Kontent qismiga oʻtish

Ayrishox sutlama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayrishox sutlama
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Sutlamadoshlar
Urugʻ: Euphórbia
Turlari: Ayrishox sutlama
Xalqaro ilmiy nomi
Euphorbia densiuscula (Popov, 1923)

Ayrishox sutlama [1] ( lotincha: Euphorbia densiuscula) — Sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilasiga mansub ikki pallali o‘simliklar turi sanaladi. Bu o‘simlik turini 1923-yilda birinchi marta rus botanigi Mixail Grigorevich Popov tomonidan aniqlangan [2][3] .

Sinonimik nomlanishi — Tithymalus densiusculus ( Popov ) Prokh. [2] .


Qisqacha tavsifi

Bo‘yi 5–10 sm orasidagi bir yillik o‘t. Poyasi qisqa, qalin bargli, shoxlangan, hurpaygan qisqa tukli. Barglari etli, teskari tuxumsimon, asosiga qarab ingichkalashib boradi va barg bandiga aylanadi. To‘pguli qalqonsimon, ko‘p marta ayricha ravishda butalaydi. Ko‘sagi tuxumsimon, uch bo‘lakli, yetilmagani qisqa tukli, pishgani deyarli tuksiz. May–iyun oylarida gullaydi, yetiladi[4].

Oʻzbekiston endemigi [5] .

Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida — Bog‘lidara dovonida, Oqtosh qishlog‘i atrofida, Hisor tizmasida — Boysun yaqinidagi Kattaqamish qishlog‘i atroflarida uchratish mumkin. Turkmanistonda ham bu o‘simlik (Kelif atrofida) ko‘zga tashlanib turadi. Gipsli, ola jinslarda o‘sadi.

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan [1] . Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida turning bir qismi muhofazaga olingan