Kontent qismiga oʻtish

Kvinslend

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvinslend — Avstraliya Ittifoqidagi shtat. Materikning shimoli-sharqiy qismida va qirgʻoqqa yondosh orollarda. Mayd. 1730,6 ming km2. Aholisi 3,6 mln. kishi (2001); 80% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Brisben sh.

K.ning sharqiy qismida Katta Suvayirgʻich tizmaning shim. qismi joylashgan. Gʻarbiy qismi esa pasttekislik. Iqlimi shtatning shim.da subekvatorial, jan.da tropik. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 20—25°, iyulniki 15— 25°. Yillik yogʻin K.ning sharqida 2000 mm, ayrim joylarda 2500 mm gacha, gʻarbi savanna va choʻllardan iborat.

K. hududining 2% dan koʻprogʻi ishlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlar, asosan, Tinch okean sohilidagi kambar tekislikda. Qishloq xo'jaligida chorvachilik yetakchi tarmoq. Shtat mamlakatda tayyorlanadigan jun, goʻsht, sariyogʻ, pishloqning katta qismini yetkazib beradi. Sohilda ananas, banan, mango va b. tropik mevalar, shakarqamish yetishtiriladi. Gʻarbiy qismida bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. K. mis, boksit, rux va qoʻrgʻoshin, rutil, sirkon, toshkoʻmir, volfram qazib chiqarishda hamda oltin, neft va tabiiy gaz olishda mamlakatda oldingi oʻrinlarda. Mamlakatda qazib olinadigan misning yarmidan ortigʻi shtat gʻarbidagi Maunt-Ayza konlaridan olinadi. Uran, kalay, temir rudasi ham qazib olinadi. Mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoklari rivojlangan. Yirik sanoat shaharlari: Brisben, Gladston, Taunsvill, Makkay, Kerns.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil