Havo hujumidan mudofaa
Havo hujumidan mudofaa(qisq. HHM) — dushmanning havo hujumi vositalaridan himoya qilishni (mudofaani) taʼminlash boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar majmuidur. Zenit raketa qoʻshinlari, zenit artilleriyasi, qiruvchi aviatsiya va boshqa kuch va vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy vazifasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havo hujumidan mudofaa majmuining asosiy vazifasi dushman havo hujumi boshlanishini aniqlash, u haqida ogohlantirishdan hamda dushmanning zarbdor uchoqlari va vositalarini havoda yoʻq qilishdan iborat. Bundan tashqari, dushmanning havo razvedkasi vositalariga, havo desantlariga qarshi parvoz chogʻida kurash olib borishga, havoda hukmronlikni qoʻlga kiritishda qatnashishga qodir. Ana shu vazifalarni bajarish uchun Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari tinchlik davrida jangovar navbatchilikda turadi. Urush davrida esa quruqlikdagi qoʻshinlarning havo hujumiga qarshi qoʻshinlari va qismlari hamda harbiy havo kuchlari bilan birgalikda respublika va Qurolli Kuchlarning Havo hujumidan mudofaa m. yagona tizimini tashkil etadilar.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |