Kontent qismiga oʻtish

Avstraliya (qitʼa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliya (lotincha: australis – janubiy) – Janubiy yarim sharda joylashgan materik.

Avstraliya
Maydoni 8,600,000 km2
Aholisi 36 million (2009)
Aholi zichligi 4.2/km2
Etnoxoronim avstraliyalik
Davlatlar 3 ta (Avstraliya (davlat), Papua Yangi Gvineya va Indoneziyaning qismlari)
Vaqt mintaqalari GMT+10, GMT+9.30, GMT+8
Yuqori darajali internet domeni .au, .pg va .id


Avstraliyaning fazodan koʻrinishi

Avstraliya shimolidan janubiga 10°4G (York boʻrni) bilan 394 G (Janubiy-Sharqiy burun) j.k.lar oraligʻida 3200 km ga, gʻarbdan sharqqa 4100 km ga 113°05’ shq.u. (Stip-Poynt boʻrni) bilan 153°34’ (Bayron boʻrni) shq.u.lar oraligʻida choʻzilgan. Maydoni 7682 ming km² (Tasmaniya, Kenguru, Melvill va boshqa orollar bilan 7704,5 ming km² ga yaqin). Avstraliya– materiklar ichida eng kichigi. Janubiy tropik chizigʻi Avstraliyaning deyarli oʻrtasidan kesib oʻtadi. Materikni gʻarb, shimol va janubidan Hind okeani, sharqdan Tinch okean dengizlari oʻrab turadi. Qirgʻoqlari unchalik egribugri emas, shimolida Karpentariya, janubida Katta Avstraliya qoʻltiqlari bor.

Katta yarim orollari – shimolida Arnemlend va Keyp-York. Tasmaniya oroli Avstraliyadan kengligi 224 km li Base boʻgʻozi orqali ajralib turadi. Avstraliya shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili boʻylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Katta Toʻsiq rifi 2300 km masofaga choʻzilib yotadi.

Avstraliya relefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi (215 m) jihatidan Avstraliya materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) Gʻarbiy Avstraliya yassi togʻligi – oʻrtacha mutlaq balandligi 400–500 m, tizmalar va supa togʻlardan iborat; 2) Markaziy payettekislik – koʻp qismining mutlaq balandligi 100 m ga yetmaydi. Avstraliyaning eng past nuqtasi ham (–12 m) oʻsha yerdagi botiqda joylashgan Eyr koʻli yonida; 3) Katta Suvayirgich tizma (materik sharqida) – oʻrtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, choʻqqilari yassi tizma togʻlar. Avstraliyaning eng baland nuqtasi – Kossyushko togʻi (2230 m) janubidagi Avstraliya Alp togʻlaridAvstraliya Avstraliyaning hozirgi relefi asosan kembriygacha boʻlgan davrda vujudga kelgan va keskin tektonik oʻzgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq togʻlar bilan birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta Suvayirgʻich tizma yemirilgan paleozoy burmali togʻlari oʻrnida vujudga kelgan. Avvallambor tekisligida, Moviy togʻlarda, Barkli va Aterton platolarida karst relef shakllari uchraydi. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.

Avstraliyaning aksari qismi Avstraliya platformasi oblastida joylashgan, sharqiy qismi esa Sharqiy Avstraliya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kembriydan avval vujudga kelgan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari Gʻarbiy plato, Tasman yeri, Gʻarbiy Avstraliya qalqoni va boshqa joylarda yer yuzasiga chiqib qolgan; sharqda (Markaziy pasttekislikning gʻarbida) esa quruqlik va koʻl yotqiziqlari ostida koʻmilib ketgan, shuningdek Sharqiy Avstraliya platformasida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida Avstraliya platformasi qadimgi Gondvana materigi bilan tutash boʻlgan. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davrda roʻy bergan tektonik harakatlar Avstraliyani Yangi Gvineya oroli, Malayya arxipelagining sharqiy orollari va Tasmaniyadan ajratib yuborib, materikni hozirgi qiyofasiga keltirgan.Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshkoʻmir va qoʻngʻir ko'mir konlari bor.

Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. Avstraliyaning shimoliy qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, oʻrta katta qismi (20°–30° j.k.lar oraligʻi) tropik choʻl va janubiy-gʻarbiy chekkasi qishda yogʻin koʻproq yogʻadigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. Avstraliya Janubiy yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi choʻl va chala choʻllardan iborat. Qirgʻoqlardan materik ichkarisiga tomon 103 yogʻin miqdori tez kamayib boradi, lekin koʻp yillik yogʻinsiz davrlar boʻlmaydi. Yozda (dekabr–fevral) quruqlik gʻoyat qizib (temperatura 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi-gʻarbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. temperaturaning mavsumiy oʻzgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki rayonlarida koʻproq namoyon boʻladi. Yanvar oyida 40° dan yuqori issiq temperaturalar shimoli-gʻarbda (Marbl-Bar) boʻladi. Mutlaq maksimum temperatura 53,1° Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum temperatura Avstraliyaning ichki rayonlarida – 4,6°gacha tushadi.

Faqat Avstraliya Alp togʻlarida sovuq barqarorroq boʻlib turadi. U yerda – 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ikkita mavsum – quruq va yogʻingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisliklarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi togʻlarda musson yomgʻirlari yogʻadi. Sharqiy sohilning koʻp qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shimolda yogʻinlarni shimoli-gʻarbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yogʻin sohilda 1500 mm, 10°– 20° j.k.da 400–500 mm. Avstraliyada eng koʻp yogʻin (2243 mm) Kernsda yogʻadi. Eng kam yogʻin (300–250 mm) materik gʻarbida yogʻadi. Katta Suvayirgʻich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni toʻsib, Avstraliyaning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yogʻin taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun– avgust) Avstraliyaning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.Ichki suvlari. Avstraliyaning 60% maydoni oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okeani va 33% Hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar koʻp emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, togʻlardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmogʻi – Darling. Ichki berk havzani kesib oʻtuvchi quruq oʻzan (krik)lar koʻp, ularda faqat yogʻingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. Avstraliya choʻllaridagi suvlar shoʻr. Yer osti suvlari koʻpincha minerallashgan, zaxirasi katta Avstraliya Ular bir necha artezian havzada toʻplangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Shoʻr koʻllar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km² ga yetadi. Undan janubida Torrens, Gerdner, Gʻarbiy platoda Amadiyes koʻllari bor. Avstraliya yer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming km² ni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; bulardan eng yiriklari – Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, JorjinAvstraliya. Yer osti suvlaridan qurgʻoqchil rayonlarda sugʻorish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.

Tuproq va oʻsimliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliyaning organik dunyosi boʻr davri oʻrtalaridan boshlab boshqa quruqliklardan ajralgan holda rivoj topgan, shuning uchun flora tarkibida endemik turlar koʻp (75%). Avstraliya maxsus flora oblastini tashkil qilgan (qarang Avstraliya floristik dunyosi). Ichki Avstraliyaning katta qismi qumli va toshloq choʻllar (Katta Qumli choʻl, Viktoriya va Gibson choʻllari) bilan band. Choʻllarni boʻz va jigarrang boʻz tuproqli, asosan evkalipt va akatsiya butalaridan iborat tikanakli qalin chakalakzorlar bilan qoplangan chala choʻllar oʻrab olgan. Bir oz sernamroq chala choʻllar butazor – skreblar bilan band. Chala choʻl va savannalardan tabiiy yaylov sifatida foydalaniladi. Boʻr davriga kadar Avstraliyaning Janubiy Amerika va Afrika bilan quruqlik orqali tutash-ganligini proteylar va ba’zi igna barglilarning umumiy oilaga mansubligi tasdiqlaydi. Shimoliy, sharq, janubi-sharq va janubi-gʻarbda yogʻin miqdori orta boradi va bu yerlarda qizgʻish-qoʻngʻir va qizil tuproqli savannalar uchraydi. Materikning shimoli-sharqi doimiy yashil tropik oʻrmonlar bilan, janubi-sharqi evkaliptli subtropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Chala choʻl va savannalar yaylov ahamiyatiga ega. Avstraliya Tovar mahsulot beruvchi oʻrmonlar Avstraliya maydonining qariyb 2% ini tashkil 104 qiladi.

Hayvonot dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliya faunasi oʻziga xos boʻlganligidan uni alohida Avstraliya zoogeografik oblastita ajratilgan. Avstraliya faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yoʻq. Materikda mezozoy va uchlamchi davr faunasining vakillari hozirgacha saqlangan. Masalan, tuxum qoʻyuvchi sut emizuvchilardan yexidna va oʻrdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiqlar (koala) va boshqa Avstraliyaning koʻp yovvoyi hayvonlari odamlarning xoʻjalik faoliyati va tartibsiz ov qilishi natijasida kamayib ketgan. Avstraliya uchun tipik qushlar: kakadu toʻtisi, emu tuyaqushi, katta oyokli tovuqlar, qora oqqush, jannatqush, tovusdum va boshqa Yevropadan xonaki hayvonlar keltirilgan.

Tabiat rayonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliyaning tekislik qismlaridagi subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarida geografik zonallik yaqqol koʻrinadi. Yillik yogʻin miqdori 200–250 mm boʻlgan choʻl zonasi katta maydonni egallagan. Plato va yassi togʻliklar toshloq choʻllardan iborat. Avstraliya Alp togʻlarida balandlik land-shaft mintaqalari aniq namoyon boʻlgan. Avstraliyaning tabiiy landshaftlari odamlar tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Tabiatni qoʻriqlash koʻproq Janubiy Avstraliyada yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Maunt Buffalo, Kossyushko, Saut-Uest (Tasmaniya oroli), Uayperfild va Uilsons-Promontori, Eungella va boshqa milliy parklari bor.

Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliya haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali XVI asrda yetib kelgan. Ammo Avstraliyaning shimoliy qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan boʻlsa kerak. Avstraliyani 1606-yilda gollandiyalik V. Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan soʻng ispaniyalik L. Torres Avstraliyaning Keyp-York yarim orol shimolidagi boʻgʻozdan suzib oʻtdi. Bu boʻgʻoz keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan. Yava oroliga qatnab turgan golland dengizchilari 1640-yilda materikning gʻarbiy, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf etgan. 1642-yilda Tasman Avstraliya dan janubroqda suzib, Tasmaniya orolini topdi va materikning Antarktidadan uzoqda joylashganligini isbot etdi. J. Kuk 1770-yilda Avstraliyaning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Janubiy Uels deb atadi.

M. Flinders va N. Boden tadqiqotlari bilan Avstraliya janubiy sohillarining kashf etilishi tugʻallandi. M. Flinders materikni Avstraliya ("Janubiy Yer") deb atadi va XIX asrdan shu nom bilan mashhur boʻlib qoldi. Avstraliyaning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va suv qidirish maqsadlarida oʻrganiddi. Koʻpdan-koʻp geografik tadqiqotlar natijasida butun Avstraliyaning tabiat boyliklari asosan oʻrganib boʻlindi. Bu esa qit’aning xoʻjalik jihatdan tez oʻzlashtirilishiga olib keldi. Keyingi vaqtlarda qazilma boyliklar qidirib topish borasida xususiy tadqiqotlar olib borilmoqdAvstraliya Avstraliyada Avstraliya davlati joylashgan. Ad.: Qit’alar tabiiy geografiyasi, T., 1967; Muxin G. I, Avstraliya i Okeaniya, M., 1967; Svet YAvstraliya M., Istoriya otkritiya i issledovaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966[1].

Avstraliyaning iqlim xaritasi
  Ekvatorial
  Tropik
  Subtropik
  Choʻl
  Yarimchoʻl
  Moʻtadil

Avstraliya qitʼasi janubiy yarimsharning uch asosiy issiq iqlim mintaqalarida joylashgan: subekvatorial iqlim (shimolda), tropik iqlim (markaziy qismida), subtropik iqlim (janubda). Faqatgina Tasmaniya orolining bir qismi moʻtadil iqlim mintaqasida joylashgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil