonmasiga kiritild[56]. Bir hafta oʻtgach, u turnirning ochilish oʻyinida Callum McGregorning oʻrniga 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Mazkur bahsda Germaniya 5-1 hisobida gʻalaba qozondi[57]. U Shveysariya va Vengriyaga qarshi bahslarda ham maydonga tushdi. Shotlandiya A guruhini soʻnggi oʻrinda yakunlagan holda turnirni tark etdi[58][59].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil may oyida TikTok modeli Orla Melissa Sloan Gilmour va uning "Chelsea"dagi sobiq jamoadoshlari Mason Mount hamda Ben Chilwell oritdan kuzatib yurishda ayblab chiqqan[60][61].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Chelsea | 2019–20[64] | Premyer Liga | 6 | 0 | 11 | 0 |
2020–21[65] | 5 | 0 | 11 | 0 | ||
Umumiy | 11 | 0 | 22 | 0 | ||
Norwich city (ijara) | 2021–22[66] | Premyer Liga | 24 | 0 | 28 | 0 |
Brighton & Hove Albion | 2022–23[67] | Premyer Liga | 14 | 0 | 17 | 0 |
2023–24[68] | 30 | 0 | 41 | 0 | ||
Umumiy | 44 | 0 | 58 | 0 | ||
Umumiy | 79 | 0 | 116 | 0 |
Terma jamoadagi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Shotlandiya | 2021 | 10 | 0 |
2022 | 6 | 0 | |
2023 | 7 | 1 | |
2024 | 7 | 0 | |
Umumiy | 30 | 1 |
Gol | Sana | Stadion | Oʻyini | Raqib | Goldan keyingi hisob | Natija | Daraja |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2023-yil 17-oktyabr | Pierre-Mauroy stadioni, Fransiya | 22 | Fransiya | 1–0 | 1–4 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Angliya kubogi finalchisi: 2020-21[71]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2020-21[72]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Billy Gilmour“. Chelsea F.C..
- ↑ 3,0 3,1 Irvine, David. „Celtic would be ideal move for Billy Gilmour, but he wouldn't go because of Rangers allegiance, claims pundit“. The National (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ Scotland players' old schools send good luck messages, Henry Hepburn, TES (magazine), 11 June 2021
- ↑ Walker, Mark. „Scotland and Chelsea's Billy Gilmour 'ahead of plan' but remains rooted in reality“. The Times (2019-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
- ↑ Malky Mackay on why 'four stone wet through and five feet high' Rangers kid was always destined to be a star, Stephen Halliday, The Scotsman, 28 May 2021
- ↑ Prada. „Billy Gilmour: The Scottish kid who lit up Wembley Stadium“ (en). Marca (2021-yil 20-iyun). 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ Bairner, Robin. „Meet Rangers wonderkid Billy Gilmour: The starlet Chelsea have beaten Arsenal and Manchester United to“. Goal.com (2017-yil 9-may). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Billy Gilmour shares his delight after training with Rangers first-team squad“. Daily Record (2017-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ Jack. „Graeme Murty hopes Rangers can fend off interest from Chelsea in midfield star Billy Gilmour“ (en). Glasgow Times (2017-yil 2-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ Newport, Andy. „Caixinha reveals he's met Billy Gilmour's parents in bid to keep ace at Rangers“. Daily Record (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Gilmour set for Chelsea move – unless Gers succeed in last-ditch talks“. The Independent (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Rangers: Youth prospect Billy Gilmour opts for summer switch to Chelsea“. BBC Sport (2017-yil 9-may). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ Yew, Oliver. „Who is Chelsea new-boy Billy Gilmour?“ (en). Sky Sports (2017-yil 10-may). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ Amako, Uche. „Billy Gilmour signs Chelsea contract two months after agreeing to leave Rangers“. Daily Express (2017-yil 4-iyul). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ Forbes, Craig. „Billy Gilmour impresses in goalscoring Chelsea debut“. The Scotsman (2017-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ McDougall, Mark. „Former Rangers kid Billy Gilmour scores third goal in three games for Chelsea“. Daily Record (2017-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Billy Gilmour: Former Rangers youth signs first professional contract at Chelsea“. BBC Sport (2018-yil 5-iyul). Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
- ↑ Bryce, Liam. „Billy Gilmour makes Chelsea debut as ex-Rangers prospect given the nod“. Daily Record (2019-yil 10-iyul). Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „Liverpool-Chelsea | Line-ups | UEFA-Super Cup“. UEFA. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
- ↑ „Chelsea 7–1 Grimsby Town: Reece James impresses on debut“ (en-GB) (2019-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Billy Gilmour: Chelsea midfielder now with first team full time“. BBC Sport (2020-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
- ↑ Duncan. „Billy Gilmour: Chelsea's Scottish teenager 'incredible' in Liverpool win“. BBC Sport (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 2020-yil 5-mart.
- ↑ „Match Report: Chelsea vs Everton“. Chelsea F.C. (2020-yil 9-mart). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
- ↑ Steinberg, Jacob. „Chelsea fear Billy Gilmour will miss rest of season with knee injury“. The Guardian (2020-yil 9-iyul). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
- ↑ „Juventus and Napoli keeping tabs on Chelsea youngster“. footballexpress.in (2020-yil 6-dekabr).
- ↑ „Contract extension and Premier League loan for Batshuayi“. Chelsea F.C. (2020-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Billy Gilmour: Chelsea boss Frank Lampard hails 'outstanding' midfielder on return in Krasnodar draw“. Sky Sports (2020-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
- ↑ „Chelsea won the Champions League for the second time with a fully deserved victory over Manchester City in the all-Premier League confrontation in Porto“. BBC (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „Norwich sign Chelsea's Gilmour on loan“. BBC Sport (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
- ↑ „Billy Gilmour explains Norwich City loan move“. NotTheOldFirm (2021-yil 4-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
- ↑ Cassidy. „Scotland star Billy Gilmour signs new deal at Chelsea until 2024“. STV Sport (2022-yil 13-iyun). Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
- ↑ Cassidy. „Scotland star Billy Gilmour signs new deal at Chelsea until 2024“. STV Sport (2022-yil 13-iyun). Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
- ↑ „Billy Gilmour signs from Chelsea“. Brighton & Hove Albion F.C. (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Brighton 5-2 Leicester: Graham Potter's side maintain excellent start to Premier League season“. BBC Sport (2022-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Carabao Cup: Arsenal 1-3 Brighton - Seagulls move into last 16 with win at Emirates Stadium“. BBC Sport (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
- ↑ „Brave Albion beaten by the leaders“. Brighton & Hove Albion (2022-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
- ↑ „Back on track with six of the best“. Brighton & Hove Albion (2023-yil 29-aprel). Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ Smith, Andrew. „Smokin' hot Billy Gilmour - Scottish tall tales and what recent Brighton rebirth means for Rangers and Celtic chat and national team“. The Scotsman (2023-yil 16-may). Qaraldi: 2023-yil 17-may.
- ↑ „Under-16 Victory Shield squad announced“ (en). Scottish FA (2016-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Billy Gilmour – U17 squad matches“. Scottish FA. Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Ex-Rangers wonderkid Billy Gilmour scores as Scotland U17s are beaten by England“. Daily Record (2017-yil 20-avgust). Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Scotland stun hosts France to record Toulon win“. Scottish Football Association (2018-yil 30-may). Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ „Individual awards for Billy Gilmour and Michael Johnston seal successful Toulon trip“. Scottish Football Association (2018-yil 10-iyun). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ „Scotland include Gilmour, Patterson & Turnbull for Euro finals“. BBC Sport. BBC (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „Billy Gilmour makes Scotland debut in Netherlands draw“ (en). Chelsea FC (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ Pasztor. „Billy Gilmour 'so proud' of full debut as Scotland promise to nurture him properly“ (en). SB Nation (2021-yil 19-iyun). 2021-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Every Euro 2020 Star of the Match“ (en). uefa.com. UEFA (2021-yil 18-iyun). 2021-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Murray. „Scotland's Billy Gilmour catches the eye with star turn against England“ (en). The Guardian (2021-yil 18-iyun). 2021-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Billy Gilmour the star of the match for Scottland against England“ (en). Football Express (2021-yil 21-iyun).
- ↑ „Scotland Squad Update – Monday 21 June“ (en). Scottish FA (2021-yil 21-iyun).
- ↑ „Billy Gilmour: Scotland midfielder tests positive for Covid-19“ (en). BBC (2021-yil 21-iyun).
- ↑ „Billy Gilmour: Scotland midfielder tests positive for Covid-19“ (en). Sky Sports (2021-yil 21-iyun).
- ↑ „Chelsea wonderkid Gilmour wins Man of the Match award with classy performance on international duty“. Caught Offside (2021-yil 5-sentyabr). 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „France fight back from goal-down to beat Scotland comfortably in Lille“. STV (2023-yil 17-oktyabr).
- ↑ „Record-breaking goalkeeper Gordon out of Scotland's Euro 2024 squad“. Reuters (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
- ↑ „Ruthless Germany humble 10-man Scotland in Euro 2024 opener“. BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
- ↑ „Scotland 1-1 Switzerland: Clarke's men keep Group A hopes alive“. UEFA. Qaraldi: 2024-yil 24-iyun.
- ↑ „Scotland vs Hungary: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 2024-yil 24-iyun.
- ↑ Hunter, Ross. „TikTok influencer admits to stalking Scots football star Billy Gilmour“. The National (2023-yil 24-may).
- ↑ Kirk. „Premier League stars Mason Mount and Billy Gilmour stalked by model“. Evening Standard (2023-yil 25-may).
- ↑ „Billy Gilmour“. EU-Football.info. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ Andoza:SFA Profile
- ↑ „Games played by Billy Gilmour in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
- ↑ „Games played by Billy Gilmour in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Games played by Billy Gilmour in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
- ↑ „Games played by Billy Gilmour in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
- ↑ „Games played by Billy Gilmour in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
- ↑ „Billy Gilmour“. EU-Football.info. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ Andoza:SFA Profile
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 17-may.
- ↑ McNulty. „Man. City 0–1 Chelsea“. BBC Sport (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 31-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brighton & Hove Albion FC veb-saytidagi futbolchi Profili
- 11-iyunda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari
- Norwich City F.C. futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Yashayotgan insonlar