Bayraktar TB2
Bayraktar TB2 | |
---|---|
Ukraina droni | |
Tavsifi | |
Turi | zarbdor UUA |
Loyihalovchi | Baykar Makina |
Ishlab chiqaruvchi | Baykar Makina |
Ilk parvoz | 2014-yil avgust |
Maqomi | seriyali ishlab chiqarishda |
Asosiy ekspluatant | |
Ekspluatantlar | |
umumiy soni | 257+ (2021-yil noyabr)[1] |
ishlablab chiqarish narxi | 6 mln. $ |
Narxi | ~69 mln. $ (majmua tarkibida 6 ta dron, 2 ta boshqaruv stantsiyasi, 200 ta oʻq-dori va qoʻshimcha moslamalar)[2] |
Asos model | TB2 |
Oʻlchamlari | |
Uzunligi | 6,5 m |
Ogʻirligi | 650 kg |
Qanotlari kengligi | 12m |
Bayraktar TB2 Vikiomborda |
Bayraktar TB2 (turkcha: Bayraktar TB2) Turkiyaning zarbdor operativ-taktik oʻrta-balandlikda uchuvchi UUAdir. 4 ta osma boshqariladigan oʻq-dorilarga ega boʻlgan Bayraktar TB2 osmonda 12 dan 24 soatgacha uchishi mumkin. Maksimal boshqaruv masofasi 150 km gacha[3]. Bu osmonda doimiy ravishda navbatchilik oʻtashga va nishonlarni aniqlagandan soʻng, oldingi chiziqqa oʻtib tezda raketalarni uchirishga imkon beradi (reaktsiya vaqti aviatsiyaga qaraganda ancha qisqa boʻladi va bu qisqa vaqt ichida mavjud boʻlgan nishonlarni samarali urish imkonini beradi). Ushbu dron „Baykar Makina“[4] xususiy kompaniyasi tomonidan layihalashtirilgan va ishlab chiqariladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyihani ishlab chiqish 2000-yillarda Baykar Makina tomonidan boshlangan. TB2 birinchi marta 2009-yilda ishga tushirilgan Bayraktar TB1 ga asosida ishlab chiqilgan.
Dronning ilk parvozi 2014-yilda amalga oshirilgan[5]. 2014-yilning iyun va avgust oylarida Bayraktar TB2 uchuvchisiz havo vositalari boʻyicha oʻrta balandlikdagi taktik UUA sinfida parvoz davomiyligi boʻyicha jahon rekordini yangiladi. U osmonda 8 km balandlikda 24 soat 34 daqiqa boʻlgan[6].
2014-yilda UAA birinchi marta Turkiya sharqida kurdlarga qarshi operatsiya vaqtida ishlatilgan.
2015-yil dekabr oyida UMTAS TQUMRKning test sinovlari boʻlib oʻtdi[7].
Konstruktsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]UAA kuzovi kompozit materiallardan tayyorlangan va avtomatik uchish va qoʻnish tizimi bilan jihozlangan. Agar kerak boʻlsa, qurilma yarim avtonom parvoz rejimida[8], yerdan boshqarilmasdan ishlashi mumkin.
UAA Kanada[9] Rotax 912 ichki yonuv dvigateli 100 ot kuchiga ega boʻlgan surish tipidagi parrak bilan jihozlangan. 2020-yil oktabr oyida Ikkinchi Qorabogʻ urushi paytida Ozarbayjon armiyasi tomonidan Togʻli Qorabogʻdagi arman qoʻshinlariga qarshi uchuvchisiz uchuvchi apparatlaridan foydalanganligi sababli Kanadaning Bombardier Recreational Products kompaniyasi tomonidan Turkiyaga dvigatellar yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan edi[10]. Bayraktar TV2 UAA uchun dvigatellar ishlab chiqarish imkoniyati Ukraina korxonalarida oʻrganilmoqda, ular allaqachon yuqori balandlikda ucha oladigan zarbdor UUA „Bayraktar Akinji“ uchun dvigatellar ishlab chiqarmoqda.
UAAning standart foydali yuki quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- modulli elektro-optik va infraqizil kameralar,
- boshqariladigan oʻq-dorilar yoki koʻp funksiyali AFAR radarlari[8] uchun lazerli uzoqnioʻlchagich va lazerli nishonkoʻrsatgich.
- Eski havo mudofaa tizimlarini zararsizlantirish uchun qurilmaga radioelektron urush[11] moduli oʻrnatilishi mumkin.
UAA dushmanning radioelektron urush uskunasidan himoyalangan, GPS tizimiga bogʻliq boʻlmagan avtonom navigatsiya tizimi[8] va past RCS ga ega.[12] Yuqori sifatli optoelektron tizimi (Kanadaning CMX-15d Wescam havo razvedka stantsiyasi ishlatiladi) tufayli, Bayraktar dronlari 7 km balandlikda nishonni urishi mumkin va bunda eskirgan yoki past-balandlikka uchuvchi havo mudofaa tizimlari[13] unga qarshi tura olmaydi.
Kanadaning Turkiyaga Wescam CMX-15 D optip-elektron modullarini yetkazib berishni taqiqlashi munosabati bilan 2021-yilning noyabr oyidan Bayraktar TB2 Turkiyada ishlab chiqarilgan Aselsan CATS optik-elektron tizimlari bilan jihozlana boshlandi[14][15][16].
Qurollanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagilarni koʻtara oladi:
- lazerli boshqariladigan va uchish masofasi 0,5-8 km boʻlgan 2 ta boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketa[7] yoki 8 km masofagacha boʻlgan statsionar va harakatlanuvchi obʼektlarga zarba bera oladigan, 4 ta sozlanishi yuqori aniqlikdagi Bozok, Roketsan MAM-C, MAM-L,[8][16] aviabombalari.
Buyurtmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yildan beri Turkiya 107 ta Bayraktar TB2ni[17] oʻz qurolli kuchlariga qabul qilib oldi.
2017-yilda, Qatarga[18] 3ta boshqaruv stantsiyalari bilan 6 ta TB2s UUAlar yetkazib berildi.
2018-yilda Ukraina umumiy qiymati 69 million dollarlik 6 ta dron, 3 ta boshqaruv stansiyasi va ular uchun raketalar sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi[6][18], yetkazib berish 2019-yilning noyabr oyida yakunlandi.2020-yil oktabr oyida Ukraina yana 48 ta dron sotib olish yoki birgalikda yigʻish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani maʼlum qildi[19] va shartnoma 2021-yil sentabr oyida imzolandi[20].
Polsha 24 dona dronga buyurtma bergan. Birinchi partiya 2022-yilda yetkazib berilishi kerak[21].
Operatorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ozarbayjon — 2020-yil holatiga koʻra miqdori nomaʼlum boʻlgan Bayraktar TB2[22][23]
- Qatar — 2020-yil holatiga koʻra 6 ta Bayraktar TB2 va 3 ta mobil boshqaruv stantsiyasi[24]
- Livan — 2020-yildan boshlab Liviya Milliy Kelishuv Hukumatining harbiylashtirilgan harbiylari tasarrufida mavjud[25][26]
- Tunis [ manba aniqlanmagan 71 kun ]
- Turkiya
- Turkiya quruqlik kuchlari — 2020-yil holatiga koʻra 33 ta Bayraktar TB2 bor [30]
- Turkiya dengiz kuchlari — 2020-yil holatiga Turkiya dengiz aviatsiyasida 4 ta Bayraktar TB2 mavjud [31]
- Turkiya jandarmeriyasi — 2021-yil holatiga koʻra 18 ta Bayraktar TB2 bor[27]
- Ukraina
- Turkmaniston — 2021-yil holatiga koʻra, 6 ta Bayraktar TB2 va 3 ta mobil boshqaruv stantsiyasi mavjud[31]
- Qirgʻiziston — 2021-yil holatiga koʻra Bayraktar TB2 ning nomaʼlum soni[32]
- Marokash — 13 ta Bayraktar TB2 buyurtma qilingan[33][34]
Jangovar qoʻllanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda TQRT UMTAS bilan dronning kurd otryadlariga qarshi muvaffaqiyatli jangovar ishlatilishi haqida rasmiy maʼlumotlar paydo boʻldi. Bu dronning eʼlon qilingan taktik va texnik xususiyatlarni tasdiqladi. Turkiya bayonotiga koʻra, 2016-yildan 2018-yilgacha ushbu uchuvchisiz uchoqlarning Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida bergan zarbalari bilan Kurdiston ishchilar partiyasi boʻlinmalarining bir qancha yetakchilari boshqa jangarilar bilan birga jami 400 ga yaqin kishi yoʻq qilingan[35][36].
Suriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning yanvar-aprel oylarida Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimoli-gʻarbidagi "Zaytun novdasi " operatsiyasi doirasida Bayraktardan boshqariladigan havo bombalari yordamida Turkiyada terrorchi deb topilgan 449 kishini yoʻq qildi[35][36][37].
Liviya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda Bayraktar TB2 Liviyada Xaftar armiyasiga qarshi[38] ishlatilgan. Liviyada „Gʻazab vulqoni“ operatsiyasi paytida (2019-2020) birinchi marta ushbu turdagi dronlar LMA tasarrufidagi „Pantsir C1“ havo mudofaa raketa tizimi tomonidan urib tushirildi[39]. Keyinchalik, Turkiyaning „Anadolu“ agentligi va Ukraina „Defence Express“ agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil iyuniga qadar ushbu dronlar yordamida LMAga tegishli kamida 7 ta Pantsir-C1 havo mudofaa tizimi (eksport versiyasi)[13][40][41][42], tanklar va boshqa texnikalar yoʻq qilingan. AQShning „Yaqin Sharq instituti“ maʼlumotlariga koʻra, „Pantsirey“ radarlari ilgari Turkiyaning KORAL radioelektron urush tizimlari tomonidan aniqlangan va ularga xalaqit berilgan, shundan soʻng „Pantsirey“ boshqariladigan raketa va artilleriya yordamida oʻqqa tutilgan yoki zarba beruvchi UUAlar bilan zarba berilgan[43]. LMA maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 31-martda Turkiyaning 10 ga yaqin Bayraktar TB2 droni urib tushirilgan[44], 20-aprelda TB2 yoʻqotishlari 20-28 tagacha koʻtarilgan, biroq mustaqil ekspertlar 20 dan kamrogʻi urib tushirilgan deb hisoblaydilar[45].
Suriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Bayraktar TB2“ UUA 2020-yil fevral oyi oxirida Turkiyaning Suriyaning Idlib viloyatida[46] Suriya Respublikasi hukumat kuchlari va hukumatga sodiq boshqa harbiy tuzilmalariga qarshi „Bahor qalqoni“ operatsiyasi chogʻida keng qoʻllangan. Turkiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bor-yoʻgʻi bir kechada turk armiyasi Suriya armiyasiga katta zarar yetkazgan: 23 ta tank, 23 ta artilleriya tizimi, 309 ta Suriya harbiysi, 5 ta vertolyot yoʻq qilingan, 2 ta Pantsir-C1 yoʻq qilingan yoki shikastlangan. Asosan Bayraktar va ANKA-S uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan nishonga yoʻnaltirilgan artilleriyadan foydalanilgan. Turkiyaning „KORAL“ radioelektron urush tizimlari Suriya havo mudofaasi radarlarini oldindan aniqladi va ularni „koʻr qildi“, keyin havo mudofaa tizimlari UUA zarbalari bilan yoʻq qilindi[47][48]. Shu bilan birga, A. I. Kots 26-28-fevral kunlari 191 nafar suriyalik harbiy xizmatchi halok boʻlganini va 293 nafari yaralanganini tasdiqladi, sabablarini koʻrsatmasdan turib, 23 tank, 16 piyoda jangovar mashina, 9 MLRS[49] yoʻq qilindi. Biroq, tez orada Suriya qoʻshimcha havo mudofaa kuchlarini ("Buk M2E " HHM tizimlari va boshqalar)[48][50] oldingi chiziqqa tortib, 3 kun ichida 4 tadan 6 tagacha Bayraktar va 2 ta ANKA-Sni urib tushirdi, shundan soʻng sulh tuzildi[51][52].
Togʻli Qorabogʻ
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil sentabr-noyabr: Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Togʻli Qorabogʻ uchun janglarda Turkiyaning Bayraktar TB2 rusumli dronidan faol foydalandi. Koʻp sonli tanklar, " Osa " ZRK, " Strela-10 "[53], OʻORT, katta kalibrli artilleriya va boshqa texnikalar[54], 1 ZRK „ Tor“[55]. Toʻqnashuv vaqtida Togʻli Qorabogʻ havo hujumidan mudofaa kuchlari 6 ta Bayraktar TB2[56] ni yoʻq qildi.
Ukraina
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 26-oktabrda Ukraina Qurolli Kuchlari ilk marta Bayraktar TB2 dan DXRga qarshi janglarda foydalandi[57]. Dron zarbasi bilan 122 millimetrli D-30 gaubitsasini yoʻq qilindi, gaubitsa 15 km masofadan Granit qishloğidagi Ukraina pozitsiyalarini oʻqqa tutayotgan edi. [lower-alpha 1] [lower-alpha 2]
Mutaxassislarning fikrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyaning Enix kompaniyasi (UUA ishlab chiqaruvchisi) bosh konstruktori V.Pobejimovning soʻzlariga koʻra, bunday UUAlardan faqatgina havo hujumidan mudofaa tizimi va radar razvedkasi mavjud boʻlmagan mahalliy ziddiyatlar sharoitda foydalanish mumkin. Shu bilan birga, Togʻli Qorabogʻning havo mudofaasi bilan xizmat qiladigan „Repellent“ tipidagi radielektron urush vositalari va ularning analoglaridan UUAni boshqarish kanallarini bostirish uchun foydalanish har doim ham samarali emas, chunki ularning diapazoni kichik (10 km dan kam)[58]. Bayraktar kabi past tezlikdagi UUAlar radar tizimlari tomonidan aniqlangandan soʻng, braziliyaning Embraer EMB 314 Super Tucano kabi pulemyot yoki toʻp bilan qurollangan past tezlikdagi turbovintli qiruvchi samolyotlarga hujumiga nisbatan juda zaif boʻlishi mumkin.
Yoʻqotishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlum holatlar:
- 2018-yilning 2-iyulida Turkiya harbiy-havo kuchlarining modernizatsiya qilingan Bayraktar TB2 droni katta ehtimol bilan dvigatelining ishdan chiqishi oqibatida Hatay[59] viloyatida qulagan.
- 2019-yil dekabr oyida LMA Tripoli yaqinidagi Ayn Zarahda Turkiyaning ikkita Bayraktar TB2 dronini urib tushirganini eʼlon qildi[60]
- 2020 -yil 2-yanvar kuni Turk Qurolli Kuchlarining Bayraktar TB2 droni LMA kuchlari tomonidan Tripoli yaqinidagi Mitiga[61][62][63] aeroportidan janubda urib tushirildi.
- 2020-yil 25-fevralda Turk Qurolli Kuchlarining Bayraktar TB2 droni LMAga BAA tomonidan taqdim etilgan „Pantsir C1“ havo mudofaa raketa tizimi tomonidan urib tushirildi[64][65][66][67].
- 2020-yil 3-mart kuni Turkiya Qurolli kuchlarining Bayraktar TB2 droni Halab viloyatining gʻarbiy qismida SAA kuchlari tomonidan urib tushirildi[68][69][70][71].
- 2020-yil 4-mart kuni Turkiya Qurolli kuchlarining Bayraktar TB2 droni Idlibda urib tushirildi[52][72][73].
- 2020-yil, 9-mart kuni Bayraktar TB2 turk droni havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay Suriya bilan chegaraga yaqin joyda va mamlakat janubidagi Batman aerodromi yaqinida, qulab tushdi[74][75][76].
- 2020-yil 18-mart kuni ANNA News jamoasi Saraqib shahrida urib tushirilgan turkiyalik Bayraktar TB2 dronining qoldiqlari topilgani haqida xabar berdi[77][78].
- 2020-yil 30-mart kuni Bayraktar TB2 MKH Tripoli janubida LMA kuchlari tomonidan urib tushirildi[79][80][81][82][83].
- 2020-yil 4-aprelda MKHning Bayraktar TB2 droni LMA kuchlari tomonidan Liviya shimolidagi Sirte[84][85][86] shahrida urib tushirildi.
- 2020-yil 13-aprelda MKHning Bayraktar TB2 droni LMA kuchlari tomonidan Mitiga aeroporti yaqinida urib tushirildi[87][88].
- 2020-yil 16-aprelda MKHning Bayraktar TB2 droni LMA kuchlari tomonidan Beni Validdan[89][90][91] shimoliy-sharqda 10 km uzoqda urib tushirildi.
- 2020-yil 18-apreldaMKHning Bayraktar TB2 droni Tripoli janubida LMA kuchlari tomonidan urib tushirildi[92][93][94].
- 2020-yil 2-may kuni Bayraktar TB2 Mitiga aeroportining janubida, Tripolining Arad hududidagi turar-joy binosiga qulab tushdi[95][96][97].
- 2020-yil 9-may kuni LMA harbiy axborot boʻlimi LMA havo mudofaa tizimlari Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchoqlariga hujum qilib, Ayn-Zardagi al-Kabail yaqinida urib tushirilgani haqida xabar berdi.
- 2020-yil 12-may kuni LMA 82-piyoda bataloni vakillarining soʻzlariga koʻra Al-Shvareyf mintaqasi yaqinida LMA havo mudofaa vositalari turk UUAni urib tushirishga muvaffaq boʻlgani haqida xabarlar paydo boʻldi. LMA Harbiy maʼlumot departamenti, shuningdek fotomateriallar taqdim etdi, bu esa UUA Bayraktar TB2 modeli ekanligini koʻrsatdi.
- 2020-yil 19-oktabrda TQR mudofaa armiyasi Bayraktar TB2 havo hujumidan mudofaa boʻlinmasi[98][99] tomonidan oʻqqa tutilganini eʼlon qildi. TQR mudofaa armiyasi CMX-15D optikelektron tizimini qoʻlga kiritgan[100] Kanadalik ishlab chiqaruvchi kompaniya ushbu tizimni Turkiyaga yetkazib berishni taqiqlaganini eʼlon qildi[101][102]. Malumot uchun, 1 dona Wescam CMX-15D modulining narxi 1 million dollardan ortiq[103] turadi.
- 2020-yil 20-oktabr kuni Bayraktar TB2 Togʻli Qorabogʻdagi jangovar zonada TQR mudofaa armiyasining havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan. Armaniston Mudofaa vazirligi maʼlumotni qoʻllab-quvvatlash uchun UUA[104][105] vayronalari fotosuratlarini eʼlon qildi.
- 2020-yil 22-oktabrda TQR mudofaa armiyasi yana bir Bayraktar TB2 samolyoti yoʻq qilinganini eʼlon qildi, shu bilan birga urib tushirilgan uchuvchisiz samolyot koʻrsatilgan boʻlishi mumkin boʻlgan fotosuratlar chop etilgan va 20-oktabrda eʼlon qilingan[106]. Shundan soʻng, Kanadaning „Bombardier“ kompaniyasi Turkiyaga oʻzining Rotax samolyot dvigatellarini yetkazib berishni toʻxtatganini eʼlon qildi[107].
- 2020-yil 8-noyabrda Bayraktar TB2 Togʻli Qorabogʻda TQR mudofaa armiyasining havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi[108][109].
Liviyadagi Al-Masdar News nashriga koʻra, 2020-yilning oʻzida[110] Pantsir-S havo mudofaa raketa tizimilari tomonidan 47 ta Bayraktar TB2 yoʻq qilingan,[111]. Taxminlarga koʻra, Turkiya 2019-yilda Liviyadagi MKH kuchlariga 6 ta birlikdan 2 ta komplekt yetkazib bergan. Ulardan kamida 6 tasi BAA tomonidan LMA kuchlariga yetkazib berilgan Xitoyning Wing Loong II dronlari tomonidan Mitiga (Tripoli) aeroportidagi bazada yoʻq qilingan. 2019-yil oxirida Turkiya 6 ta Bayraktardan iborat 3-toʻplamni MKHga topshirdi.[112]…
ZRK „Pantsir-C1“ „Bayraktar“ga qarshi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 19-dekabr kuni Rossiya Aerokosmik kuchlari (VKS RF) zenit-raketa qoʻshinlari boshligʻining oʻrinbosari Yuriy Muravkin Bayraktar dronlari haqida gapirar ekan: „Bu juda oson nishon, Pantsir uchun juda mazali“, dedi. Uning soʻzlariga koʻra, Bayraktar shunday tezlik va massa oʻlchovli xususiyatlarga egaki, „qoniqarli“ baho olish uchun tayyorlangan harbiylar uchun ham dronni urib tushirish qiyin ish emas[113].
Matbuotda va tahliliy maqolalarda „Pantsir C1“ va „Bayraktar“ oʻzaro jang sharoitida bir-birini yoʻq qilishda samaradorligini solishtirishga koʻp urinishlar boʻlgan.[9][13][41][42][45]. AQSh Mudofaa vazirligi tahlilchisi 2019-2020-yillarda Liviya va Suriyadagi mojarolar paytida Turkiyaning 19 ta Bayraktar TB2 (har bir birlik uchun 2,5 million dollar) yoʻqotishlarining taxminiy qiymatini 47,5 million dollarga baholadi, bu esa ushbu UUAlar tomonidan yoʻq qilingan 8 ta „Pantsir C1“ havo mudofaa raketa tizimlarining 112 million dollarilik eksport narxidan 2 barobar kamdir. Tanklar va boshqa zirhli transport vositalari, artilleriya va raketa tizimlarining UUA zarbalari natijasida yoʻq qilingan narxini hisobga olsak, yoʻqotish nisbati Bayraktar foydasiga yanada yuqoriroqdir. Rossiyalik tahlilchilar yoʻqotishlarning boshqa nisbati va ularning qiymatini keltirib oʻtishadi: 1 Bayraktar TB2 eksport qiymati 5 million dollar va urib tushirilgan 54 Bayraktar, ular tomonidan yoʻq qilingan 9 ta „Pantsir C1“ havo mudofaa raketa tizimlari eksport qiymati bir birlik uchun 14 million dollar boʻlishini hisobga olsak, 9 ta „Pantsir C1“ ning umumiy qiymati 270 million dollar boʻlsa. 54 ta Bayraktar 126 million dollarga tushmoqda va bu shuni koʻrsatadiki Bayraktar narx jihatidan ancha ustunlikka ega.[114].
Texnik xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Uzunligi: 6,5 m
- Qanotlari kengligi: 12 m
- Maksimal uchish ogʻirligi: 650 kg[115]
- ichki yonuv dvigateli: 100 ot kuchiga ega surish tipidagi Rotax 912. parragi bilan.
- Foydali yuk: 150 kg[116] gacha (oʻq-dorilar — 95 gacha) foydali yuk[8], shu jumladan 55 kg — elektro-optik kuzatuv va Kanada ishlab chiqarilgan Wescam CMX 15D lazer koʻrsatgich[117].
- Maksimal tezlik: 222 km/soat
- Kruiz tezligi: 130 km / soat
- Yerdagi stansiyadan boshqarish radiusi — 150 km[3][115]
- Maksimal uchish balandligi: 8200 m
- Avtonomligi: 27 soat[8][118] [1] (Wayback Machine saytida 2021-10-28 sanasida arxivlangan)
- Zarba masofasi 8 kmgacha boʻlgan boshqariladigan raketalar uchun 4 ta osma punkti (MAM-L — GPS / INS dan foydalanganda 14 km)[16][119]
- TQZR UMTAS — 37,5 kg
- sozlanishi rejali aviabombasi MAM-C (yuqori portlovchi parchalanish yoki zirhni teshuvchi yonuvchan kallagi bilan) — 6,5 kg[120]
- sozlanishi rejali aviabomba MAM-L (yuqori portlovchi parchalanish, zirh teshuvchi yoki termobarik kallak bilan) — 22 kg[121]
- 16 kg ogʻirlikdagi sozlanishi rejali aviabomba Bozok[122]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Bayraktar TB2
-
Dronelarni ishlab chiqish guruhi
-
Dron Bayraktar TB2. Saros koʻrfazida quyosh chiqishi paytida 6000 metr balandlikda quyruq kamerasi bilan suratga olingan.
-
Bayraktar TB2 4 ta boshqariladigan havo bombasi (2 MAM-C va 2 MAM-L) bilan parvoz qilmoqda.
-
2015-yilda Baykar stendida, IDEF 2015
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shahed 129
- Bayraktar Mini UUA
- Selchuk Bayraktar
- Bayraktar Akınji
- TAI Aksungur
- Kargu
- Orion (UUA)[123]
- „ Korsar“ (UUA)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bayraktar TB2, 400 bin uçuş saatini başarıyla tamamladı“. 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Украина купила у Турции шесть ударных беспилотников за $69 млн, – СМИ“ (ru). ФОКУС. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „UK wants new drones in wake of Azerbaijan military success“ (en). the Guardian (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
- ↑ Tureskiy udarniy bespilotnik Bayraktar TB2 // warfiles.ru.
- ↑ Bayraktar TB2.
- ↑ 6,0 6,1 Ukraїna kupuє tureskі udarnі BPLA.
- ↑ 7,0 7,1 Tamir Eshel. „Turkish UMTAS Missile Dropped From a Bayraktar Tactical Drone“ (en-US). Defense Update: (2015-yil 19-dekabr). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 „BAYKAR Unmanned Aerial Vehicle Systems“. baykardefence.com. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
- ↑ 9,0 9,1 Kanada lishila Tursiyu dvigateley dlya „ubiys“ rossiyskix „Pansirey“ // Лента. Ру, 21 noyabrya 2020
- ↑ Canada suspends exports of military drone technology to Turkey // CBC News, 5-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Турецким беспилотникам приписали фантастические успехи в Сирии“ (ru). ВЗГЛЯД.РУ. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Turkish Drones in Libya, EW Systems in Syria “Game-Changing”: UK Defense Secretary“. www.defenseworld.net. — „“Both drones can endure EW threats... and TB-2s' small radar cross-section (RCS) value helped us win against vulnerable Syrian tanks,”“. 2021-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Юрий Кнутов. „Почему «Панцири» несут потери в Ливии?“ (ru). Еженедельник «ЗВЕЗДА». Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ „В Турции заключен контракт на поставку ASELSAN CATS для Bayraktar TB2 - ФОТО“ (ru). Eurasia Diary. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „ASELSAN CATS order for Bayraktar TB2“ (en-US). Livik (2021-yil 12-noyabr). 2021-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „BAYKAR Unmanned Aerial Vehicle Systems | Payload Systems“. www.baykartech.com. 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „ЦАМТО / Новости / Компания Baykar Makina увеличила количество проданных БЛА «Байрактар TB2» до 107 ед.“. armstrade.org. 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ 18,0 18,1 Burak Ege Bekdil. „Turkish firm to sell drones to Ukraine in $69 million deal“ (en-US). Defense News (2019-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
- ↑ DAILY SABAH. „Ukraine considers buying 48 Bayraktar TB2 drones from Turkey“ (en). Daily Sabah (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
- ↑ V Tursii obʼyasnili, zachem prodayut orujie „protivniku Rossii“ // РИА Новости, 30.09.2021
- ↑ Poland to become first NATO country to buy Turkish drones (Reuters. 22-may 2021-yil. Retrieved 22-may 2021-yil.)
- ↑ Burak Ege Bekdil. „Azerbaijan to buy armed drones from Turkey“ (en-US). Defense News (2020-yil 25-iyun). Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ Joseph Trevithick and Thomas Newdick. „Everything We Know About The Fighting That Has Erupted Between Armenia And Azerbaijan“. The Drive. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ „ЦАМТО / Новости / Минобороны Катара продемонстрировало применение БЛА «Байрактар» TB2 в ходе учений“. armstrade.org. 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ „Еще один турецкий ударный беспилотник Bayraktar TB2 сбили в Ливии“. Российская газета. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ Alex Gatopoulos. „ʻLargest drone war in the worldʻ: How airpower saved Tripoli“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ The Military Balance 2021,p.155
- ↑ The Military Balance 2021. — P. 210
- ↑ „На Украине пообещали применить Bayraktar TB2 для уничтожения российских кораблей“. lenta.ru. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
- ↑ „ВМС Украины получили первый ударный беспилотник из Турции“. Interfax.ru. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Türkmenistanʻa Bayraktar TB2 İhracatı | SavunmaSanayiST“ (tr) (2021-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Киргизия первой из стран ОДКБ получила от Турции ударные дроны Bayraktar“ (ru). Interfax.ru. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ „Morocco receives first Turkish Bayraktar TB2 Unmanned Aerial Vehicle“. www.airrecognition.com. 2021-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Турция начала поставлять в Марокко беспилотники Bayraktar TB2 | Ekonomicheskie Novosti“ (ru). enovosty.com (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ 35,0 35,1 Umar FarooqUmar FarooqMay 14 2019, 10:00 A.m. „How Turkey Defied the U.S. and Became a Killer Drone Power“ (en). The Intercept. — „According to official sources, Turkish TB2s carrying Turkish-made guided bombs killed 449 people in northwestern Syria between January and April 2018.“. Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
- ↑ 36,0 36,1 © ИноСМИ ru 2000-2020. „The Intercept (США): вторая эра дронов“ (ru). ИноСМИ.Ru (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
- ↑ Necdet Özçelik. „skeri harekâtların kuvvet çarpanı: İnsansız hava araçları“ (2018-yil 19-aprel).
- ↑ Libya: Turkish-made Bayraktar TB2 UAV seen at the GNA-held airbase (Wayback Machine saytida 2021-12-22 sanasida arxivlangan) // africanmilitaryblog.com
- ↑ Turning the Tide. Jason Pack, Wolfgang Pusztai. Middle East Institute. 10-noyabr 2020-yil
- ↑ „Истребление турецкими Bayraktar TB2 российских «Панцирь-С1» назвали геноцидом“. lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ 41,0 41,1 „В России объяснили геноцид «Панцирей» турецкими Bayraktar TB2“. lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ 42,0 42,1 „«Геноцид» российских «Панцирей» объяснили «мертвой воронкой»“. lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ „Turning the Tide: How Turkey Won the War for Tripoli“ (en). Middle East Institute с. 12 (2020-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Силы ПВО Хафтара сбили очередной турецкий беспилотник Bayraktar TB2“. Российская газета (2020-yil 31-mart). — „Bayraktar TB2, которые обслуживаются и управляются турецким персоналом, активно используют для ударов по различным объектам, позициям, военной технике и живой силе ЛНА. Порой такие атаки бывают достаточно эффективными. В то же время значительны потери и самих беспилотников. По разным оценкам, сбито уже около десятка таких дронов.“. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
- ↑ 45,0 45,1 „"Панцири" успешно охотятся на турецкие ударные беспилотники в Ливии“. Российская газета (2020-yil 20-aprel). — „Всего же, по данным ряда источников, с ноября прошлого года по настоящее время расчеты находящихся в Ливии "Панцирей" уничтожили 28 боевых беспилотников Bayraktar TB2. Независимые эксперты считают, что эти цифры завышены: реально сбиты менее двух десятков.“. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ Erdogan sdal trassu M4 radi peremiriya
- ↑ „How Turkey Won the Electronic Warfare Battle Against Syria in Idlib“. www.defenseworld.net. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ 48,0 48,1 „Использование ударных дронов в Идлибе: какие выводы может сделать Россия“. ТАСС (2020-yil 16-mart). — „Было заявлено, что системы радиоэлектронной борьбы Турции сыграли "жизненно важную роль", позволив беспилотникам уничтожить сирийские системы ПВО, несмотря на закрытие российской группировкой и правительственными войсками Сирии воздушного пространства над Идлибом. По словам министра обороны Турции Хулуси Акара, только за одну ночь армия обстреляла более 200 целей, уничтожив пять вертолетов, 23 танка, 23 артиллерийских орудия, зенитные ракетные комплексы "Бук" и "Панцирь", а также 309 солдат сирийских войск. В атаке участвовали самые современные оперативно-тактические беспилотники Bayraktar TB2 и многоцелевые TAI Anka. Именно их массированное применение обеспечило невиданный успех турецкой армии.“. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „Сирия понесла тяжелые потери, но сбила 12 беспилотников Турции“ (ru-RU). Политнавигатор (2020-yil 3-mart). — „«Показали только что в одной курилке потери сирийских правительственных сил с 26 по 28 февраля. Не турецкие, конечно, бравурные агитки, но потери серьезные. 191 погибший, 293 раненых, уничтожены либо повреждены: 23 танка, 16 БМП, 9 РСЗО», – перечислил Коц в своем блоге. Кроме того, по его данным, «ударом по наблюдательному пункту иранцев убиты 43 КСИРовца». «Сирийцы в общем сбили 12 турецких беспилотников. Пять – Анка и семь – Байрактар. Сбивали Панцирями и Буками», – уточнил он успехи Дамаска.“. 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
- ↑ „«Панцирь» держит удар / Вооружения / Независимая газета“. nvo.ng.ru. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „Turkeyʻs Drone War in Syria – A Red Team View | Small Wars Journal“. smallwarsjournal.com. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ 52,0 52,1 „Syrian Army shoots down Turkish drone in Idlib, 10th in 3 days: photo“ (en). Al-Masdar News[en] (2020-yil 4-mart). 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „В России признали господство турецких Bayraktar TB2 над Карабахом“. lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ Joseph Trevithick and Thomas Newdick. „Everything We Know About The Fighting That Has Erupted Between Armenia And Azerbaijan“. The Drive. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ „На Ходжавендском направлении фронта уничтожен вражеский ЗРК «Тор-M2KM»: видео“. 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Александр Бухаров. „НЕБО КАРАБАХА“. Арсенал Отечества. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
- ↑ „Первый удар турецкого беспилотника Bayraktar в Донбассе показали на видео“. lenta.ru. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Казанский «Эникс»: «Турецкие беспилотчики предлагали нам сотрудничать»“ (ru). БИЗНЕС Online. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
- ↑ „Turkish Air Force Bayraktar TB-2S armed drone crashed in Hatay province“ (en). Fighter Jets World (2018-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „Libya: LNA Downs Two Turkish Drones in Tripoli“ (en). Asharq AL-awsat. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ Tyler Durden. „Libyan Rebels Shoot Down Turkish Plane Moments After Ankara Approves Sending Troops“ (en). ZeroHedge[en] (2020-yil 2-yanvar).
- ↑ „Libyan forces claim to have shot down Turkish aircraft after Haftar declares 'jihad' on Ankara“ (en). RT (2020-yil 3-yanvar).
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2 drone, 02-Jan 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The military drone was reportedly shot down by LNA armed forces.“. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Libyan Army shoots down Turkish aircraft in southern Tripoli“ (en). Al-Masdar News[en] (2020-yil 25-fevral). 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „«الجيش الليبي يسقط طائرة تركية جنوب طرابلس»“ (ar). Al-Hadath[en] (2020-yil 26-fevral).
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2, 25-Feb 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „It was shot down by LNA armed forces short after take off.“. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ Kazim Abdul. „Libya: LNA shoots down GNA TB2 Bayraktar UAV“ (en-US). Military Africa (2020-yil 25-fevral). Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „Syrian Army shoots down Turkish military drone in western Aleppo: photos“ (en). Al-Masdar News[en] (2020-yil 3-mart). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Two Turkish Air Force Drone Reportedly Shot Down By Syrian Air Defense Over Idlib“ (en). Fighter Jets World (2020-yil 3-mart).
- ↑ „In Photos: Syrian Troops Shot Down Turkish Bayraktar TB2 Combat Drone Near Saraqib“ (en). SouthFront (2020-yil 3-mart). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2, 03-Mar 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The Turkish military drone was shot down by the Syrian Army.“. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ „In Photos: Turkish Combat Drone Shot Down By Syrian Army In Greater Idlib“ (en). SouthFront (2020-yil 4-mart). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar Tactical UAS, 04-Mar 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The Turkish drone was shot down by the Syrian Arab Army.“. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Turkish Bayraktar TB2 Combat Drone Crashed Near Syrian Border“ (en). SouthFront (2020-yil 10-mart). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Batmanʻda İHA düştü“ (tr). Gazete İlk Sayfa (2020-yil 9-mart).
- ↑ „Batmanʻda Bayraktar TB2 düştü“ (tr). AirTurkHaber.com (2020-yil 9-mart).
- ↑ „Wreckage Of Turkish Combat Drone Uncovered In Southeast Idlib (Photos)“ (en). LATEST NEWS (2020-yil 18-mart). 2020-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „ANNA-NEWS“. Telegram. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „LNA Downs Another Turkish Bayraktar Drone Loaded at Mitiga Airbase“ (en). Al Marsad (2020-yil 31-mart).
- ↑ „New drone shot down south of Tripoli“ (en). ItaMilRadar (2020-yil 26-may).
- ↑ „Made in Turkey, Destroyed in Libya. Another BAYRAKTAR TB2 Combat Drone Downed“ (en). Mideast Discourse (2020-yil 31-mart).
- ↑ „Made In Turkey, Destroyed In Libya. Another Bayraktar TB2 Combat Drone Downed (Photos, Videos)“ (en). SouthFront (2020-yil 31-mart). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2, 30-Mar 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The military drone was shot down by LNA armed forces.“. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Libyan National Army Shoots Down Turkish Bayraktar TB2 Drone Operated By GNA“ (en). Fighter Jets World (2020-yil 5-aprel).
- ↑ „Libyan National Army Shot Down Another Turkish Bayraktar-TB2 Combat Drone (Photo)“ (en). SouthFront (2020-yil 5-aprel). 2020-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2 drone, 04-Apr 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The GNA drone was shot down by Lybian National Army (LNA) armed forces.“. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
- ↑ Fahad Shabbir. „Libya's Eastern-Based Forces Say Downed Turkish Drone In Over Tripoli“ (en). UrduPoint[en] (2020-yil 14-aprel).
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2 drone T94, 13-Apr 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The GNA military drone was apparently downed upon takeoff by armed forces of the Libyan National Army (LNA).“. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Libya becomes graveyard for Turkish drones as 3 more shot down“ (en). Al-Masdar News[en] (2020-yil 17-aprel). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Turkish Combat Drones Continue Falling In Libya (Photos)“ (en). SouthFront (2020-yil 17-aprel). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2 drone T95, 16-Apr 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The military Turkish drone was downed by armed forces of the Libyan National Army (LNA).“. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
- ↑ „الجيش الليبي يسقط طائرة تركية مسيرة جنوب طرابلس“ (ar). Sky News Arabia[en] (2020-yil 18-aprel).
- ↑ „Libyan Army Shoots Down Another Turkish Bayraktar Combat Drone (Videos)“ (en). SouthFront (2020-yil 18-aprel). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2 drone, 18-Apr 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The Turkish military drone was downed by armed forces of the Libyan National Army (LNA).“. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Al-Heliq: International Community Must Withdraw Recognition from the GNA and Stop Turkish Invasion of Libya“ (en). Al Marsad. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „Another Turkish Bayraktar Combat Drone Crashes In Libya (Photos)“ (en). SouthFront (2020-yil 2-may). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Harro Ranter. „Incident Bayraktar TB2 drone, 02-may 2020-yil“ (en). Aviation Safety Network. — „The Turkish made drone was shot down by armed forces of the Libyan National Army (LNA).“. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Турецкий беспилотник с канадской видеокамерой: в Минобороны Армении раскрыли детали“. Sputnik (2020-yil 20-oktyabr).
- ↑ „Armenian forces shoot down Turkish and Israeli-made drones: video“ (en). Al-Masdar News[en] (2020-yil 20-oktyabr). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Karabakh displays wreckage of Turkish Bayraktar drone“ (en). PanARMENIAN.net (2020-yil 20-oktyabr).
- ↑ „Payload Systems“ (en). Baykar. 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ Levon Sevunts. „Armenia claims it found Canadian tech on downed Turkish drone“ (en). Canadian Broadcasting Corporation (2020-yil 20-oktyabr).
- ↑ „Federal Contract Opportunity for L-3 MX-15D Sensor Turrets“. govtribe.com (2017). Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ „Armenian forces shoot down another Turkish drone over Karabakh: photos“ (en). Al-Masdar News[en] (2020-yil 21-oktyabr). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „In Photos: Armenia Shows Turkish Bayraktar TB2 Drone Downed In Karabakh“ (en). SouthFront (2020-yil 20-oktyabr).
- ↑ SouthFront. „Armenians Claim They Shot Down Another Bayraktar TB2 Over Nagorno-Karabakh (Video, Photos)“ (en) (2020-yil 22-oktyabr). 2021-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „Bombardier Recreational Products suspends delivery of aircraft engines used on military drones | CBC News“. CBC.
- ↑ „Armenia claims it shot down Azerbaijani Bayraktar TB2 combat drone“ (en-US). defence-blog.com (2020-yil 8-noyabr). 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ Шушан Степанян, пресс-секретарь Минобороны Армении. „Shushan Stepanyan“ (ru). www.facebook.com. 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
- ↑ Turkish Bayraktar and Russian Pantsir: Has Turkey Gained Advantage over Russian Weaponry? 24.12.2020
- ↑ „Turkish Bayraktar vs Russian Pantsir: Has Turkey gained the advantage over Russian weaponry?“ (en-US). AMN - Al-Masdar News | المصدر نيوز (2020-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
- ↑ Military Africa. „Drone war in Libya: Wing Loong II versus Bayraktar TB2“ (en-US). Military Africa (2019-yil 26-sentyabr). 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Минобороны считает турецкий беспилотник Bayraktar легкой целью для ПВО“. ТАСС. — „"Во всем важны нюансы. Если в "Панцире" нет расчета, если расчет стоит на улице, если "Панцирь" не находится в боевом режиме, то это просто полигонная цель для тренировки расчетов Bayraktar, - пояснил Муравкин, отвечая на вопрос корреспондента о причинах уничтожения комплексов ПВО расчетами беспилотников в Сирии и Ливии. ЗРПК "Панцирь-С" несет вооружение из двух 30-миллиметровых пушек, каждая из которых способна делать до 40 выстрелов в секунду, а также 12 зенитных ракет. Комплекс способен поражать воздушные цели, летящие на скорости до 1000 м/с (3М), на дистанции до 20 км“. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Турецкие БЛА Bayraktar TB2 оказались беззащитны перед российскими ЗРПК «Панцирь-С1»“ (ru). versia.ru. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
- ↑ 115,0 115,1 „Война будущего. Как конфликт в Карабахе повлияет на развитие военных беспилотников“. BBC News Русская служба. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
- ↑ Baykar. „The Bayraktar TB2“. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
- ↑ Web manbasi|language=eng|url=https://www.baykarsavunma.com/upload/ingilizce/Baykar_catalog_eng.pdf%7Ctitle=Bayraktar[sayt ishlamaydi] TB2 Tactical UAV|author=Baykar|date=2020|archiveurl=https://web.archive.org/web/20200522171929/https://www.baykarsavunma.com/upload/ingilizce/Baykar_catalog_eng.pdf%7Carchivedate%3D2020-05-22
- ↑ Tureskiy udarniy BPLA „Bayraktar TB2“
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:8
- ↑ Roketsan. „Roketsan - MAM-C Smart Micro Munition“ (en). Roketsan. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ Roketsan. „Roketsan - MAM-L Smart Micro Munition“ (en). Roketsan. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „Киллеры танков: Что могут турецкие беспилотники, которые закупила Украина – новости АТО“ (ru). www.depo.ua. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
- ↑ „Мощнее Bayraktar: эксперт рассказал о российском БПЛА "Орион"“ (ru). Sputnik Армения. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found