Kontent qismiga oʻtish

Bayan Yessentayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bayan Yessentayeva

Bayan 2015-yilda Astana TV telkanalida
Tavalludi 9-yanvar 1974-yil (1974-01-09) (51 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi prodyuser, aktrisa, teleboshlovchi, qoʻshiqchi
Turmush oʻrtogʻi Tursungali Alaguzov
Bolalari Aisaule, Ayaru

Bayan Maksatovna Alaguzova (qizlik familyasi: Muxitdenova; qozoqcha: Баян Мақсатқызы Есентаева (Мұхитденова); 1974-yil 9-yanvarda tugʻilgan[1]) – qozog‘istonlik prodyuser, teleboshlovchi, aktrisa va qoʻshiqchi. U 1993-yilda „Mahabbat beketi“ melodramasidagi roli bilan shuhrat qozondi, shundan soʻng uzoq vaqt davomida televideniyada jurnalist va boshlovchi boʻlib ishladi. 2006-yildan beri u Qozog‘istonning KeshYOU musiqiy guruhi va yakka ijrochilar Janar Dugalova va Yerke Esmaxanga prodyuserlik qilib keladi. 2010-yildan beri bir nechta filmlar va teleseriallarda suratga tushdi.

Bayan Muxitdenova 1974-yil 9-yanvarda Qozogʻistonning Oʻral shahrida ovoz muhandisi Maksat Zaylagievich Muxitdenov va aktrisa Guljamal Aydarovna Muxitdenovalar oilasida tugʻildi. U Kichik juzlarning Bayuli qabilasining Maskar urugʻidan. Uning soʻzlariga koʻra, bolaligidan qoʻshiqchi boʻlishni orzu qilgan, ammo onasi bunga qarshi boʻlib, oʻqituvchi boʻlishini xohlagan. Bayan Pedagogika institutiga oʻqishga kirdi, lekin uch yil oʻqiganidan soʻng, ota-onasidan yashirincha, kino fakultetiga oʻtib ketdi.

Jurnalistlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayan Muxitdenova birinchi 1993-yilda „Mahabbat beketi“ filmi orqali shon-shuhrat qozondi, unda Muxitdenova bosh qahramonning sevgilisi rolini oʻynadi[2]. Birinchi muvaffaqiyatdan soʻng, uzoq vaqt tanaffus qildi. 1994-yilda 20 yoshida Bayan Muhitdenova Baxitbek Yesentayevga turmushga chiqdi va uning familiyasini oldi.

Qozogʻiston milliy universitetining telejurnalistika fakultetini tugatgandan soʻng Tan telekanalida oʻzining „Jyoltiy salon“ telekoʻrsatuvini ochgunga qadar 7 yil davomida yangiliklar jurnalisti boʻlib ishladi[3]. Tan kanali yopilgandan soʻng, ikki yil davomida NTK telekanalida „Na shpilke“ dasturini olib bordi[4].

Prodyuserlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Bayan Yesentayeva KeshYou guruhining prodyuseri boʻldi. „Jas Kanat“ va „Osiyo ovozi“ tanlovlari sovrindori boʻlgan Bayan 2008-yilda „Azbuka lyubvi“ va „Shine“ qoʻshiqlarini yozdi. Bundan tashqari, u bir muddat „Collection“ va „Gashiktar Alemi“ jurnallarining bosh muharriri boʻldi. 2010-yilda Bayan Yesentayevaning Shine Production kompaniyasi „Gʻashiq jurek ili Kokteyl dlya zvezdi“ filmini suratga oldi va u yerda Bayan ham rollardan birini ijro etdi. 2011-yilda „Gʻashiq jurek 2 ili Kokteyl dlya zvezdi“ nomi ostida ushbu filmning davomi ham suratga olindi[5].

2013-yilda Bayan Yesentayeva „Ostorojno korova!!!“ filmida bosh rolni ijro etdi. 2014-yilda u „Kazak Aruy“ loyihasiga asos soldi, Lashin guruhiga prodyuserlik qila boshladi, uning vakili Janar Dugalova Turkvision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqdi, uning muallifligidagi „Mahabbatim juregimde“ filmlar seriyasi chiqdi va Erik Tastambekov bilan birgalikda Cafe Central qahvaxonasini ochdi. 2014-yil oxirida u „Power“ nashri bergan maʼlumotlarga koʻra „Qozogʻistonning 50 ta eng nufuzli ayoli“ roʻyxatida 21-oʻrinni (2013-yilda 30-oʻrinni olgan edi) egalladi[6].

2015-yil oxirida Bayan Yesentayeva oʻz loyihalarini Olmaotadan Ostonaga koʻchirish niyatini eʼlon qildi, u yerda 2016-yil sentabr oyida ichida mini-teatr, bolalar ijodiy markazi va ovoz yozish studiyasi boʻlgan „Shine Hall“ nomli ijodiy markazni ochdi[7].

2016-yil may oyida Bayan Yesentayeva rejissyor Asqar Uzoqboyev tomonidan suratga olingan „Glamur dlya dur“ filmida rollardan birini ijro etishi maʼlum boʻldi. Suratga olish ishlari 26-mayda boshlanb, bir oy davom etishi kerak edi va filmning premyerasi ham kuzga rejalashtirilgandi[8].

2017-yil 25-dekabrda Bayan Alaguzova prodyuserligida „Kozy Korpesh – Bayan Sulu“ teleseriali chiqdi. Serial Olmaota viloyatining xushmanzara joylaridan biri boʻlgan Yenbekshiqazaq tumanidagi Assi platasida suratga olingan edi[9]. Qazaquni.kz saytida „Koʻzi Korpesh – Bayan Sulu“ teleseriali milliy telekanaldan olib tashlanishi talab qilingan xat eʼlon qilindi. Tomoshabinlarga filmdagi nomuvofiqliklar, shuningdek, bosh qahramon roli uchun kasting yoʻqligi yoqmadi. Qazaqstan TV telekanali rahbariyati serialni efirda takroran qoʻymaslikka vaʼda berishga majbur boʻldi.

2018-yil 7-mart kuni Bayan Alaguzova prodyuserligi va Ernar Nurgaliyev rejissyorligi ostida suratga olingan „Sisitai“ nomli film taqdim etildi. Bayan esa unda asosiy rollardan biri hisoblangan Alice Maksutovna rolini ijro etdi[10].

Turmush oʻrtogli bilan boʻlgan voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 10-iyun kuni Yesentayeva turmush oʻrtogʻi Baxitbek Yesentayev va uning jiyani bilan Olmaotadan mashinada joʻnab ketdi. Sayohat davomida Yesentayevaning mast holatda boʻlgan eri xotinini doʻpposlay boshladi. Yoʻlda Baxitbek Yesentayev avtomobil haydayotgan jiyanini yonilgʻi quyish shoxobchalaridan birida tushirib yubordi va Bayanni kaltaklashda davom etdi hamda uni toʻrt marta pichoqladi[11]. Voqea joyiga yetib kelgan Yesentayevaning qizi otasini toʻxtatishga muvaffaq boʻldi va onasini Talgar tumani kasalxonasiga bosh miya jarohati, paraorbital gematoma, qorin boʻshligʻining pichoq orqali teshib oʻtilgan jarohati bilan olib bordi[12]. Advokat Baxitbek Yesentayevning soʻzlariga koʻra, mojaro rashk vajidan kelib chiqqan boʻlib, eri Yesentayevani shu tarzda oilada saqlab qolmoqchi boʻlgan. Voqeadan bir yil oldin Bayan Yesentayeva erini mehribon, ammo juda rashkchi odam deb taʼriflagan va nikohning dastlabki oʻn yilligini „urush“ deb taʼriflagan edi.

Baxitbek Yesentayev hibsga olingandan soʻng, sudya unga nisbatan 2 oyga (10 avgustgacha) qamoq ehtiyot chorasini tayinladi. Unga nisbatan Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 106-moddasi – „Qasddan ogʻir shikast yetkazish“ boʻyicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi, keyin Yesentayev ishi Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 99-moddasi 1-qismi – „Birovning joniga suiqasd qilish“ deb qayta tasniflandi[13]. Ish Jinoyat ishlari boʻyicha Olmaota viloyati maxsus sudiga oʻtkazildi. Sud Kaskelen shahrida yopiq rejimda boʻlib oʻtdi[14].

Voqeadan 4 oy oʻtib, Bayan Yesentayeva suddagi vakili orqali erini afv etganini maʼlum qildi. U jazoni yengillashtirishni va Baxitbek Yesentayevni ozodlikka chiqarilishini soʻradi[15]. Shunga qaramay, 2016-yil 3-noyabrda Olmaota viloyati ixtisoslashtirilgan tumanlararo jinoyat sudi Yesentayevaning erini Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 99-moddasi 1-qismi – „Birovning joniga suiqasd qilish“ boʻyicha aybdor deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi[16]. Qolgan ikkita modda – „Jinsiy zoʻravonlik harakatlari“ va „Nomusga tegish“ boʻyicha Baxitbek Yesentayev oqlandi, chunki jabrlanuvchi Yesentaevadan olingan sperma namunasi molekulyar-genetik tekshiruv natijalariga koʻra boshqa erkakka tegishli edi. Hukm yopiq tarzda eʼlon qilindi, sudda Bayan Yesentayevaning oʻzi ishtirok etmadi. 2022-yil 12-iyulda Kapshagay shahar sudi Baxitbek Yesentayevning shartli ravishda ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantirdi[17].

Ikkinchi turmushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 22-yanvarda Bayan Yesentayeva taniqli tadbirkor Tursyngali Alagozovning turmush qurish haqidagi taklifini qabul qilgani haqidagi xabar eʼlon qilindi. Avvalroq Qozog‘iston matbuoti Yesentayeva va Alaguzov oʻrtasidagi sevgi munosabatlari haqida mish-mishlarni eʼlon qilgan edi[18].

2017-yil 7-dekabrda Bayan Yesentayeva va Tursyngali Alagozov oʻrtasidagi nikoh qayd etildi.

Bayanning Baxitbek Yesentayev bilan turmushidan ikki nafar qizi bor: Aisaule va Ayaru. Aisaule 1996-yil 22-mayda, Ayaru esa 2003-yil 19-dekabrda tugʻilgan.

Moliyaviy ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013—2015-yillarda Bayan Yesentayeva Forbes Kazakhstan nashri maʼlumotlariga koʻra Qozogʻistonning shou-biznes va sportdagi eng mashhur beshta yulduzi qatoriga kirdi[19]. Mutaxassislarning maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilda u 480 ming AQSh dollar, 2014-yilda 850 ming AQSh dollar va 2015-yilda 1 million AQSh dollar ishlab topdi. Uning Shine Production kompaniyasi umumiy yettita musiqiy loyiha ustida ishladi.

Internetdagi mashhurligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayan Yesentayeva ilgari Instagramdagi eng mashhur qozogʻistonlik mashhur ayol edi[20]. 2015-yil yanvar oyida uning ushbu tarmoqdagi obunachilari soni 440 mingni tashkil etgan boʻlsa, sentyabr oyiga kelib esa 985 mingdan oshdi. 2015-yil boshida Yesentayevaning akkaunti buzib kirildi, ammo u akkauntini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. 2019-yil iyun oyiga kelib, uning obunachilari soni 3,7 millionga yetdi[21]. Yesentayeva boshqa platformalardagi faoliyatini toʻxtatgan.

2017-yil 3-iyulda Bayan Yesentayevaning „Bayan. Faqat men haqimda emas“ nomli kitobi nashr etildi. Uning kitobini sotishdan tushgan pulning katta qismi ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyatini yaratishga sarflandi[22].

Siyosiy pozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning Ukrainaga bosqini paytida u Ukrainani qoʻllab-quvvatladi.

Bayan 2019-yil 24-oktyabrda „Yil prodyuseri“ yoʻnalishida People mukofotini qoʻlga kiritdi[23], shuningdek, 2021-yil 2-dekabrda „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil“ yubiley medali va 2022-yil 17-martda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan „Buyuk xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlandi[24][25].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol
1991-yil Begushaya mishen Chiroyli qiz
1993-yil Maxabbat beketі Gulnaz
2010-yil Jan juregіm – Astana Laura
2010-yil Gʻashiq jurek ili Kokteyl dlya zvezdi Bayan
2011-yil Gʻashiq jurek 2 ili Kokteyl dlya zvezdi Bayan
2014-yil Ostorojno korova!!! Aygul
2014-yil Maxabbatim juregіmde Janna
2015-yil Maxabbatim juregіmde 2 Janna
2018-yil Sisitai Alisa
Yil Klip Rejissyor Albom
2008-yil Azbuka lyubvi
2008-yil Shine

Telivideniyeda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Vazifasi Dastur Telekanal
2001—2004-yillar Boshlovchi Jyoltiy salon Tan
2004—2008-yillar Boshlovchi Na shpilke NTK
2010-yil Boshlovchi Yekі juldiz Qazaqstan
2011-yil Boshlovchi Saz әlemі Yel arna
2012-yil Prodyuser Mama miya KTK
2012-yil Boshlovchi Saz әlemі-2 Yel arna
2014-yil Boshlovchi Juldizdi doda Xabar
  1. Tochnaya data rojdeniya (09.01.1974) ustanovlena na osnove dannix ot Komiteta gosudarstvennix doxodov MF RK.
  2. „Баян Есентаева: история женщины, за которую переживает вся страна“. informburo.kz (2016-yil 20-iyun).
  3. „Баян Есентаева“. megogo.net.
  4. „45 – баба ягодка опять. Баян Алагузова отмечает день рождения“. vkurse.kz (2020-yil 9-yanvar).
  5. „Как Баян Есентаева превращает "поющие трусы" в знаменитостей“. forbes.kz (2016-yil 5-yanvar).
  6. „50 наиболее влиятельных женщин Казахстана – 2014“. vlast.kz (2014-yil 31-dekabr).
  7. „Баян Есентаева перевезет свои проекты в Астану“. tengrinews.kz (2015-yil 8-dekabr).
  8. „Bayan Alaguzova“. 1211.tilda.ws.
  9. „Баян Алагузова рассказала о жестком кастинге и тяжелых съемках нового сериала“. lenta.inform.kz (2017-yil 23-dekabr).
  10. „Баян Алагузова: Ну, кто еще это сделает, если не я?“. ratel.kz (2018-yil 9-mart).
  11. „Баян Есентаева рассказала подробности избиения мужем“. www.inform.kz (2016-yil 8-sentyabr).
  12. „Врачи сообщили о характере ранений у Баян Есентаевой“. informburo.kz (2016-yil 11-iyun).
  13. „Муж Баян Есентаевой признал свою вину“. www.nur.kz (2016-yil 14-iyun).
  14. „Баян Есентаева развелась с мужем и рассказала, что с ней случилось“ (2016-yil 8-sentyabr).
  15. „Bayan Maksatkyzy forgives ex-husband who tried to kill her“. www.inform.kz (2016-yil 19-oktyabr).
  16. „Bayan Maksatkyzy's ex-husband sentenced to 9 years of imprisonment“. www.inform.kz (2016-yil 3-noyabr).
  17. „Бахытбек Есентаев выходит на свободу“. kaztag.kz (2022-yil 12-iyul).
  18. „Баян Максаткызы выходит замуж“. ratel.kz (2017-yil 22-yanvar).
  19. „Звездная битва: Алуа Конарова против Баян Есентаевой“. www.nur.kz (2016-yil 19-may).
  20. Баян Есентаева: Прошу прекратить эту грязь, тупость и убогость // Tengri News. — 2 сентября 2015. Архивировано 31 dekabr 2015 года.
  21. Аккаунт Баян Есентаевой в Instagram взломали // Tengrinews. — 2 января 2015. Архивировано 7 may 2016 года.
  22. „Книга Баян Максаткызы поступила в продажу“. 2018-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  23. глянцевый журнал Teens and People.. „V $ X V Prince признан «Прорывом года» по версии Яндекс.Музыки на премии People Awards“. глянцевый журнал Teens and People (2019). 2023-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  24. „Высокие госнаграды от имени Президента Казахстана получили активные алматинцы“. inform.kz (2022-yil 18-mart). 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  25. „Известный продюсер и актриса была отмечена за активную гражданскую позицию“. azattyq-ruhy.kz (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.