Beyoncé
Beyoncé | |
---|---|
Beyoncé Qirol Sher filmi premyerasida (2019) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Beyonce Giselle Knowles 4-sentyabr 1981-yil |
Janrlar | |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1997 – hozirgacha |
Leybllar |
|
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi |
Jay-Z (turm. 2008) |
Ota-onasi | |
Bolalari | 3 |
Hamkorligi |
|
Veb-sayt | beyonce.com |
Imzosi | |
Beyoncé Giselle Knowles-Carter (talaffuzi: Beyonse Jizel Noulz-Karter; 4-sentyabr 1981-yilda tugʻilgan)[1] amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Texasning Houston shahrida tugʻilib oʻsgan Beyoncé bolaligidanoq turli qoʻshiq va raqs musobaqalarida qatnashgan. U 1990-yillaring oxirlarida qizlardan iborat Destiny's Child guruhi aʼzosi oʻlaroq shuhrat qozondi. Bu guruh barcha zamonlarning eng koʻp albomi sotilgan qizlardan iborat guruhlaridan biri boʻlgan. U 2003-yilda Dangerously in Love nomli ilk yakkaxon albomini chiqardi. Albomdagi „Crazy in Love“ va „Baby Boy“ singllari AQShning Billboard Hot 100 musiqiy chartida birinchi raqamli ashulalar boʻlishdi.
2006-yilda Destiny’s Child guruhi tarqalib ketganidan soʻng, Beyoncé ikkinchi yakkaxon albomi boʻlmish B'Dayni ommaga taqdim etdi. Albomdagi „Irreplaceable“ va „Beautiful Liar“ singllari ancha xush qarshilandi. Beyoncé, shuningdek, koʻplab filmlarda, jumladan Telba politsiyachi (2006), Dreamgirls (2006), Obsessed (2009) va Qirol Sher (2019) kabi filmlarda tasvirga tushdi. Uning amerikalik rapper Jay-Z bilan turmush qurishi hamda Cadillac Records (2008) filmida Etta Jamesni jonlantirishi uchinchi albomi — I Am... Sasha Fierce (2008) ga taʼsir oʻtkazdi. Albom 2010-yilda oltita Grammy Awardsga sazovor boʻldi. Albomdagi „If I Were a Boy“, „Single Ladies (Put a Ring on It)“ va „Halo“ ashulalari muxlislar va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi.
2010-yilda menejeri va otasi Mathew Knowlesdan ajralganidan soʻng, Beyoncé 2011-yilda musiqiy jihatdan turfa xil boʻlgan 4 nomli toʻrtinchi albomini chiqardi. Keyinchalik, mos ravishda beshinchi va oltinchi albomlari boʻlmish Beyoncé (2013) va Lemonade (2016) larni chiqarib, jahon miqyosida shuhrat qozondi, albomlarning ikkinchisi 2016-yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Albomlarning ikkisi ham xiyonat va vumanizm mavzularini oʻz ichiga olishi bilan qolgan albomlardan ajralib turdi. 2018-yilda Beyoncé turmush oʻrtogʻi Jay-Z bilan birgalikda the Carters guruhi aʼzolari oʻlaroq Everything Is Love albomini chiqardi. Beyoncé Ed Sheeran bilan birgalikda ijro etgan „Perfect“ (2017) hamda Megan Thee Stallion bilan birgalikda ijro etilgan „Savage“ (2020) qoʻshiqlari ortidan Billboard Hot 100 chartida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Shu yili u Black Is King nomli musiqiy film va vizual albomini chiqarib, muxlislar tomonidan kengqamrovli olqishlarga ega boʻldi.
Beyoncé jahondagi audio disklari eng koʻp sotilgan artistlardan biri boʻlib, hozirga qadar uning audio disklari umumjahon boʻylab 118 million dona sotilgan.[2] U ilk olti studiyaviy albomi ham Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni band etgan ilk yakkaxon xonandadir.[3] Uning 2000-yillar davomidagi muvaffaqiyati Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan Oʻnyillikning top artisti, Billboard tomonidan esa Oʻnyillikning top ayol artisti oʻlaroq eʼtirof etildi.[4] Beyoncé koʻplab yutuqlarga, jumladan 28 ta Grammy Awards, 26 ta MTV Video Music Awards, 24 ta NAACP Image Awards, 31 ta BET Awards va 17 ta Soul Train Music Awardsga loyiq topilgan. 2014-yilda Billboard uni tarixdagi eng koʻp daromad topgan qora tanli musiqachisi deb atasa, 2020-yilda Time jurnali uni oʻtgan asrning eng nufuzli 100 ayoli roʻyxatiga kiritdi.[5]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-1996: Ilk hayoti va karyerasi boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beyonce Giselle Knowles 1981-yil 4-sentyabrda Texas shtatining Houston shahrida tugʻilgan. Onasi Celestine „Tina“ Knowles (qizlik familiyasi Beyonce) soch turmaklovchi boʻlib, oʻzining saloniga ega boʻlgan. Otasi Mathew Knowles esa menejer oʻlaroq faoliyat yuritgan.[6] Beyoncéning singlisi Solange Knowles ham qoʻshiqchi boʻlib, Destiny's Child guruhida tarqalib ketmaguncha yordamchi raqqosa boʻlgan. Solange va Beyoncé tarixda albomlari musiqiy chartlarda birinchi pogʻonadan oʻrin olgan ilk opa-singillardir.[7] Mathew afroamerikalik, Tina esa luiziana kreollikdir.[8][9][10][11]
Beyoncéning ona tarafdan buva va buvisi — Lumas Beyince va Agnez Dereon (Odilia Broussard va Eugene DeRouenning qizi) boʻlib,[12] ular fransuz tilida soʻzlashuvchi luiziana kreolliklar boʻlishgan.[13] Beyoncé ham kreol hisoblanadi.[12][14] Onasi orqali Beyoncé koʻplab fransuz aristokratlari, jumladan Viscounts de Béarn va Viscounts de Belzunce oilalari avlodi sanaladi.[15] U yana fransuz dvoryani va harbiy lideri boʻlgan Jean-Vincent d’Abbadie de Saint-Castin avlodidir.[9] Uning toʻrtinchi katta buvisi Marie-Françoise Trahan boʻlib, u 1774-yilda Fransiyaning Belle Île orolida joylashgan Bangor kommunasida tavallud topgan. Trahan Britaniya deportatsiyadan soʻng, Belle Île orolida xavfsiz joy topib, qolib ketgan akadiyaliklar qizi boʻlgan. Bretan mol-mulklari 78 ta akadiya oilalari va azaldan yashab kelayotgan mahalliy aholi oʻrtasida taqsimlangan. Trahanlar oilasi Luizianaga koʻchib ketishlaridan avval Belle Île orolida oʻn yildan oshiq vaqt davomida istiqomat qilishgan.[16] Beyoncé oʻz nasl-nasabini oʻrgandi hamda oʻz quliga turmushga chiqqan qul egasi avlodi ekanligini kashf etdi.[17]
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dangerously in Love (2003)[18]
- B'Day (2006)[19]
- I Am... Sasha Fierce (2008)
- 4 (2011)
- Beyoncé (2013)
- Lemonade (2016)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rol ijro etgan filmlar
|
Rejissorlik qilgan filmlar
|
Turnelari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Headlining
|
Joint Tours
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Beyoncé Knowles' name change“ (23-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 8-mart 2013-yil.
- ↑ Abdul-Jabbar, Kareem. „The Exploitation of Beyonce for Political Agendas“. Time (13-fevral 2015-yil). 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2017-yil.
- ↑ Caulfield, Keith. „Beyonce Earns Sixth No. 1 Album on Billboard 200 Chart with 'Lemonade'“. Billboard. Qaraldi: 31-may 2018-yil.
- ↑ „Artist of the Decade“. Billboard (12-mart 2013-yil). 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Cooper, Brittney. „Beyoncé: Time 100 Women of the Year – 2014: Beyoncé Knowles-Carter“. Time. 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2020-yil.
- ↑ „The Family Business“. MTV News. 7-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2013-yil.
- ↑ „Beyoncé and Solange Knowles Become First Sisters to Land No. 1 Albums“. Etonline.com. 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktyabr 2016-yil.
- ↑ „Beyoncé Knowles' Biography“. Fox News Channel (15-aprel 2008-yil). 7-mart 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2018-yil.
- ↑ 9,0 9,1 Smolenyak, Megan. „A Peek into Blue Ivy Carter's Past“. HuffPost (12-yanvar 2012-yil). 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Beyonce Touts L'Oreal Cosmetics That 'Match' Your Native American Shade“. Indian Country Today: Digital Indigenous News. Indian Country Today (19-yanvar 2012-yil). 27-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2019-yil.
- ↑ Mathew is African American; Tina is Louisiana Creole:
- Daryl Easlea. Crazy in Love: The Beyoncé Knowles Biography, 2011 — 4-bet.
- Cherese Cartlidge. Beyoncé. Greenhaven Publishing LLC, 17-may 2012-yil — 14-bet. ISBN 978-1-4205-0966-3.
- Janice Arenofsky. Beyoncé Knowles: A Biography. ABC-CLIO, 2009 — 2-bet. ISBN 978-0-313-35914-9.
- ↑ 12,0 12,1 Dhillon, Georgina (3-oktyabr 2012-yil). „Beyoncé Knowles: A Creole Queen“. Kreol International Magazine. UK: Rila Publications. 8-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: bot: original URL status unknown () CS1 maint: date format () - ↑ Drohan, Freya. „Celebrating Beyoncé's Irish roots on her birthday“. IrishCentral (2-iyul 2018-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ Khanna, Nikki. Biracial in America: Forming and Performing Racial Identity. Vermont: Lexington Books, 2011 — 63-bet. ISBN 978-0-739-14574-6.
- ↑ „Beyoncé Ancestor Chart (26983)“. famouskin.com.
- ↑ Beyoncé has roots in Brittany:
- „Belle-Ile-en-Mer. Beyoncé serait une cousine!“ (fransuzcha). Le (31-avgust 2013-yil). 15-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- „Beyoncé et ses origines bretonnes“ (fransuzcha). Paris Match (2-sentyabr 2013-yil). 15-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- „Beyoncé aurait une ancêtre bretonne“ (fransuzcha). Le Parisien (1-sentyabr 2013-yil). 15-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Beyoncé in Her Own Words: Her Life, Her Body, Her Heritage“. Vogue (6-avgust 2018-yil). — „I researched my ancestry recently and learned that I come from a slave owner who fell in love with and married a slave.“. 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Dene, Lewis. „Beyoncé Dangerously In Love Review“. BBC. Qaraldi: 18-iyun 2013-yil.
- ↑ „B'Day by Beyoncé“. Amazon.com. Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
- ↑ Oxman, Steven. „Review: 'Carmen: A Hip Hopera'“. Variety (3-may 2001-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentyabr 2017-yil.
- ↑ Johnson, Malcolm „Knowles Powers Her Way To Stardom“. Hartford Courant (26-iyul 2002-yil). 10-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.(WebCite saytida 10-aprel 2011-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Ebert, Roger. „The Fighting Temptations Movie Review (2003) | Roger Ebert“. Chicago Sun-Times (19-sentyabr 2003-yil). 6-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentyabr 2017-yil.
- ↑ Martel, Ned.. „Jay-Z's Retirement Party, Preceding His Comeback“. The New York Times (5-noyabr 2004-yil). 9-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentyabr 2017-yil.
- ↑ 24,0 24,1 Otto, Jeff „Interview: Beyonce Knowles“. IGN (8-fevral 2006-yil). 30-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.(WebCite saytida 30-yanvar 2012-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Adler, Shawn; Richard, Yasmine „Beyonce, Etta James And 'Cadillac Records' Stars Come Out For Movie's Premiere“. MTV News (25-noyabr 2008-yil). 4-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.
- ↑ Neumaier, Joe „'Obsessed' starring Beyonce Knowles is more like 'Delayed Frustration' than 'Fatal Attraction'“. Daily News (24-aprel 2009-yil). 28-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.(Wayback Machine saytida 28-aprel 2009-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Montgomery, James „Beyonce Cast As Queen Tara In 3-D Animated Film 'Epic' Colin Ferrell, Amanda Seyfried and Aziz Ansari join Bey in the film, due in theaters May 2013.“. MTV News. 2-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2012-yil.
- ↑ Kroll, Justin „Beyonce Confirms Role as Nala in Disney's Live-Action 'The Lion King'“. Variety. Penske Media Corporation (1-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
- ↑ „HOMECOMING: A film by Beyoncé | Netflix Official Site“ (inglizcha). www.netflix.com. Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beyoncé haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- Rasmiy sayti (ingl.)
- Beyoncé diskografiyasi Discogsda
- Beyoncé IMDbda
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1981-yilda tugʻilganlar
- Beyoncé
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Amerikalik ayol modellar
- Amerikalik aktrisalar
- Afroamerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Afroamerikalik aktrisalar
- Amerikalik ayol filantroplar
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik ayol reperlar
- Afroamerikalik ayol reperlar
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar