Kontent qismiga oʻtish

Atirgul moyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atirgul moyiefir moyi; tiniq moysimon xushboʻy sargʻish suyuqlik. Zichligi 950-990 kg/m3 (20° da). Atirgulning, asosan qozonlik (Bolgariyadagi shahar nomidan) atirgulning gulbargini suv bugʻi bilan haydash yoki uchuvchan organik erituvchilar (petroley efiri, benzol, etil spirt va boshqalar) vositasida olinadi. Suv bugʻi bilan haydash usuli koʻproq qoʻllanadi. 1 kg moy 2-5 t gulbargdan olinadi. Atirgul moyi tarkibiga 200 dan ortiq komponentlar (feniletil spirti, terpen spirtlari – sitronellol, nerol, geraniol, linalool va ularning efirlari, alifatik aldegidlar va boshqalar) kiradi. Atirgul moyining spirtda erimaydigan qismi (taxminan 5%)ni stearoptenlar (parafin uglevodorodlari) tashkil qiladi. Yuqori sifatli atirlar tayyorlashda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil