Besaragota tizmasi
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Besaragota tizmasi — Nurota tizma togʻlarining janubi-gʻarbiy tarmogʻi, Navoiy viloyatida joylashgan. Eng baland joyi 556 m. Uzunligi 12 km. Jan.gʻarbiy yon bagʻirlari Nurota vodiysiga sekin-asta kiyalanib boradi va kuruq soylar bilan parchalangan. Shim.sharqiy yon bagʻirlari Nurota tizmasi yonidagi pastqamlikka tik tushgan. Paleogen va neogenning ohaktosh, qumtosh, gil va konglomeratlaridan tuzilgan. Tizmaning quyi yon bagʻirlari och boʻz, yuqori qismi esa tipik boʻz, mayda shagʻalli tuproqlar bilan qoplangan. Tuproqpar eroziyaga berilganligi tufayli yer usti tuzilishi oʻrqirli. Yon bagʻirlarida asosan shuvoq, efemerlardan suvrang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, arpaxon va boshqa keng tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |