Barry Nelson
Barry Nelson | |
---|---|
Tavalludi |
16-aprel 1917-yil |
Vafoti |
7-aprel 2007-yil (89 yoshda) Pensilvaniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1941—1980 |
Barry Nelson (inglizcha: Barry Nelson yoki Robert Haakon Nilsen (inglizcha: Robert Haakon Nielsen); 1917—2007) — amerikalik aktyor. Jeyms Bond obrazini yaratgan birinchi aktyor sifatida tanilgan.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nelson San-Fransiskoda tugʻilgan. Norvegiyalik muhojirlar — Betsie (Kristofersen) va Trygve Nilsenning oʻgʻli[1]. Uning tugʻilgan yili baʼzi munozaralarga sabab boʻldi, ammo uning 1943-yilgi Armiya havo kuchlari roʻyxatida va 1993-yilgi saylovchilar roʻyxatida 1917-yil sifatida koʻrsatilgan[2][3]. 1941-yilda Berkli universitetini tugatgan va u yerda talabalar teatri spektakllarida aktyor sifatida ishtirok etgan[4].
Aktyorlik karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Donna Reed va Myrna Loy bilan birga William Powellning „Shadow of the thin man“ (1941) filmida Pol Klark rolida oʻynagan[5]. Robert Taylor va Lana Turner ishtirokidagi „Johnnie Eager“ (1942) roli bilan tanildi[6].
Ikkinchi jahon urushi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy havo kuchlarida xizmat qilgan paytida Nelson Broadway sahnasida Moss Hartning „Winged Victory“ (1943) spektaklida Bobby Grills rolida debyut qildi[7]. Brodveyda Barbara Bel Geddes bilan birga „The Moon Is Blue“ filmida oʻynadi. 1965-yilda "Abe Berrouzning „Cactus Flower“ komediyasida Loren Bakall bilan va 1969-yilda „The Fig Leaves Are Falling“ filmida Doroti Loudon bilan birga rol oʻynagan[8][7].
1954-yilda Ian Flemingning „Climax!“ televizion antologiya seriyasidagi „Casino Royale“ romanining qahramoni James Bond rolini ekranda oʻynagan birinchi aktyor boʻldi[9]. Prezident John Kennedy 1961-yil 17-martdagi maqolasida oʻzining sevimli 10ta kitobi qatoriga „From Russia with Love“ kitobini kiritmaguncha Bond AQShda unchalik mashhur boʻlmadi[10][11].
Dasturda shuningdek, asosiy yovuz qahramon Le Chiffre rolida Peter Lorre ham ishtirok etdi. Keyinchalik Nelson Lorre bilan ishlash imkoniyati uning rolni oʻynashiga sabab boʻlganini taʼkidladi[12][13].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nelson ikki marta uylandi[14].
Nelson 2007-yil 7-aprelda Pensilvaniya shtatining Baks okrugida sayohat qilayotganda, 90 yoshga toʻlishidan toʻqqiz kun oldin vafot etdi[15].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi |
---|---|
1938 | Comet Over Broadway |
1941 | Shadow of the Thin Man |
Johnny Eager | |
1942 | A Yank on the Burma Road |
Dr. Kildare's Victory | |
Rio Rita | |
The Affairs of Martha | |
Eyes in the Night | |
1943 | The Human Comedy |
Bataan | |
A Guy Named Joe | |
1944 | Winged Victory |
1947 | The Beginning or the End |
Undercover Maisie | |
1948 | Tenth Avenue Angel |
Command Decision | |
1951 | The Man with My Face |
1956 | The First Traveling Saleslady |
1963 | Mary, Mary |
1967 | The Borgia Stick |
1969 | Seven in Darkness |
1970 | Airport |
1971 | My Wives Jane |
1972 | Pete 'n' Tillie |
Climb an Angry Mountain | |
1974 | Fools, Females and Fun |
1980 | The Shining |
Island Claws | |
1982 | Poltergeist |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Robert Neilsen United States Census, 1930
- ↑ National Archives and Records Administration. U. S. World War II Army Enlistment Records, 1938-1946
- ↑ Los Angeles County Voter Registration Record, Venice, California, 1993
- ↑ 1937 UC Berkeley Yearbook
- ↑ McLellan, Dennis. „First Bond starred on Broadway with Bacall, Minnelli, Bel Geddes“. The News Tribune. Los Angeles Times (2007-yil 14-aprel). 2007-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
- ↑ „First James Bond star dies aged 89“. Metro (2007-yil 14-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
- ↑ 7,0 7,1 „Barry Nelson“. Internet Broadway Database. 2007-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
- ↑ Risling, Greg. „Actor Barry Nelson Dies at 89“. The Washington Post. Associated Press (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 13-aprel.
- ↑ „First James Bond star dies aged 89“. Metro (2007-yil 14-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
- ↑ „Barry Nelson (1920-2007)“. Mi6-HQ.com (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel. Nelson 2004 quote from Cinema Retro interview cited here.
- ↑ Sidey, Hugh (17 March 1961). „The President's Voracious Reading Habits“. Life. 50-jild, № 11. ISSN 0024-3019. Qaraldi: 5 October 2011.
- ↑ McLellan, Dennis. „First Bond starred on Broadway with Bacall, Minnelli, Bel Geddes“. The News Tribune. Los Angeles Times (2007-yil 14-aprel). 2007-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
- ↑ „Barry Nelson (1920-2007)“. Mi6-HQ.com (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel. Nelson 2004 quote from Cinema Retro interview cited here.
- ↑ „Barry Nelson, Broadway and Film Actor, Dies at 86“ (2007-yil 14-aprel). Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
- ↑ Risling, Greg. „Actor Barry Nelson Dies at 89“. The Washington Post. Associated Press (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 13-aprel.