Kontent qismiga oʻtish

Baraki Barak tumani

Koordinatalari: 33°55′48″N 68°53′7″E / 33.93000°N 68.88528°E / 33.93000; 68.88528
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baraki Barak tumani
District
Skyline of Baraki Barak tumani
33°55′48″N 68°53′7″E / 33.93000°N 68.88528°E / 33.93000; 68.88528
[[File:|290px|Baraki Barak tumani xaritada]]
Baraki Barak tumani
Baraki Barak tumani

Baraki Barak tumani (forscha: ولسوالی برکی برک; pushtucha: برکي برک ولسوالۍ) Afgʻonistonning Logar viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. Gʻarb va shimoli-gʻarbda Vardak viloyati, shimol va sharqda Puli Alam tumani, janubdan Xorvar va Charx tumanlari bilan chegaradosh. Tuman aholisi 101 000 (2006) atrofida boʻlib, koʻpchilik qismini yani 90 % dan ortigʻini tojiklar tashkil qiladi. Tuman markazi hisoblangan— Baraki Barak shahri — sobiq viloyat markazi boʻlgan va tumanning shimoliy qismida joylashgan Logar daryosi vodiysida joylashgan. Baraki Rajan — bu tumanning yana bir katta va muhim ahamiyat kasb etuvchi shaharlaridan biri boʻlib shahar markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan. Tuman tarixiy Ormur qabilasi nomi bilan ataladi, mahalliy aholi esa Baraki nomi tarixiy manbalardan joy olgan.

Siyosat va xavfsizlik tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yil 20-dekabr oyida AQSh armiyasining oʻninchi togʻli diviziyasi boʻlgan askarlari Baraki Barak tumanida afgʻon mahalliy toʻlqinlari sifatida qaralmoqda.

1984-yil sentabr-Sovet-Afgʻon urushi davrida sovet qoʻshinlari Baraki Barak qirgʻinini amalga oshirdi[1]

Baraki Barak tumani hokimi -Asl ismi Muhammad Rahim, laqabi „Amin“. Rahim janoblari 2010-yil yanvar oyida Yasin Lodinning o‘rnini egalladi. 45 kishilik kengash Baraki Barakning besh tumanidan saylangan vakillar, diniy yetakchilar va besh nafar ayollar jamoasidan tashkil topgan va TMB (Tuman Mahalla Birlashmasii xavfsizlik, qonun ustuvorligi va rivojlanish kabi uchta tarmoqqa boʻlingan. Ayol vakillar esa xizmatni faqat rivojlanish boʻlimida amalga oshira oladi. Afgʻoniston ijtimoiy yordam dasturi (ASOP)ga koʻra TMB jamoa birdamligini rivojlantirish orqali xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni hal qilish uchun forumlar tashkil qilish va barqaror rivojlanish loyihalarida sifat kafolatini taʼminlash kabi ishlarni ham amalga oshiradi.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida ilk bor Baraki Barak tumanida nishonlangan. Odatda bayram har safar 76 nafar burqa kiygan ayollar ertalab soat 08:30 da tuman markaziga yigʻilishi bilan boshlanadi. General Xatol Muhammadzay marosimning asosiy maʼruzachisi va Afg‘oniston Milliy Armiyasidagi (AMA) yagona general ayol boʻlgan. Shuningdek u 500 dan ortiq erkin va raqobatbatli parashyutdan sakrash musobaqalari gʻolibi nomiga ega boʻlgan yagona ayoldir. General Mohammadzayning gender tenglik borasidagi maʼruzalari taʼsiri ostida minglab oddiy ayollar unga ergashadi va AMA ga qoʻshilish orqali Afgʻoniston kelajagi uchun hissa qoʻshadigan insonlar boʻlishga umid qilishgan. General harbiy faoliyati bilan birgalikda shoiralik ham qilgan va asosan asarlarida ayollarning jamiyat, hayot uchun boʻlgan ahamiyatini targ‘ib qiluvchi sheʼrlar yozgan. General Muhammadzayning sheʼrlarida ayollarga nisbatan koʻrsatiladigan kamsitilish va qo‘pol munosabat juda qattiq qoralangan. Unga fikrdosh maʼruzachi sifatida sub-gubernator Rahim Amin va Afgʻoniston parlamentining ayol aʼzosi — doktor Shakila Hoshimiy ham oʻz nutqlarini ommaga havola etib borgan. Marosimlar soʻngida General Muhammadzoy oʻz ishtiroki bilan insonparvarlik yordamini berishda faol hissa qoʻshgan.

2009-yil 27-oktyabrda Baraki Barak tuman markazi rasman ochildi. Va markaziy hududda tuman hokimi, mahalliy hokim va yer nizolaridan tortib jinoiy masalalargacha boʻlgan muammolarni hal qilib beruvchi uchta sudya kabinetlari joylashgan.[2]

2009-yil 22-noyabrda Kashimiri-Bala va Ibrohim Xeyl hududlarida Tolibon qurol-yaroq taʼminlovchisiga yordam berishda faol harakat qilayotgan bir nechta jangari qo‘lga olingani haqida xabar berilgan.[3]

2009-yil 23-noyabr oyida esa tumanda davlat xizmatchisi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berilgan edi.[4]

2009-yilning 1-dekabridagi baʼzi maʼlumotlarga koʻra, tuman poytaxtida[5] isyonchilar faolligi 2009-yil yozidan beri 80 % ga kamaydi, bunga qoʻshimcha sabab qilib qish oylarining kirib kelishi ham izohlanadi. 2009-yildagi afgʻon „koʻtarilishi“ tuman aholisining qariyb yarmini qamrab olgan xavfsizlik „gumbaz“i yaratildi. Lekin mintaqaga yordam berish maqsadida kirgan AQSh qoʻshinlarining koʻpayishi ortiqcha muammolarni keltirib chiqardi, boisi Tolibonlar hukumat va xorijiy kuchlar bilan hamkorlik qilgani sabab tinch aholini oʻz nishoni ostiga olishga odatlangan edi.

2008-yilda tumanda hokimyatga qarshi kuchlarning kirib kelish xolati kuzatildi. Taxminan, 2009-yil boshlarida doirada hech qanday Amerika qoʻshinlari topilmasdi, lekin bu fakt oʻsha yilning oxiriga kelib, hududda yangi „Siyoh dogʻi“ strategiyasi amalga oshirilgandan soʻng sezilarli darajada oʻzgardi. 2009-yil 1-dekabr holatiga koʻra, oʻninchi togʻ diviziyasining kamida 150 nafar amerikalik askarlari hududning maʼlum qismlariga joylashib ulgurgan edi.[6] Qoʻshimcha ravishda, hujumlar taxminan 50 % kamaydi va minglab qochqinlar oʻz uylariga qaytishni boshladi.[7]

  • Afgʻoniston tumanlari
  1. Human Rights Watch. „Tears, Blood and Cries. Human Rights in Afghanistan Since the Invasion 1979–1984“ (1984). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  2. „Archived copy“. 2009-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  3. "Operational Update, Nov. 22: Afghan-International Security Forces Kill, Detain Militants in Ghazni, Logar, Kandahar." 22 November 2009. Accessed at: http://www.nato.int/isaf/docu/pressreleases/2009/11/pr091122-xxa.html
  4. " Armed men destroy girl school in southern Afghanistan " 23 November 2009. KABUL. Xinhua News. Accessed at:
  5. Ziezulewicz, Geoff. „In a town cited as a success, still a long road ahead“ Stars and Stripes. Logar Province. Accessed at: http://www.stripes.com/article.asp?section=104&article=66432
  6. Gray, Denis. „Patrols and turkey in Afghan war zone“ Associated Press. Baraki-Barak, Afghanistan. Accessed at: https://www.google.com/hostednews/ap/article/ALeqM5hoYaLVV8PempX1TRXw4LgSOZMRtgD9C77IOO0
  7. Ase, David. „U.S. tests 'ink spotʼ strategy in Afghanistan“ The Washington Times. 12 November 2009. Accessed at: http://washingtontimes.com/news/2009/nov/12/us-tests-ink-spot-strategy-in-afghanistan/?page=2

Andoza:Districts of LowgarAndoza:Logar Province